18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 01:24
Jamiyat 👁 236

Birovning hayotida birovning burniga oʻrin yoʻq

Birovning hayotida birovning burniga oʻrin yoʻq

        "Gap bolalaydi" degan iborani hech tushunmas edim. Gap qanday qilib "bolalashi" mumkin?! Axir u sigirmidiki, bolalasa! Endi bilsam bu bejizga aytilmagan ekan. Taajjubki: "Voy eshitdinglarmi-i?", "Ana sharmanda-a...", "Bir gap aytaman, hech kimga aytmaysiz faqat..." singari "soʻzboshi"lar sabab jamiyatimizda qanday xunuk ishlar sodir boʻladi-ya! Ana shunday hech kimga "aytilmagan" bir gap el ogʻzida ellik ogʻiz boʻlib, baʼzan bitta oilani barbod qilishi, yoki birovning gulday nomini yomon otliq qilishi achinarli. Muammo ana shunda!

       Bir tanishimning toʻyi toʻxtatildi. Odamlar hayron. Necha yilki sevishib, ahd-u paymon qilib, endi visolga yetaman deganda yoshlar "aynidi" qoldi. Toʻgʻrirogʻi, yigit toʻxtatdi toʻyni. Aytishicha, kuyov tomon qizning mahallasidan kelin tomonni surishtirib koʻrishsa, qoʻshnilari u oila yaxshi oila emasligini, qiz ham yaxshi qiz emasligini aytishibdi. Xullas, kim yaxshi-yu, kim yomon ekanligini "tarozi"ga tortib oʻtiradigan bekorchi xotinlar sabab bir muqaddas qoʻrgʻon qurilmasdan oldin "quladi". Kuyov esa, endilikda boshqa mukammal oilaning, mukammal qizini axtarib yuribdi... Topsin! Biroq, hayotda oʻsha MUKAMMAL oila bormikan? Mukammal qiz-chi??? Axir, dunyodagi barcha ijobiy va salbiy xislatlar yaratgan tomonidan barcha mavjudotlarga teng taqsimlangan boʻlsa. Buni ustiga insoniyatning ochilmagan qirralari va kashf etilmagan xususiyatlari bisyor boʻlsa. Menimcha, yuz foiz kamchiliksiz va farishtasimon odam bu- ona qornidagi embrion. Sababi, shaxs yorugʻ olamga kelishi bilan uni "pozitiv" va "negativ" munosabatlar qarshi oladi. Bunday munosabatlar qurshovida oʻzlikning farishtasimon jihatlarini asrab qolish amri mahol. Kim biladi, balki oʻsha kuyov yigit shu narsalarni hali anglab yetmagandir. Gap bunda emas. Hamma gap birovning shaxsiy hayotiga bilib-bilmay burun suqayotgan, birovning oilasini qoralab, gulday qizning boshidan "magʻzava" agʻdarayotgan gʻiybatchilarda. Baʼzan shunday, oyogʻi bilan emas, tili bilan yuradigan gʻiybatchilarga qarab: -Birovning hayoti bilan nima ishing bor, oʻzingni bilgin! Balki sen yomon otliq qilayotgan odam haqiqatan yomondir, balkim yaxshidir. Xoʻsh, senga nima? Agar u yaxshi inson boʻlsa, qilgan tuhmating oʻrinsiz boʻlsa sen gunohkorsan! Agar, u rostdan yomon odam boʻlsa, qilgan yomonliklarining, gunohlarining tovonini oʻzi toʻlaydi-ku!.. degim keladi. Baʼzan esa bu gaplarni aytmay, jim ketgim keladi... Chunki hayot yoʻlingdagi har bitta "hurgan it"ga toʻxtab, tosh otaversang, u bilan hisoblashaversang koʻzlagan manzilingga yetolmay qolasan. Itlarning vazifasi maʼlum- hurish. Tabiatning bu turgʻun qonunini esa oʻzgartirib boʻlmaydi.

-Agarda biror joydan uyga mashinada qaytsam, albatta "sariq" rangli taksiga minaman. Chunki boshqa rangdagi mashinadan mahallani boshida tushib qolsam, qoʻshnilar malomat qiladi, -degan edi bir dugonam.

Ehh ayrim odamlar, boshqaning hayotini qoʻyib, qachon oʻzingiz uchun yashaysiz... Ayni davrda biz paranji oʻrab, vaqtni quyoshga qarab oʻlchaydigan zamonda emas, erkin va demokratik davlatda, har kim oʻz-oʻzini taftish qila oladigan jamiyatda yashayapmiz. Bunday rivojlanayotgan, erkin muhitga qandaydir "dedi-dedi"lar va "Kelinlar qoʻzgʻoloni"dagi kabi faqat "shipiyon"lar haqida gaplashadigan ovsinjonlar yarashmaydi. Shaxsiy hayot bu, oʻz nomi bilan shaxsiydir. Bu hayotda har bir insonning oʻz chegaralari mavjud. Oʻz qonuniyatlari mavjud. Muhimi oʻsha chegaradan chiqib ketmaslik. Shunday ekan, birovni muhokama qilishdan tiyilish ham bir yaxshilik. Zero, har kim ogʻzidan chiqayotgan "soʻz yuki"ga masʼuliyatli boʻlsa, hammasi joy-joyiga tushadi.

 

Aziza MADRAHIMOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026