16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:53
Sport 👁 404

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Bolalar sport maktabi ochiq birinchiligi oʻtkazildi

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Bolalar sport maktabi ochiq birinchiligi oʻtkazildi

Mamlakatimizda har yili 14-yanvarda Vatan himoyachilari kuni ulkan tantana qilinadi. Tobora jangovor qobiliyati kuchayib, qudrati oshayotgan milliy armiyamizga xalqimizning hurmat-ehtiromi yuqori. Shu boisdan ham ushbu bayram munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida sana munosabati bilan turli tadbirlar oʻtkazish anʼanaga aylangan.

10-yanvar kuni Amudaryo tumanidagi Bolalar sport maktabida ham “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqoni” shiori ostida sportning dzyudo turi boʻyicha 2009-2011 va 2012-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida sport maktabi ochiq birinchiligi oʻtkazildi.

Respublika hududida amaldagi Xalqaro Dzyudo federatsiyasi qoidalari asosida bolalar va oʻsmirlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish natijasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yoshlar, oʻsmirlar oʻrtasida dzyudo sportini ommalashtirish, dzyudo bilan shugʻullanayotgan kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash va sport maktab terma jamoasini shakllantirish, trener va hakamlarning malakasini oshirish maqsadida tuman Bolalar sport maktabi, Mudofaa ishlari boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tomonidan tashkillashtirilgan ochiq birinchilik musobaqasi bayram tusini oldi.

Musobaqa ishtirokchilarini sport maktabi direktori Chorsham Tajimurodov, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sherzod Murodovlar Vatan himoyachilari kuni bilan qizgʻin qutlab, yuqori natijalarga erishishini tiladilar.

Bellashuvlar oldidan sport maktabining gimnastika guruhi tarbiyalanuvchi qizlari va oʻzbek jang sanʼati guruhi tarbiyalanuvchi qizlari koʻrgazmali musiqiy chiqishlar qilib, yosh polvonlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdilar. Jangovor musiqalar yosh dzyudochilarga oʻzgacha shiddat, kuch bagʻishladi, oʻzlariga boʻlgan ishonchini yuksaltirdi.

Soʻngra musobaqalarga start berildi. 2009-2011 va 2012-yillarda tugʻilgan 100 nafarga yaqin yosh polvonlar birin-ketin sakkizta vazn toifasida gʻoliblik uchun bellashdilar. Polvonlar bahsini sport maktabi treneri, musobaqa bosh hakami Poʻlat Koʻmekov va Hakimjon Nurimbetovlar odilona baholab bordilar.

Murosasiz kechgan bahslarda bor kuch va salohiyatini, mahoratini gʻalaba qozonishga sarflagan Suhrob Farhodov, Xursand Oʻmirboyev, Doniyor Zarifboyev, Behruz Sultonov, Samandar Ozodov, Asadbek Xoshimov, Botir Xudoyberganov, Karomaddin Yoʻldoshevlar oʻz vazn toifasida gʻoliblikka erishdilar. Suhrob Arazboyev, Suhrob Rustamov, Adham Yusupov, Hidoyat Qurbonboyev, Abdujalol Qurbonboyev, Mirjalol Bozorboyev, Bunyod Bahodirov, Gʻulom Yangiboyevlar esa oʻz vazn toifalarida ikkinchi oʻrinlarni egalladilar.

Musobaqa gʻoliblari va ikkinchi, uchinchi oʻrinlarni yengib olgan yosh polvonlar tuman Mudofaa ishlari boʻlimi, Yoshlar agentligi tuman boʻlimi va sport maktabi maʼmuriyatining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

“Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqoni” shiori ostida oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha ochiq birinchilik musobaqalari ushbu sport turi bilash shugʻullanayotgan yosh polvonlarga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi, ularning milliy armiyamizga hurmat-ehtiromini yuksaltirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026