16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:13
Fan va taʼlim 👁 333

49-sonli maktabda xorijiy tillar fan oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

49-sonli maktabda xorijiy tillar fan oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Amudaryo tuman xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 49-sonli umumtaʼlim maktabida noyabr – xorijiy tillar fan oyligi doirasida “Til bilgan – el biladi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Avvalo shuni alohida taʼkidlash kerakki, maktabda xorijiy tillar fan oyligini muvaffaqiyatli oʻtkazish maqsadida xorijiy tillar uslubbirlashma aʼzolari tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, har haftada alohida mavzulashtirilgan tadbirlar, ochiq darslar, “Zakovatli bolalar” oʻyinlari, sinflararo va guruhlararo bellashuvlar tashkil etildi.

Ingliz tili oʻqituvchisi Goʻzal Saparboyeva 2-sinf oʻquvchilari ishtirokida adabiy-musiqiy tarzdagi ochiq dars tashkil etdi. Darsda oʻquvchilar oʻzlari oʻrgangan inglizcha sheʼrlarni qoʻshiq qilib kuyladilar va raqslar ijro etdilar. Bir-birlari bilan ingliz tilida suhbatlashdilar.

Shuningdek, fan oyligi doirasida rus tili oʻqituvchisi Roza Yernazarova 3-sinf oʻquvchilari ishtirokida ochiq dars oʻtkazdi. Ochiq dars jarayonida oʻquvchilarning rus tilini bilish qobiliyatlari sinovdan oʻtkazilib, aʼlochi oʻquvchilar maʼnaviy ragʻbatlantirildi. Bundan tashqari, rus tilida soʻz oʻyinlari, guruhlararo, sinflararo bellashuvlar ham oʻtkazilib, oʻquvchilarning 1-chorak davomida egallagan bilimlari yanada takomillashtirildi.

Noyabr – xorijiy tillar fan oyligining oxirgi haftasida oylik davomida oʻtkazilgan barcha tadbirlar umumlashtirildi va “Til bilgan – el biladi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirni oʻtkazish uchun moʻljallangan xona maktabning xorijiy tillar uslubbirlashmasi aʼzolari tomonidan koʻrgazmali vositalar – xususan, ingliz va rus adabiyotining yetuk namoyandalari hayoti hamda ijodiy faoliyatini aks ettiruvchi suratlar, kitoblar, oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan suratli albomlar va gullar bilan bezatildi.

Tadbirni maktab direktori Shukurboy Ayimbetov ochdi va oʻz ona tilidan tashqari, xorijiy tillarni oʻrganish insonning dunyoqarashi shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi, mamlakatimizda soʻnggi yillarda xorijiy tillarni oʻqitish, umumtaʼlim maktablarining xorijiy tillar boʻyicha fan xonalarini zamonaviy jihozlar, asbob-anjomlar bilan jihozlash, ayniqsa kompyuter texnologiyalari boʻyicha oʻquvchilarning savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani haqida batafsil soʻz yuritdi.

Shundan soʻng, maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi Goʻzal Saparboyevaning stsenariysi asosida ingliz tilida tayyorlangan “Til bilgan – el biladi” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirning asosiy qismi boshlandi. Unda oʻquvchilar Goʻzal Saparboyeva rahbarligida Oʻzbekistonda va dunyoning turli nuqtalarida yashovchi turfa millatlarning milliy kiyimlarini kiyib chiqishdi. oʻquvchilar ingliz tilida oʻzaro muloqot qildilar. Qiziqarli savol-javob, kuy va qoʻshiqlar, tez aytishuvlarning ingliz tilida jaranglagani tadbir ishtirokchilariga oʻzgacha zavq bagʻishladi.

Tadbir davomida maktabning rus tili fani oʻqituvchilari Roza Yernazarova hamda Oʻrozboy Aliyevlar tomonidan tayyorlangan, rus tilini mukammal oʻrganayotgan oʻquvchi-yoshlar ishtirokidagi “Rus dunyosiga sayohat” mavzusidagi fan oyligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy va adabiy-musiqiy kecha ham tashkil etildi.

Mazkur musiqiy kechada oʻquvchilar oʻz ustozlari Ruslan Bozorboyev, Oʻrozboy Aliyev, Barno Allamberganova, Umida Ayimbetovalar bilan birgalikda rus tilida qiziqarli oʻyinlar tashkil etdilar.

Rus adabiyotining yetuk namoyandalari asarlari haqida fikr yuritishib, ularning mashhur sheʼr va hikoyalaridan aytib berdilar. Rus xalq qoʻshiqlari, raqslarini ijro etishib, barchaning olqishlariga sazovor boʻldilar. Ayniqsa, 2-sinf oʻquvchilari tomonidan ijro etilgan inglizcha qoʻshiq va raqslar, 5-6-7-sinflar oʻquvchilari tayyorlab kelgan ingliz shoirlarining sheʼrlari, 8-sinf qizlari ijrosidagi rus xalq raqsi, 7-sinf oʻquvchi-qizlar talqinidagi inglizcha raqs tadbir ishtirokchilariga oʻzgacha zavq bagʻishladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019