16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:13
Fan va taʼlim 👁 204

“Bolalarga bering dunyoni” mavzusidagi tanlov boʻlib oʻtdi

 “Bolalarga bering dunyoni” mavzusidagi tanlov boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizning barcha joylarida boʻlgani kabi tumanimizda ham yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni turli zararli illatlardan himoya qilish borasida turli tadbirlar, uchrashuvlar, tanlovlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Maktab oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, sanʼat sohasi bilan birgalikda huquqiy  siyosiy madaniyatini oshirish hamda Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan besh muhim tashabbusni amalga oshirish maqsadida tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida “20-noyabr butun dunyo bolalar kuni” ham “8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” munosabati bilan “Bolalarga bering dunyoni” mavzusidagi tanlov boʻlib oʻtdi.

Ushbu mavzudagi respublika tanlovining tuman bosqichida tumanimizdagi umumtaʼlim maktablaridan kelgan 168 nafar yosh rassomlar ishtirok etishdi. Mazkur tanlov tumanimizda kelajagidan ulkan umid kutsa boʻladigan iqtidorli yosh rassomlar juda koʻp ekanligini koʻrsatdi. Ularning moʻyqalamidan bunyod boʻlayotgan rang-barang tasvirlar har qanday odamning qalbida goʻzal hislarni uygʻotishi tabiiy.

Yosh rassomlar tomonidan yaratilayotgan Ona – Vatan, tabiat, ona – yurt, Vatan timsollari koʻnglimizga hayajon soladi.

Yosh rassomlar oldiga “Bola huquqlari”, “Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida” mavzusiga oid suratlarni chizish yoʻnalishlari belgilandi.

Koʻrik tanlovning borishini tajribali mutaxassislardan iborat hakamlar hayʼati nazorat qilib bordi.

Hakamlar hayʼati tomonidan ijodiy ishlar 100 ballik tizimda baholab borishi belgilandi. Bunda yosh rassomlar ijodiy ishining bola huquqlarini himoya qilish targʻib qilinganligi, milliy va zamonaviy xususiyatlarning aks etganligi, konstitutsiyaviy islohotlarning keng yoritilganligi, badiiy saviyasi va sifatliligi kompozitsion talablarga mos kelishiga ulkan eʼtibor qaratildi.

Qiziqarli bellashuvlarga boy boʻlgan tanlov yakunida nufuzli hakamlar hayʼatining eʼtirofiga koʻra 83-sonli maktab oʻquvchisi Maftuna Hayitboyeva, 32-sonli maktab oʻquvchisi Ruhshona Norboyeva 1-oʻrinni, 40-sonli maktab oʻquvchisi Zafar Bahromboyev, 83-sonli maktab oʻquvchisi Jasmina Jumaniyazova 2-oʻrinni, 31-sonli maktab oʻquvchisi Charos Jumaniyazova, 9-sonli maktab oʻquvchisi Doniyor Baxtiyorov 3-oʻringa munosib deb topildilar. Ularga diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Shuningdek, yosh rassomlarning bir guruhiga tanlovdagi faol ishtiroklari uchun faxriy yorliqlar topshirildi.

Tanlov soʻngida tanlov tashkilotchilari chiqib gapirib yosh rassomlarning respublika tanlovidagi ijodiy ishlarida ham yutuqlar tiladi.

Yosh rassomlar tanlovi tuman prokuraturasi, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi, yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamkorligida oʻtkazildi.

Mazkur tanlovni oʻtkazishdan maqsad – oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida huquqiy bilimdonlikni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va bilim sifatini oshirish, ijodiy salohiyatini, vatanparvarlik tuygʻularini, ular qalbida yot gʻoyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish hamda yurtimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodni huquqiy jamiyatga hurmat ruhida tarbiyalash, baxt-iftixor tuygʻusini shakllantirish, mustaqil va erkin fikrlovchi qatʼiy pozitsiyaga ega boʻlgan yuksak bilimli, intellektual salohiyatli, mustaqillik tamoyillariga sodiq, jismoniy va maʼnaviy jihatdan yetuk barkamol avlodni tarbiyalash, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini yosh avlod ongiga chuqur singdirishdir.

Oʻrozali REYIMOV, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019