17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:59
Iqtisodiyot 👁 217

Prezident Farmoni aholi va tadbirkorlarga yengilliklar yaratmoqda

Prezident Farmoni aholi va tadbirkorlarga yengilliklar yaratmoqda

Hududlar oʻrtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, tuman va shaharlarni ularning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlantirish boʻyicha yangicha yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, davlat koʻmagini berish tartibini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi Prezident Farmoni qabul qilingan edi.

2022-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi ushbu Farmonga koʻra endilikda Respublika tuman va shaharlari iqtisodiy ahvoli va salohiyatidan kelib chiqib, 2023-yil 1-yanvardan 5 ta toifaga ajratildi. Har uch yilda Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirish jarayonida tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatidan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi Qaroriga koʻra ularning toifalari oʻzgartirib boriladi.

Farmonga muvofiq tuman va shahar toifasidan kelib chiqib, tadbirkorlik subʼektlariga soliq imtiyozlari, subsidiyalar ajratiladi va ularni qoʻllab-quvvatlashning boshqa choralari qoʻllaniladi.

Asosiy koʻrsatkichlariga koʻra 4-toifaga kiritilgan Amudaryo tumanida ham Farmon ijrosi yuzasidan muayyan ishlar olib borilmoqda.

Maʼlumki, mazkur Farmonda 4-toifaga kirgan tumanlardagi roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subʼektlari uchun aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi 3 foiz etib belgilanadi. Aholiga, tadbirkorlik subʼektlariga oshirilgan miqdorda subsidiya ajratish yoʻlga qoʻyiladi.

Tuman markazida samarali faoliyat yuritib kelayotgan “Tamara tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati yaratilayotgan buningdek imkoniyatlardan unumli foydalanishga intilmoqda. Ayni kunda korxonada tikilayotgan turli fasondagi, turli yoshdagi erkak va ayollar, bolalar kiyimlari Respublikamizning barcha hududlaridagi bozorlarda xaridorgir boʻlmoqda.

Korxona mahsulotlari Turkiya davlatida ham sotilayotgani bu yerda ishga ijodiy yondashuv natijasida xaridorlar talab va ehtiyojlariga yarasha kiyimlar tikilayotganini koʻrsatadi.

Yaqin kunlarda korxona rahbari Tamara Yusupova yana 50 nafar ishsiz, chevarlikka qiziqadigan ayol-qizlarni ish bilan taʼminlashni rejalashtirayapti. Buning uchun korxonaga yaratilgan yangi ishchi oʻrinlari soniga qarab, ularga faoliyat boshlashlari uchun zarur asbob-uskuna, jihozlar sotib olish uchun subsidiya ajratiladi.

Yuqoridagi Farmon bilan nafaqat tadbirkorlik subʼektlariga, balki aholiga ham qator yengillik va imtiyozlar berish koʻzda tutilgan. Qangli ovulidagi kam taʼminlangan, ishsiz 25 nafar fuqaroning hayotiga ham mazkur Farmon ijrosi quvonch olib kirdi.

Ular aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan ovuldagi hokim yordamchisi Karamaddin Eshmanov koʻmagida ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi kooperativilari ustav fondiga ulush sifatida kiritiladigan subsidiya asosida oʻz-oʻzini band qilgan fuqarolar safiga qoʻshildilar va har biriga 3 tadan echki tarqatildi.

Respublikamiz hududidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, kam taʼminlangan oilalarni manzilli qoʻllab-quvvatlashdagi yangicha yondoshuv aholi turmushi farovonlashuviga xizmat qiladi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019