16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:26
Sport 👁 292

TUMAN SPORT MAKTABIDA BADIIY GIMNASTIKA BOʻYIChA OChIQ BIRINChILIK MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

TUMAN SPORT MAKTABIDA BADIIY GIMNASTIKA BOʻYIChA OChIQ BIRINChILIK MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

Badiiy gimnastika tasma, koptok, xalqa, argʻamchi yordamida, shuningdek, hech qanday detallarsiz, yaʼni nafis gimnastika, raqs mashqlarini musiqa sadolari ostida bajarishdan iborat sport turi boʻlib, keyingi yillarda oʻsmir-yoshlar orasida juda ommalashmoqda.

Oʻtgan asrning 40-yillaridan boshlab ilk badiiy gimnastika musobaqalari oʻtkazila boshlagan boʻlsa, 50-yillari oxirida xalqaro gimnastika Federatsiyasi badiiy gimnastikani sport turi sifatida tan oldi. 1963-yildan boshlab har ikki yilda bir marta mazkur sport turidan jahon chempionati oʻtkazib kelinmoqda. 1984-yilda ushbu sport turi Olimpia oʻyinlari dasturiga kiritilgan.

Sportning ushbu turiga mamlakatimizda, shu jumladan, Amudaryo tumanida ham ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Natijada shugʻullanuvchilar orasida nufuzli xalqaro musobaqalar gʻoliblari, Oʻzbekiston chempionlari yetishib chiqayapti.

26-noyabr kuni tuman sport maktabi rahbariyati va trener Shahodat Rajabova tashabbusi bilan badiiy gimnastika boʻyicha maktab ochiq birinchiligi musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Bellashuvda Nukus shahridan 3 ta jamoa, Ellikqalʼa tumanidan 2 ta jamoa va tuman sport maktabidan iqtidorli gimnastikachi qizlar ishtirok etdilar va gʻoliblik uchun bahs olib bordilar.

Ochiq birinchilik musobaqalari ochilish marosimi bayram tusini oldi. Tuman sport maktabi direktori Chorsham Tojimurodov musobaqada qatnashib, oʻz iqtidorini sinovdan oʻtkazish, sahnada yuksak mahorat koʻrsatib, gʻoliblikka erishish, oʻz tengdoshlari bilan doʻstona munosabatda tajribalarini oʻrganish maqsadida tashrif buyurgan badiiy gimnastikachi qizlarga minnatdorlik bildirdi va muvaffaqiyatlar tiladi.

Sport maktabi zalida oʻz murabbiylari bilan saf tortib turgan badiiy gimnastikachi qizlarga musobaqa bosh hakami, oliy toifali hakam G.Bobojonova tanishtirilgach, musobaqa shartlari eʼlon qilindi.

Musobaqani kichik yoshdagi badiiy gimnastikachi qizlar boshlab berishdi. Jami 80 nafar qizlar sport maktab ochiq birinchiligi musobaqalarida oʻzaro mahoratlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Natijalarga koʻra, tuman sport maktabi tarbiyalanuvchilari Ruxsora Alimboyeva, Sevinchoy Alimboyeva, Zarnigora Qadamboyeva, Xulkaroy Abdullayeva, Sevinchoy Gulimbetova, Maftuna Shuhratova, Sugʻdiyona Bektemirovalar oʻz vazn toifasi boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

Bu natijalarga oʻz-oʻzidan erishilayotgani yoʻq. Sport maktabda 4 nafar malakali murabbiylar 150 nafardan ziyod isteʼdodli qizaloqlarga badiiy gimnastika sir-asrorlarini oʻrgatishayapti. Mashqlar davomida ushbu nafis sport turi yosh qizlarga qunt bilan oʻrgatilayotgani shugʻullanuvchilar erishayotgan yutuqlarda ham namoyon boʻlayotir.

Ochiq birinchilik musobaqalari yakunida gʻolib boʻlgan va faol ishtirok etgan badiiy gimnatikachi qizlar sport maktab maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirildi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019