16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:36
Siyosat 👁 295

Oybek nomli mahallada tuman hokimining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Oybek nomli mahallada tuman hokimining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

18-yanvar kuni Amudaryo tumanining Oybek mahallasida tuman hokimining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov, hokim oʻrinbosari Mahmud Shermetov, mutasaddi tashkilot masʼullari hamda mahalladagi faol yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev mamlakatimizda unib-oʻsib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, isteʼdodlarini yuzaga chiqarish uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar xususida aytib oʻtdi. Shu bilan birga Amudaryo tumanida yakunlangan 2022-yil davomida yoshlarning bandligini taʼminlash, kasbga oʻqitish, ijtimoiy muammolarini tizimli hal qilish borasida olib borilgan ishlar sarhisob qilindi. 2023-yilga moʻljallangan rejalar xususida ham yoshlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Mahalladagi hokim yordamchisi Mahmud Saparbayev aholi orasida xatlov jarayonlari olib borilayotganligini, bu jarayonda har bir fuqaroning xonadonida boʻlib, ular bilan birma-bir suhbat olib borilayoganligini taʼkidladi. Ahamiyatlisi, xatlov jarayonlarida yoshlarning aksariyati tadbirkorlik qilish istagi borligini bildirib, yoʻl-yoʻriq va koʻrsatmalar soʻrayotganligini aytib oʻtdi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi Quvvat Esamuradov esa yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular oʻrtasida sportni ommalashtirish, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shundan soʻng, yoshlardan Surayyo Yoʻldasheva oliy taʼlim muassasasida kontrakt asosida taʼlim olayotganligini bildirib, kontrakt toʻlovining 50 foizi qoplab berilishida tuman hokimidan amaliy yordam soʻradi.

Shuningdek, yoshlardan Baxadir Sobirov oilaviy sharoiti haqida maʼlum qilib, muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun shartnoma badalini qoplab berishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi.

Bahoroy Saʼdullayeva esa oliy taʼlim muassasasiga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinganligini, ammo oilaviy sharoiti sabab toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirishga qiynalayoganligini bildirib tuman hokimiga yordam soʻrab murojaat qildi.

Murojaatlar yuzasidan tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berib, ijrosini oʻz nazoratiga oldi.

 Aytish kerakki, tuman hokimining yoshlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlarida yoshlar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar imkon qadar ijobiy hal qilinmoqda.

Tuman hokimining yoshlar bilan bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlarining birida yoshlardan Shokir Hayitbayev va Asaloy Matqurbanovalar tuman hokimiga oʻz muammolarini aytib, murojaat qilishgan edi. Oybek mahallasida boʻlib oʻtgan mazkur uchrashuvda Shokir Hayitbayev haydovchilik guvohnomasini olishda amaliy yordam berliganini, Asaloy Matqurbanova esa oʻqishining kontrakt toʻlovi qoplab berilganligini va murojaati ijobiy hal boʻlganligini aytib, tuman hokimiga minnatdorlik bildirishdi.

Uchrashuvda mahallaning faol yoshlaridan Tursunboy Rahimov soʻzga chiqib, tumanda sport sohasini rivojlantirish, sportchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligini va buning natijasida tuman yoshlari katta gʻalabalarga erishayotganligini aytib oʻtdi. Jumladan, Tursunboy Rahimovning oʻzi ham “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallaganligini, bunga sabab esa yoshlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar ekanligini taʼkidlab, tuman hokimiga minnatdorchilik bildirdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019