17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 23:55
Jamiyat 👁 224

TOSh YoP OVULIDA UCh AVLOD UChRAShUVI TADBIRI TAShKIL ETILDI

TOSh YoP OVULIDA UCh AVLOD UChRAShUVI TADBIRI TAShKIL ETILDI

Joylarda keksa va oʻrta avlod vakillari hamda yoshlar ishtirokidagi “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari davom etmoqda. Ushbu uchrashuvlarda nuroniylarning ibratli hayot yoʻli, turli sohalarda faol boʻlgan oʻrta yoshlilarning fidoyiliklari hamda shijoatli yoshlarning yutuqlari tilga olinib, barchaga oʻrnak sifatida koʻrsatilmoqda.

17-dekabr kuni Amudaryo tumanining Tosh yop ovulida ham hududdagi nuroniylar, oʻrta avlod vakillari va yoshlar ishtirokida shunday tadbir oʻtkazildi. “Manas” kafesida oʻtkazilgan ushbu tadbirda tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyev, fuqarolar yigʻini raisi Gulshod Sobirova, ovul hududidagi “Bekman Allaberganov” fermer xoʻjaligi rahbari, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Ilhom Polvonov, keng jamoatchilik vakillari qatnashishdi.

Tadbir davomida bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorliklar, oʻzgarishlar eʼtirof etildi. Shu oʻrinda keksalarning tajribasi yoshlar uchun hayot maktabi ekanligi, ularning qimmatli pand-nasihatlari, hayot saboqlari yoshlarning shijoati bilan birlashsa, jamiyatni rivojlantiruvchi kuchga aylanishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazishda keksa avlod vakillarining alohida oʻrni borligi taʼkidlab oʻtildi.

Ochiq dasturxon atrofida oʻtkazilgan tadbirda ishtirok etgan ovul nuroniylari Kengash ota Kaliyev, Quronboy ota Otajonov, Maqsad ota Safarboyev hamda mahalla imomi Gulmirza ota Davletov, fuqarolar yigʻinining keksalar masalalari boʻyicha maslahatchisi Karimboy aka Rajabovlar ham mamlakatimizda barcha sohalarda islohotlar jadal suratlarda davom etayotgani, bu yangilanish va oʻzgarishlar avvalo fuqarolarning manfaatlari, ularning hayotdan rozi boʻlib yashashlari uchun xizmat qilayotgani haqida soʻzlashdi.

Uzoq yillar qishloq xoʻjaligida mehnat qilgan onaxonlardan Xushroʻy Rahimova, “Buvijonlar maktabi” aʼzosi Ortiqgul Yeshchanova, ovul faoli Gulora Qurbonboyevalar ham oʻz hayotiy tajribalari, bosib oʻtgan ibratli umr yoʻllarini qiziqarli va jonli tarzda maroq bilan hikoya qilishdi. Shuningdek, davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib, erishilayotgan barcha yutuqlar koʻplab fidoiy insonlarning mashaqqatli mehnati samarasi ekanligini taʼkidlashdi.

Uchrashuvda yoshlar ham soʻzga chiqib, istiqlol katta imkoniyatlar, imtiyozlar eshigini keng ochib berayotgani, ushbu imkoniyatlardan toʻgʻri va oqilona foydalanib, Vatan ravnaqi, yurt farovonligi uchun hissa qoʻshish kerakligini aytib oʻtishdi. Bu yoʻlda ulugʻ yoshli avlodning xayrli va namunali hayot yoʻlini dasturilamal qilib koʻrsatish, ularning tajribalaridan oʻrnak olishdek ezgu maqsadlarni oʻzida mujassam qilgan bu kabi tadbirlar oʻzlari uchun chinakam mahorat maktabi vazifasini oʻtashini eʼtirof etishdi.

Toʻkin dasturxon atrofida samimiy tarzda oʻtgan tadbirda mahallada keksalarning oʻrnini yanada oshirish, yoshlarga har jihatdan namuna boʻlish, shuningdek, sogʻlom turmush tarziga amal qilish kabilar masalalarda ham fikrlar bildirildi.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarga milliy taomimiz palov ham tortildi va nuroniylarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026