16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:46
Fan va taʼlim 👁 415

“Besh tashabbus – yoshlarga qanot” loyihasi doirasida oʻtkazilgan insholar tanlovi gʻoliblari ragʻbatlantirildi

“Besh tashabbus – yoshlarga qanot” loyihasi doirasida oʻtkazilgan insholar tanlovi gʻoliblari ragʻbatlantirildi

Prezidentimiz tomonidan yoshlar hayotiga keng joriy etilgan besh muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, oʻz qobiliyatlarini amalda namoyon etishlari uchun ulkan imkon eshiklarini ochib berganligi blian muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada “Mening oilam” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga molik.

Tahririyat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash” mavzusidagi tanlovning “Nogiron yoshlar orasida besh tashabbus tamoyillarini keng joriy etish, ularni ijtimoiy-maʼnaviy yuksaltirish” yoʻnalishida “Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot” loyihasi bilan ishtirok etib, mazkur fondning grant sohibi boʻlgan edi.

Gazeta tahririyati tomonidan besh muhim tashabbus doirasida oʻquv muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, unda nogironligi boʻlgan oʻquvchi-yoshlarning faol ishtiroki taʼminlanmoqda.

Joriy yilning yanvar oyi davomida birinchi tashabbus doirasida nogironligi boʻlgan yoshlarning adabiyotga boʻlgan qiziqishini oshirish va isteʼdodlarini yuzaga chiqarish maqsadida “Men oʻqigan asar qahramoni” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi. Insholar tanlovida Amudaryo tuman Xalq taʼlimi  boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarining nogironligi boʻlgan, uyda taʼlim olayotgan 20 nafarga yaqin oʻquvchi-yoshlari ishtirok etishdi.

“Besh tashabbus – yoshlarga qanot” loyihasi doirasidagi insholar tanlovini oʻtkazuvchi hakamlar hayʼati aʼzolarining xulosasiga koʻra, 20-sonli maktab oʻquvchisi Sanʼatbek Rajabov qiyinchiliklarga sabr-bardoshli boʻlishga undovchi fikrlari uchun 1-oʻringa munosib koʻrildi. 65-sonli maktab oʻquvchisi Sevara Safarboyeva yozgan insho xalq ogʻzaki ijodiga cheksiz mehri uchun hamda 13-sonli umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Sevara Xolboyeva ona yurtga muhabbat tuygʻusi ulugʻlangan asar qahramonining  fazilatlarini keng yoritgani uchun 2-oʻringa, 42-sonli maktab oʻquvchisi Kumushoy Quvvatova A.Navoiy dahosiga mehr tuygʻusi uchun, 5-sonli maktab oʻquvchisi Bunyodbek Tojiboyev, 2-sonli maktab oʻquvchisi Xursand Sobirov yozgan insholar esa yovuzlikka nafrat, yaxshilik va ezgulikni ulugʻlash toʻgʻrisidagi fikrlari bilan madaniyatli kitobxon yoʻnalishida 3-oʻringa munosib koʻrildi.

Shuningdek,50-sonli maktab oʻquvchisi Gulnoza Yursinova, 32-sonli maktab oʻquvchisi Zafar Primbetov, 42-sonli maktab oʻquvchisi Ogʻabek Toʻraboyev, 10-sonli maktabdan Tursunoy Murodova, Shahzoda Bozorboyeva, 2-sonli  maktabdan Alibek Bekchanov, 11-sonli maktabdan Oxunjon Gulmirzayev, 11-sonli maktabdan Sohiba Hayitboyeva, Jasurbek Yoʻldoshev, Asadbek Baxtovlar yozgan insholar toʻgʻrilik va rostgoʻylik, tabiatga, hayvonot dunyosiga  mehr tuygʻulari ulugʻlangan insholar sifatida eʼtirof etildi.

Barcha yoʻnalishlar boʻyicha gʻoliblar “Mening oilam” gazetasi tahririyati tomonidan ragʻbatlantirilib, sovgʻalar taqdim etildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019