16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:17
Siyosat 👁 451

Tuman Kengashi deputatalari, kotibiyat mudirlari hamda fuqarolar yigʻinlari raislarining bilimlarini oshirishga bagʻishlangan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi

Tuman Kengashi deputatalari, kotibiyat mudirlari hamda fuqarolar yigʻinlari raislarining bilimlarini oshirishga bagʻishlangan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi

26-yanvar kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, ommaviy axborot vositalari ishtirokida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

Oʻquv seminarni tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev ochdi va olib bordi. Seminardan koʻzlangan maqsad, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabr kungi Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatining mazmun-mohiyatini tushuntirish shuningdek, deputatlarning qonuniy xuquqi va majburiyati, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashish metodlari, fuqarolar yigʻinlari raislarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashish jarayonida ahamiyat qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni yanada mustahkamlashdan iboratdir.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabr kungi Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi ijroiy qoʻmitasi devonining deputatlar, deputatlik birlashmalari va boshlangʻich partiya tashkilotlari bilan ishlash boʻlim boshligʻi Majid Mirzambetov maʼruza qildi.

U oʻz nutqida muhtaram Prezidentimiz Murojaatnomada oltita yoʻnalishda amalga oshirish zarur boʻlgan eng muhim islohotlarni ilgari surganligini bularning barchasi Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot yoʻlida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Shuningdek, 2023-yildan maktab taʼlimini xalqaro taʼlim dasturlari asosida butunlay isloh qilish kelasi besh yilda ularning soni bir mingtaga yetkazilishi ishonchli kelajak, yosh avlodning porloq hayoti uchun tikilgan investitsiya ekanligini aytib oʻtdi.

Yigʻilishda deputatlarning qonuniy xuquqi va majburiyatlari yuzasidan Kengash ijroiy qoʻmitasi devoni mafkuraviy va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha bosh mutaxassis Muxamedali Tursinbayev maʼruza qildi.

Qayd etib oʻtilganidek, deputat oʻz faoliyatida jamiyatda umumiy qabul qilingan odob-axloq printsiplariga qatʼiy rioya etishi, fuqarolarning, mansabdor shaxslarning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmatini yoki ishchanlik obroʻsini hurmat qilishi, shuningdek deputat nomiga dogʻ tushiradigan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi nufuziga, umuman davlat manfaatlariga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan oʻzini tiyishi lozim.

Undan tashqari, deputat oʻz vazifalarini vijdonan va halol bajarishi, oʻz malakasini yuqori darajada tutib turishi, oʻzining nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini takomillashtirib borishi kerak.

Seminarda deputatlarning ommaviy axborot vositalari bilan ishlashish metodlari yuzasidan Kengash raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Mirzaxmet Tajimuratov maʼruza qildi.

Taʼkidlanganidek, deputat ommaviy axborot vositalarida, matbuot konferentsiyalarida, boshqa jamoat tadbirlaridagi chiqishlarida, omma oldidagi bayonotlarida davlat organlari va boshqa organlarning, tashkilotlarning, mansabdor shaxslarning va fuqarolarning faoliyatini sharhlaganda oʻz nutqida ularning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan qoʻpol, haqoratomuz ibora va soʻzlarni qoʻllashga, asossiz ayblovlarga yoʻl qoʻyishga, bila turib yolgʻon va notoʻgʻri axborotdan foydalanishga, qonunga xilof xatti-harakatlarga daʼvat etishga haqli emas.

Seminar davomida fuqarolar yigʻinlarining aholi murojaatlari bilan ishlash tartibi haqida ham soʻz yuritildi. Mazkur masala yuzasidan tuman Adliya boʻlimi xodimi Jurʼat Avezov maʼruza qilib, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini toʻliq taʼminlash lozim ekanligini qayd etib oʻtdi.

Seminarda tuman hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi yetakchi mutaxassisi Azat Almuratov Fuqarolar yigʻinlarining ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash yoʻnalishida amalga oshirilishi lozim boʻlgan tartib va qoidalar bilan barchani yaqindan tanishtirib oʻtdi.

Oʻquv-seminar davomida deputatlar hamda mahalla raislarining siyosiy bilimlari yanada oshirildi. Ishtirokchilar seminar tashkilotchilariga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishlicha javoblar olishdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026