16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:32
Sport 👁 405

Bugun tumanning 6 ta hududida yangi sport maydonchalari foydalanishga topshirildi

Bugun tumanning 6 ta hududida yangi sport maydonchalari foydalanishga topshirildi

Fotogalereya

Maʼlumki, muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” tashkil etilgan edi. Mazkur olimpiadaning birinchi mavsumi 30-apreldan boshlab 1iyun kuniga qadar davom etdi. Unda Amudaryo tumani yoshlari ham faol ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egalladilar.

Olimpiadaning Respublika bosqichi gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar bilan birgalikda oʻz mahallalari hududiga sport maydonchasi qurib berilishi uchun maxsus sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi.

Amudaryo tumanida ham olimpiadaning 1-mavsumida bir guruh yoshlar Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida gʻolib boʻlib, oʻz mahallalariga sport maydonchasi qurib berilishi uchun maxsus sertifikatlarni qoʻlga kiritishgan edi.

Qisqa fursatlarda mazkur sport maydonchalari toʻliq qurib bitkazildi. 24-dekabr kuni tumanning 6 ta hududidagi mazkur sport maydonchalarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari olimpiadaning tuman boskichi gʻoliblari, yoshlar yetakchilari va tumanning faol yoshlari ishtirok etishdi.

Xitoy ovuli hududidagi sport maydonchasining tantanali oʻtgan ochilish marosimida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev mazkur olimpiadaning 1-mavsumida tashkil etilgan maʼnaviy va marifiy hamda sport tadbirlarida tumanimizdan jami 28 ming 898 nafar yoshlar faol ishtirok etishganini, shulardan 41 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida ham faol ishtirok qilishganini mamnuniyat bilan eʼtirof etib oʻtdi.

Sanobar Sharifboyeva Andijon viloyatida oʻtkazilgan musobaqada sportning shashka turi boʻyicha faol qatnashib, mahallasiga mana shunday zamonaviy tipdagi sport maydonchasining qurilishi uchun sertifikatni qoʻlga kiritdi. Sanobarning sportdagi yutugʻi tufayli bugun Xitoy ovuli hududida koʻrkam sport maydonchasi bunyod etildi. Endilikda mazkur maydonchada sport bilan shugʻulangan ovul yoshlari orasidan ham yanada koʻplagan sportchilar yetishib chiqishi shubhasiz.

Shu kuni Zahriddin Muhammad Bobur nomli ovulda joylashgan sport maydonchasining ham ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ovul hududiga sport maydonchasi qurib berilishiga sababchi boʻlgan mahallaning faol yoshlaridan biri Umida Ibragimovaning Street Workout boʻyicha muvaffaqiyatli qatnashib, gʻolib boʻlganligini, endilikda mahalladagi har bir oʻsmir ushbu sport maydonchasida jismoniy salohiyatini oshirish imkoniyatiga ega boʻlganligini aytib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar “Besh tashabbus olimpiadasi” koʻplab isteʼdodli yoshlarni kashf etayotganligini, davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor natijasida ular katta muvaffaqiyatlarga erishayotganliklarini taʼkidlab oʻtishdi.

Toʻlqin ovuli hududidagi sport maydonchasining ochilish marosimida tuman hokimi oʻrinbosarlari, fuqarolar yigʻini masʼullari va ovul yoshlari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar olimpiadaning 1-mavsumi yakunlariga koʻra Respublika bosqichida gʻolib boʻlgan 6 nafar yoshlarning mahallalariga sport komplekslari qurib berilganini, 2-mavsumda ham tumandan 3 nafar yoshlar 1-oʻrinni, 3 nafar yoshlar 3-oʻrinni egallaganligini, 2023-yilda ularning ham mahallalariga sport maydonchalari qurib berilishini mamnuniyat bilan maʼlum qilishdi.

Mahallalarda barpo etilgan sport maydonchalari yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sogʻlom turmush tarziga rioyaga etishlari uchun muhim vosita boʻlib xizmat qilishi shubhasiz. Doston Haytboyev, Xursand Tilavmurodov, Amin Xolboyev, Mahmud Joʻlliboyev, Shuhrat Joʻlliboyev singari intiluvchan yoshlarning sportning stritbol turi boʻyicha erishgan gʻalabalari sabab Toʻlqin ovulida zamonaviy tipdagi sport maydonchasi bunyod etildi.

Shu kuni Mangʻit shahridagi Navoiy mahallasi yoshlari uchun ham quvonchli voqea roʻy berdi. Yangi yil arafasida mazkur mahalla  hududida ham sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.

Maʼlumot uchun, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 1-mavsumida mahalla bosqichiga 18 ming 767 nafar, sektor bosqichiga 9 ming 359 nafar, tuman bosqichiga 772 nafar yoshlar qamrab olindi.

Tumanimiz yoshlaridan 41 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida faol ishtirok qilishdi. Oʻzbekiston Respublika bosqichida 3 nafar yoshimiz 1-oʻrin, 3 nafar yoshimiz 2-oʻrin egalladilar.

Undan tashqari, “Yosh kitobxon oila” yoʻnalishida Doʻrman ovulida yashovchi Oʻrinbayevlar oilasi 1-oʻrin sohibi boʻlib, Prezident sovgʻasi − “Spark” avtomobilini qoʻlga kiritishdi.

Shuningdek, 24-dekabr kuni tumanning Boyovul mahallasi va Amir Temur nomli ovullarida ham shu kabi maydonchalar foydalanishga topshirildi.

Musobaqalar gʻoliblari yashovchi mahallalarga sport maydonchalarining qurib berilgani nafaqat ularga, balki mazkur hududda yashovchi barcha yoshlarga ragʻbat boʻldi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019