16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:48
Fan va taʼlim 👁 424

10-SONLI MAKTABDA OʻTKAZILGAN SAVODXONLIK BAYRAMIDA OʻQUVChILAR OʻZ IQTIDORLARINI NAMOYoN ETDILAR

10-SONLI MAKTABDA OʻTKAZILGAN SAVODXONLIK BAYRAMIDA OʻQUVChILAR OʻZ IQTIDORLARINI NAMOYoN ETDILAR

Shu kunlarda Amudaryo tuman Xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarining 1-sinf oʻquvchilari uchun Savodxonlik bayramlari boʻlib oʻtmoqda. Ushbu tadbirni oʻtkazishdan maqsad – 1-sinf oʻquvchilarining oʻquv yilining birinchi yarmida oʻrgangan bilim va koʻnikmalari, maktab mulkini koʻz qorachigʻidek asrash, maktab oʻquvchisining odob-axloq qoidalariga amal qilish, maktabda va oilada, jamoat orasida oʻzini tutishi boʻyicha qay darajada tushunchalarga ega boʻlganliklari, shu bilan birga “Alifbe”ni oʻzlashtirish darajasiga baho berishdan iborat.

Ana shunday bayram tadbiri 10-sonli umumtaʼlim maktabida ham oʻtkazildi. Savodxonlik bayrami boʻlib oʻtadigan xona oʻquvchilarning 4 oy davomida oʻrgangan bilim va koʻnikmalarini oʻzida mujassam etgan suratli-lavhalar, oʻquvchilarning rasm darsida chizgan suratlari, tabiat manzaralari, yilimizning toʻrt fasli haqida hikoya qiluvchi plakatlar, eng aʼlochi oʻquvchilarning xusnixat daftarlari, sharlar va gullar bilan bezatildi.

Tadbirda maktabning 1-“A” va 1-“B” sinf oʻquvchilari ustozlari Rayhon Tursunboyeva va Umida Oʻrozimbetovalar bilan birgalikda oʻquv yilining birinchi yarmida oʻzlari oʻrgangan bilim va koʻnikmalarini namoyish etishdi.

Xususan, har bir oʻquvchi “Alifbe” tartibidagi harf va tovushlar timsolida davraga chiqishib, harf va tovushlarni taʼriflab berdilar. Matematika fanidan olgan bilimlarini raqamlar vositasida koʻrsatishib, qiziqarli matematik amallarni – sonlarni yoddan qoʻshish, ayirish va koʻpaytirish, misol va masalalarni bajarishdi. Hatto karra jadvalini yodlashning uddasidan chiqqan eng aʼlochi oʻquvchilar oʻz qobiliyatlari bilan Savodxonlik bayramiga tashrif buyurgan ota-onalarini xursand qildilar.

Shundan soʻng, oʻqishni oʻrgangan, turli mavzularda sheʼrlar yodlagan oʻquvchilar “Yulduzcha”, “Tomchi”, “Tulpor”, “Eshmat oʻgʻli Mamajon” quvnoq qoʻshiqlarini birgalikda kuylashib, raqslar ijro etishdi. Oʻqishni oʻrgangan bolajonlar tadbir davomida “Alifbe” kitobi bilan xayrlashib, Ona tili va Oʻqish kitoblarini qabul qilib olishdi hamda bayramga tashrif buyurgan ota-onalari hamda ustozlariga yangi-yangi ilm sirlarini egallashga, yaxshi oʻqib, mustaqil Oʻzbekistonimizga munosib, vatanparvar farzandlar boʻlib voyaga yetishga soʻz berdilar.

Bolajonlarning biri-biridan quvnoq qoʻshiq va raqslari, ona, tinchlik, ustoz, Vatan, doʻstlik haqidagi jarangdor sheʼrlari tadbir ishtirokchilari boʻlgan ota-onalar va ustozlariga zavq-shavq bagʻishladi. Ayniqsa, ota-onalar oʻqishni oʻrgangan farzandlarining yutuqlaridan mamnun boʻlishib, ularni chin dildan tabrikladilar.

Savodxonlik bayrami yakunida 1-“A” va 1-“B” sinflar rahbarlari Umida Oʻrozimbetova va Rayhon Tursunboyevalar oʻquvchilarga oʻz sovgʻalarini berdilar.

Bilimdonlik, epchillik xislatlarini, oʻzlarining qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etgan, oʻqishni oʻrgangan, bilimga chanqoq, intiluvchan oʻquvchilardan barcha mamnun boʻldi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019