16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:29
Salomatlik 👁 344

AHOLI SALOMATLIGINI TAʼMINLASh – USTUVOR VAZIFA

AHOLI SALOMATLIGINI TAʼMINLASh – USTUVOR VAZIFA

Salomatlik – inson uchun juda muhim va qadrli boʻlgan boylik hisoblanadi. Mustahkam salomatlik esa mazmunli hayot kechirish, barakali umr koʻrish demakdir. Inson omili bosh mezon boʻlgan yurtimizda shu sababli sogʻliqni saqlash sohasini isloh qilish, tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va samaradorligini yanada yuksaltirish, aholi salomatligini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylandi.

Amudaryo tumanida ham tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, oʻzgarishlar amalda oʻzining ijobiy natijalarini koʻrsatmoqda. Soha xodimlari esa aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini taʼminlash, ularni patronaj xizmati va profilaktik koʻriklar bilan qamrab olish borasidagi masʼuliyatli vazifalarini fidoyilik bilan ado etishmoqda.

Tuman Tibbiyot birlashmasi tarkibida markaziy shifoxona, Tez tibbiy yordam boʻlimi, Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek, hududlarda qishloq oilaviy poliklinikalari, chekka qishloqlarda 11 ta mahalla tibbiyot punktlari ham tashkil etilgan. Markaziy shifoxona va Tez tibbiy yordam boʻlimiga yangidan zamonaviy tibbiy jihozlar keltirilib, xizmat sifatini yaxshilashga alohida eʼtibor

qaratilmoqda.

Shuningdek, 7 ta qishloq oilaviy poliklinikalariga zamonaviy UTT apparati oʻrnatildi. Har bir oilaviy poliklinikaga stomatolog, ginekolog, laborant-vrach, UTT shifokorlariga qoʻshimcha ish oʻrinlari ajratilib, tor doiradagi mutaxassislar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Mahalla tibbiy punktlariga jadval asosida 11 nafar shifokorlar va 26 nafar hamshiralar biriktirilgan.

Aholini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni takomillashtirish sogʻlom avlodni tarbiyalash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, fuqarolarda tibbiy madaniyat, sanitariya-gigiyena koʻnikmalarini shakllantirish, kasalliklarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, tumanning  olis hududlarida yashovchi  aholi uchun  chuqurlashtirilgan  sayyor tibbiy koʻriklar tashkil etilmokda.

Shunday tadbirlar doirasida olis va chekka hududlarda yashovchi 15 ming 547 nafar fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. 2022-yilning oʻtgan davrida 134 nafar bemorga tuman markaziy shifoxonasida, Respublika tibbiyot markazlarida yuqori texnologik operatsiyalar oʻtkazilib, ogʻir darddan xalos boʻlishiga koʻmaklashildi va salomatliklari tiklandi. Tumanda 25 nafar qandsiz diabet bilan kasallangan bemorlar demopressin preparati, 25 yoshgacha boʻlgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan 10 nafar bemorlar oʻzini oʻzi nazorat qilish vositalari, yaʼni glyukometr va maxsus test yaproqchalari, 216 nafar qandli diabet bilan kasallangan bemorlar insulin dori vositasi bilan uzluksiz taʼminlanib kelmoqda. Yurak-qon tomir va endokrin kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha 40 yoshdan oshgan 60 mingdan ziyod aholidan  56971 nafari skrining tekshiruvidan oʻtkazilib, aniqlangan xavf guruhlari boʻyicha rejali ravishda sogʻlomlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Undan tashqari, tuman aholisida endokrinologik kasalliklarni barvaqt aniqlash, sifatli davolash va asoratlarini kamaytirish maqsadida qoʻshimcha 2 nafar shifokor shu mutaxassislikka, 13 nafar shifokor UTT mutaxassisligiga qayta tayyorlandi. Shuningdek, koʻp tarmoqli markaziy poliklinika tarkibida “Bolalar boʻlimi” yangidan tashkil qilinib, 14 yoʻnalishdagi tor doira mutaxassislari bilan taʼminlandi. Tuman hududidagi tibbiyot maskanlarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan shifokor va patronaj hamshiralarning oʻquv kurslarida malaka oshirishlariga imkoniyat yaratib kelinmoqda.

Tuman Tibbiyot birlashmasida  2022-yil davomida bir qator yangi qurilish, mukammal va joriy taʼmirlash ishlari olib borildi. Qiymati 14,3 mlrd. soʻmlik 90-oʻrinli yangi  tugʻruq boʻlimi binosini qurish ishlari “Temir beton” MChJ tomonidan, 72-sonli oilaviy poliklinika binosida 749 mln. 990 ming soʻmlik mukammal taʼmirlash ishlari “Suv qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Qangli oilaviy shifokorlik punkti binosini taʼmirlash uchun 590 mln. soʻm ajratilib, hozirda smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.

Jisman va ruhan sogʻlom inson jamiyat ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qoʻsha oladi. Buni sidqidildan anglagan holda xalqimiz salomatligini asrashga, har bir fuqaroga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishga masʼul boʻlgan, bemorlarga shifo ulashib kelayotgan barcha tibbiyot xodimlariga kasb bayramlari muborak boʻlsin! Soha jonkuyarlarining kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar, ulkan zafarlar tilayman!

Faxriddin Abdullayev, Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019