16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:57
Qishloq xoʻjaligi 👁 353

OʻRMON FONDI RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANIShGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

OʻRMON FONDI RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANIShGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

Keyingi yillarda davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining faoliyatini takomillashtirishga, xoʻjaliklar hududlaridagi tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, oʻrmon mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishga alohida eʼtibor berilmoqda.

Shuningdek, hududdagi ogʻir ekologik vaziyat oqibatlarini yumshatish maqsadida xoʻjaliklarning oʻrmon bilan qoplanmagan hududlarida koʻchat yetishtirishni samarali tashkil etish va chor-atrofda mevali, manzarali daraxtlar, koʻp yillik butalar, gullar koʻpayishiga hissa qoʻshish dolzarb vazifa qilib qoʻyilgan. Bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etishda Respublika Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori muhim asos boʻlmoqda. Mazkur qarorda Respublikada oʻrmon fondini muhozafa qilish, koʻpaytirish, undan oqilona foydalanish, uning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish hisobiga ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berilgan.

Bu boradagi faoliyati namunali tashkil etilgan Amudaryo tumanidagi Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligida 26-dekabr kuni respublika miqyosida seminar oʻtkazildi.

Oʻrmon xoʻjaligi xodimlari uchun tashkil qilingan seminarda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bosh mutaxassisi Murotboy Gʻaniyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi davlat oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari, bosh oʻrmonbegilari, mutaxassislari ishtirok etdilar. Unda Murotboy Gʻaniyev “Yashil makon” davlat dasturining 2022-yilgi ijrosi, respublikada ihota daraxtzorlarining barpo etilishi, shuningdek, hududda yashil daraxtlarni koʻpaytirish uchun koʻchat yetishtirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼruza qildi va bu borada “Qipchoq” davlat oʻrmon xoʻjaligi xodimlarining faoliyatini barchaga namuna qilib koʻrsatdi.

Shuni qayd etish lozimki, mazkur xoʻjalikda 20,5 gektar oʻrmon koʻchatxonalari, mavjud boʻlib, joriy yilda madaniy oʻrmonzorlar barpo etish, tumandagi korxona, tashkilotlarni koʻchat bilan taʼminlash, ihotazorlar uchun urugʻ yetishtirish rejalari ortigʻi bilan bajarildi. Shuningdek, Orol dengizining qurigan tubida xoʻjalik ishchilari tomonidan yashil qoplamalar yaratish maqsadida saksovul urugʻlari ekildi. “Yashil makon” davlat dasturi ijrosi taʼminlanishiga hissa qoʻshish maqsadida tumandagi korxona, tashkilotlarga, maktablarga, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga homiylik asosida 29 744 dona har xil daraxtlar koʻchatlari yetkazib berildi.

Yaqinda xoʻjalikda yana bir quvonchli voqea boʻldi: Prezidentimizning barcha sohalarda “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻktazish orqali kadrlar salohiyatini yuksaltirish yuzasidan bergan topshirigʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tashkil etgan “Zakovat” intellektual oʻyinining quyi bosqichlarida gʻoliblikka erishgan Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi bosh oʻrmonbegisi Rustam Dosmanov intellektual oʻyinning mamlakat bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 108 nafar ishtirokchilar oʻz salohiyatini sinovdan oʻtkazgan ushbu bellashuvda u faxrli 4-oʻrinni egalladi va tashkilotchilarning sovgʻalari, sertifikati bilan taqdirlandi.

Seminarda bular haqda batafsil soʻz yuritildi. Barcha oʻrmon xoʻjaliklarida ham oʻrmon mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish, oʻrmon fondi resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan xoʻjaliklar rahbarlariga zarur tavsiyalar berildi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019