16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:54
Qishloq xoʻjaligi 👁 202

Zamonaviy issiqxonalarda yetishtirilayotgan moʻl hosil bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlashga xizmat qilmoqda

Zamonaviy issiqxonalarda yetishtirilayotgan moʻl hosil bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlashga xizmat qilmoqda

Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini yanada yaxshilash, ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish, eksportbop va raqobatbardosh qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yil davomida uzluksiz yetishtirish, qishloq joylarida aholi bandligini taʼminlash hamda daromad olishga yanada qulay sharoit yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada mazkur yoʻnalishdagi ishlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi Prezident Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari qabul qilinib, mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy issiqxona xoʻjaliklari tashkil etilib, xalqimiz dasturxoniga yil davomida sarxil noz-neʼmatlar tortiq qilinmoqda.

Yil davomida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirib, aholining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashning eng samarali usullaridan biri issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish hisoblanadi. Amudaryo tumanida ham bu yoʻnalish soʻnggi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Mazkur soha boʻyicha oʻz faoliyatini boshlagan, allaqachon issiqxona xoʻjaligini serdaromad sohaga aylantirgan dehqonlar talaygina.

“Mangʻit Invest plyus” masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari Jalgʻasboy Baymuratov issiqxona xoʻjaligini tashkil etganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. 2018-yilda Toshyop ovuli hududida, 1 gektar maydonda, imtiyozli kredit asosida sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxona qurdi. Qurilish ishlari yakunlangach, issiqxona yeriga yaxshilab ishlov berdi, yerni agʻdarib, mahalliy oʻgʻit bilan boyitdi, qondirib sugʻordi va oʻsha yilning ilk bahorida ertagi pomidor koʻchatini oʻtqazdi. Xoʻjalik ishlarini oʻz vaqtida bajarish maqsadida oila aʼzolaridan tashqari 10 nafar kishini ishga oldi. Shu yilgi hosil ham, daromad ham yaxshi boʻldi. Bahorgi pomidor hosilini yigʻishtirib olishgach, oʻrniga kechki pomidor urugʻlarini qadashdi. Ertagi pomidor may oyidayoq bozor rastasiga olib chiqilgan boʻlsa, kechki pomidor noyabr-dekabr oylarida pishib-yetilib, eng xaridorgir mahsulotga aylandi. Jalgʻasboy Baymuratov rahbarligida issiqxona xoʻjaligi faoliyatini yuritishning hadisini olgan ishchilar oʻsha 2018-yilning oʻzidayoq bu yoʻnalish moʻl-koʻl daromad manbai ekanligini oʻz mehnatlari, fidoyiliklari bilan amalda namoyon etdilar.

Mana, 4-yildirki “Mangʻit Invest plyus” masʼuliyati cheklangan jamiyati issiqxona xoʻjaligida yil davomida serhosil, ekologik toza pomidor mahsuloti yetishtirilib, aholi dasturxoniga tortiq qilinmoqda. Yetishtirilgan hosilning 60 foizi eksportga yoʻnaltirilayotgani yanada quvonarli. Yiliga ertagi pomidor hosilidan 80 tonna, kechki pomidor hosilidan 80 tonna, jami 160 tonna sarxil pomidor mahsuloti yetishtirishni yoʻlga qoʻygan Jalgʻasboy Baymuratov 100 foiz hosilni eksportga yoʻnaltirish imkoniyati borligini lekin 40 foiz pomidor mahsulotini ichki bozorga olib chiqayotganini, eng avvalo oʻz hamqishloqlarining, aziz amudaryoliklarning ehtiyojini qondirish, xalqni rozi qilish hamma narsadan muhimligini taʼkidlarkan:

- Yiliga yetishtirilgan hosilning 40 foizini ichki bozorga olib chiqayotirmiz, - deydi u mamnuniyat bilan.

Issiqxona xoʻjaligidan har galgi hosil yigʻim-terim mavsumida 1 mlrd. soʻm miqdorida daromad olinayotganini hisobga olsak, xoʻjalik ishchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, xoʻjalikni yanada rivojlantirish imkoniyati katta.

Peshona teri evaziga yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay sifatli saqlash, bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash maqsadida sigʻimi 800 tonnalik zamonaviy muzlatgich qurilgani ayni muddao boʻldi.

Ayni kunlarda issiqxonada kechki pomidor hosili pishib-yetilmoqda. Yetishtirilgan hosilni turli zararkunanda hasharotlardan asrab-avaylash, oziqlantirish, ortiqcha shohchalarini butash, oralarini chopiq qilib, shamollatish, havo haroratining moʻʼtadilligini saqlash choralari koʻrilmoqda. Yana bir necha kundan soʻng pishib-yetilgan pomidor mahsuloti Qozogʻiston Respublikasiga eksport qilinadi.

***

“Oq oltin Amudaryo” fermer xoʻjaligi Amudaryo tumanidagi serhosil, koʻptarmoqli qishloq xoʻjalik korxonalaridan biri sanaladi. Xoʻjalikda paxtachilik, gʻallachilik, pillachilik, parrandachilik kabi yoʻnalishlar boʻyicha har yili yuqori natijalarga erishib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 27-sonli Qarori ijrosini taʼminlash, qishloq joylarida issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali qishloq aholisining ishsiz qatlamini qoʻllab-quvvatlash, bilan taʼminlash, yangi sarxil sabzavot mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishga oʻz hissasini qoʻshish maqsadida “Oq oltin Amudaryo” fermer xoʻjaligi rahbari Anvar Xolimbetov pomidor va bodring yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxona xoʻjaligini tashkil etdi. Fermer va dehqon xoʻjaliklarini, qoʻllab-quvvatlash fondining 1 mlrd. soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻi va oʻz mablagʻi hisobidan 0,50 gektar maydonda issiqxona xoʻjaligi faoliyatini yoʻlga qoʻyilib, oʻz oilasi aʼzolari, shu bilan birga 5 nafar hamqishloqlarining bandligini taʼminladi.

Xoʻjalikning 0,25 gektariga bodring, 0,25 gektariga sarxil pomidor koʻchatlari ekishdi. Ertagi hosildan yaxshigina daromad olgan xoʻjalik ishchilari kechki sabzavotlarni ham oʻz vaqtida ekib, agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirishdi. Ayni paytda kech kuz fasli boʻlishiga qaramay, issiqxonada pishiqchilik pallasi boshlangan. Tartib bilan iplarga tortilgan bodring va pomidor paykallarida hosil moʻl. Ishchilar bodring va pomidor paykallarini begona oʻt bosmasligi, zararkunanda hasharotlar, ayniqsa, mahalliy chirkay tushmasligi uchun nihollarga turli gerbitsidlar, oziqlantiruvchi vitaminlar bilan ishlov berishib, pishib-yetilayotgan hosilni yigʻib-terib olishga taraddud koʻrishmoqda.

- Joriy yil issiqxona xoʻjaligimizdan ilk hosilni yigʻib olamiz, - deydi Anvar Xolimbetov. – Rejalarimiz haqida oldindan biron narsa deyishga hali erta, niyatlarimiz ezgu, daromadimiz yaxshi boʻlsa, katta sigʻimli muzlatkich qurishni oʻylab qoʻyganmiz. Qolaversa, issiqxonamizni kengaytirish ham rejamizda bor. maqsadimiz – xalqimizga ekologik toza, sarxil sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish.

Joriy 2022-yilda oʻz faoliyatini boshlagan mazkur issiqxona xoʻjaligi ishchilarining ham shijoatlari baland. Tashqarida qish nafasi ufurib turgan bir paytda yam-yashil paykallarda pishib-yetilayotgan hosilni yigʻishtirib olishga taraddud koʻrayotgan xoʻjalik ishchilariga:

- Hosilingiz moʻl, xirmoningiz sarbaland, daromadingiz bisyor-u el-yurt dasturxoni noz-neʼmatlardan yanada fayzli boʻlsin, - deymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA,

Ravshon BAHROMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019