17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 22:27
Jamiyat 👁 298

“UCh AVLOD UChRAShUVI” TADBIRI OʻTKAZILDI

“UCh AVLOD UChRAShUVI” TADBIRI OʻTKAZILDI

Yurtimizda tinchlikni, osoyishtalikni mustahkamlash, aholi farovonligini, turmushi sifatini oshirish, ularning oʻz hayotlaridan rozi boʻlib yashashlariga erishish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa keksalarni eʼzozlash, ularning yurtimiz taraqqiyotiga qoʻshgan hissalarini munosib eʼtirof etish, mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasidan yosh avlod tarbiyasida unumli foydalanish borasida ibratli ishlar qilinayotir. Nuroniylar, mehnatda boshqalarga ibrat boʻlayotganlar va yosh avlod vakillarini jamlaydigan “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari ham shu maqsadga xizmat qiladi.

Anʼanaga aylanib borayotgan buningdek tadbirlarda yurtimizda inson omiliga yuksak eʼtibor berilayotgani, jamiyatimizning har bir aʼzosiga gʻamxoʻrlik, mehr-oqibat koʻrsatilayotgani, ularning orzu-niyatlari roʻyobga chiqishiga imkoniyat yaratilayotgani taʼkidlanmoqda, bugungidek osuda, farovon hayotning qadriga yetish lozimligi targʻib etilmoqda.

Shu yilning 16-yanvarida Mangʻit shahrining Beruniy nomli mahallasida ham “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirga mahalla hududida istiqomat qiluvchi mehnat faxriylari, turli sohalarda mehnat qilayotgan fuqarolar va faol yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirga tashrif buyurganlar mahalla fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosiga kirish qismida mahalla hunarmand yoshlarining mehnati mahsuli namunalarining koʻrgazmasi bilan tanishdilar. Shuningdek, mahalla fuqarolar yigʻini faoliyati, mahalla hayotiga doir fotosuratlar ham barchaning diqqatini oʻziga jalb etdi.

Aytish joizki, keyingi vaqtlarda ushbu mahalla hududida ham koʻpgina ijobiy oʻzgarishlar boʻldi. Jumladan 4 ta koʻchalarga asfalt yotqizilib, yoʻlakchalar qurildi. Tungi yoritgichlar qoʻyilib, odamlarning tungi vaqtlarda ham bemalol harakatlanishlariga sharoit yaratildi. Hududdagi 31-sonli maktabga oʻquvchilarning xavfsiz borib-kelishlarini taʼminlash maqsadida maktab oldidan oʻtgan ulkan yoʻlga belgilar qoʻyildi. Savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shohobchalari soni ortdi.

Tadbirda mahalla fuqarolar yigʻini raisi Murotboy Haybullayev bu haqda batafsil gapirdi.

Uch avlod uchrashuvida mahallada istiqomat qiluvchi mehnat faxriylari Ozod Tajimurodov, Mavlonbergan Tojiboyev, Shukurjon Xoʻjamurodova, Malika Davlatboyeva, Rayma Rajabova, Zulxumor Fayzullayeva, Dilorom Yoqubovalar yoshlarga oʻzlarining hayoti va mehnat faoliyati haqida gapirib berdilar. Yoshlarning kamol topishi uchun yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlash, ulardan unumli foydalanish lozimligini taʼkidladilar.

Shundan soʻng yurt tinchligi, taraqqiyoti, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi yoʻlida fidoyi mehnat qilgan va bugungi kunda ham mahalladagi madaniy-maʼrifiy tadbirlarda faol qatnashib kelayotgan faxriylarga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Nuroniylar oʻzlariga koʻrsatilgan eʼtibor uchun minnatdorchilik bildirdilar. Tadbirda yoshlar keksa avlod vakillarining yoshlik davrida koʻrgan qiyinchiliklari, zahmatli mehnat jarayoni va nuroniylik davrida hukumatimiz va yurtdoshlarimiz koʻrsatayotgan hurmat-ehtiromidan xursand ekanliklaridan ulkan ibrat olganliklarini taʼkidlashdi.

Uch avlod vakillarini birlashtirgan tadbir barchada ulkan taassurotlar qoldirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026