16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:46
Siyosat 👁 334

Yil yakunida bir guruh fidoiylarning mehnatlari eʼtirof etildi

Yil yakunida bir guruh fidoiylarning mehnatlari eʼtirof etildi

29-dekabr kuni Amudaryo tuman hokimligining majlislar zalida yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yoʻlidagi koʻp yillik samarali faoliyati, fidoiyligi va mehnatsevarligi, jamoat ishlaridagi faolligi hamda olib borayotgan ezgu ishlari, yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik jarayonidagi tashabbuskorligi uchun bir guruh yurtdoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev 2022-yilda tumanda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, erishilgan muvaffaqiyatlar, aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida roʻy bergan muhim oʻzgarishlarga toʻxtalib oʻtdi.

Tadbirda dastlab Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining faol va tashabbuskor deputatlari taqdirlandi. “Eng adolatli deputat” nominatsiyasiga Bahrom Qodirov, “Xalqparvar deputat” nominatsiyasiga Tamara Yusupova, “Mehnatkash deputat” nominatsiyasiga Gulshod Yusupova, “Faxriy deputat” nominatsiyasiga esa Roʻzimboy Nurimbetov munosib deb topildi.

Shuningdek, tadbirda tumandagi turli muassasa va tashkilotlarda koʻp yillardan buyon oʻz kasbiga vijdonan yondoshib, sadoqat bilan faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh fidoyilar tuman hokimligining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

“Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabova barchani yangi yil bilan tabriklab soha fidoylariga mehnat faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi.

Tadbirda turli soha vakillari − oʻqituvchilar, shifokorlar, huquqni muhofaza qilish organlari, ommaviy axborot vositalari, iqtisodiy va ijtimoiy sohada faoliyat yurituvchi tashkilotlarning ishchilari hamda kommunal soha korxonalarining xizmatchilari, faol yoshlar va ayol-qizlarning 24 nafariga tuman hokimligining esdalik sovgʻalari tantanali tarzda topshirildi.

Undan tashqari, tuman hokimi yangi yil munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning bir guruh bolalariga qishki kiyim-kechaklar toʻplamini topshirdi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev har bir bolajonga maktabni aʼlo baholarga tugatib, el yurt koriga yaraydigan munosib farzand boʻlishi lozimligini aytib, bayram bilan samimiy qutladi.

Tadbir yakunida tuman hokimi 2023-yilda ham tumanda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishini, taʼlim tizimida katta ijobiy oʻzgarishlar boʻlishini aytib, islohotlarni faqatgina bir tanu bir jon boʻlib, xalqimiz bilan birgalikda amalga oshirish mumkinligini taʼkidlab oʻtdi hamda barchani yangi 2023-yil bilan samimiy qutladi.

Shu kuni tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mansur Oʻrazboyevlar koʻp yillar davomida davlat boshqaruv organlarida samarali tarzda faoliyat yuritgan mehnat faxriysi Bahrom Jumaniyazovning xonadoniga tashrif buyurishdi hamda mehnat faxriysini yangi yil bilan tabriklab, tuman hokimligining qimmatbaho sovgʻalarini topshirdi.

Yangi yil arafasida tumandagi mehnat fidoyilari, bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, yoshi ulugʻ nuroniylarning hech biri eʼtibordan chetda qolmadi. Ularning holidan xabar olinib, bayram sovgʻalari topshirildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019