16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:36
Siyosat 👁 305

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning Yangi yil bayrami munosabati bilan tuman ahliga tabrigi

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning Yangi yil bayrami munosabati bilan tuman ahliga tabrigi

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Betakror diyorimizda Yangi yil shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Siz azizlarni, Sizlar orqali barcha amudaryoliklarni, yurtdoshlarimizni bayram bilan qutlashdan mamnunman!

Xalqimiz har yil yakunida joriy yilda qoʻlga kiritilgan yutuqlar va erishilgan natijalarni sarhisob qilib, kelgusi yilga yangi rejalar tuzishga odatlangan. Yakuniga yetayotgan yilni tahlil qilar ekanmiz, 2022-yil mamlakatimiz tarixida oʻziga xos iz qoldiradigan davr boʻldi, desak yanglishmagan boʻlamiz. Islohotlarning yangi bosqichi sifatida joriy yil boshida Prezidentimiz Farmoni bilan 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi.

Amudaryo tumanida ham inson qadrini yuksaltirish va iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish borasida yil davomida tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida 49 ta ovul va mahallalarimizda hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari ish boshladi.

Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 3 ming 477 nafar fuqaroga jami 72,2 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi. Aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Prezidentimizning birgina 2022-yil 25-oktyabrdagi qaroriga muvofiq tumanimiz hududida umumiy qiymati 22 milliard 209 million soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

2022-yilda tuman boʻyicha barcha manbalar hisobidan 77 ta obʼektlarda umumiy qiymati 112,7 mlrd. soʻmlik qurilish-taʼmirlash va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi. Hududlarimizga 4,7 km uzunlikda piyodalar va salomatlik yoʻlakchalari qurildi, 4 ta mahallaning markaziy koʻchalariga koʻcha yoritkichlari oʻrnatildi. 71 km uzunlikdagi mahalliy ahamiyatdagi va ichki yoʻllar taʼmirlanib, Gulzor mahallasi hududida 5 ta 5 qavatli uy-joylar qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.

2022-yil davomida tumandagi 3 ta maktab hamda 5 ta davlat, 3 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolari rekonstruktsiya qilinib, 3 ta maktab binolari joriy taʼmirlandi. Yaratilgan sharoitlar va sohaga berilayotgan eʼtibor tufayli umumtaʼlim maktablarida 4 ming 64 nafar oʻqituvchi 38 ming 476 nafar oʻquvchiga sifatli taʼlim-tarbiya berib kelmoqda. Tuman boʻyicha bogʻcha yoshidagi bolalarni qamrab olish koʻrsatkichi 71 foizga yetdi.

Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida Toʻlqin, Qizilcholi ovullaridagi oilaviy shifokorlik punktlari hamda 71-sonli oilaviy poliklinika binolari taʼmirlandi. 15 mlrd. soʻm mablagʻ evaziga 90-oʻrinli yangi  tugʻruq boʻlimi binosini qurish ishlari davom etmoqda.

Dehqon va fermerlarimizning fidokorona mehnatlari evaziga joriy yilda 12 ming 832 tonna don, 44 ming 844 tonna paxta hosili olindi. Dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida yetishtirilgan minglab tonna gʻalla, sabzavot va poliz ekinlari, mevalar hamda boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozorlarimiz toʻkinligi, narx-navoning barqarorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qadrli yurtdoshlar!

Muhtaram Prezidentimiz yaqindagina Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida kelgusi yilga “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb nom berib, 2023-yildagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilab berdilar.

Kelgusi yilda ham tumanimizda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, taʼlim sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish va hududlarni har tomonlama rivojlantirish boʻyicha qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Aziz yurtdoshlar!

Fursatdan foydalanib, barchangizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! 2023-yil xalqimiz farovonligi hamda jonajon Vatanimiz rivoji yoʻlida tub burilishlar roʻy beradigan yil boʻlishiga tilakdoshman.

Yangi yilda koʻngillarimizni xotirjamlik, xonadonlarimizni tinchlik-osoyishtalik, dasturxonlari-mizni toʻkinlik, ozod va obod yurtimizni fayz va baraka tark etmasin!

Yangi yilingiz muborak boʻlsin, aziz yurtdoshlar!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019