16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:29
Fan va taʼlim 👁 300

“Tabiat va biz” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi

“Tabiat va biz” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi

Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan “Mahallalarda obodlikni taʼminlash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, aholining tibbiy va ekologik madaniyatini oshirish” mavzusida eʼlon qilingan davlat granti tanlovida “Obod mahallam” nomli loyihasi bilan qatnashib, gʻolib boʻlgan edi.

Loyihaning maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga hissa qoʻshish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan hamkorlikda jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishdan iborat. Shuningdek, aholining ekologiyaga oid bilimlarini yanada kengaytirish maqsadida uchrashuvlar, davra suhbatlari, tanlovlar tashkil qilish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, atrof-muhit muhofazasiga hissa qoʻshish ham grant loyihasining maqsadlari qatoriga kiradi.

Bu boradagi tadbirlar, amaliy ishlar, uchrashuvlar va turli mavzulardagi insholar tanlovlari loyihaning ish rejasiga asosan oʻz vaqtida oʻtkazib kelinmoqda.

Tumandagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida aholi, ayniqsa yoshlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, tabiiy resurslarni tejashga daʼvat qilish, ularning ekologiyaga oid bilimlarini oshirish maqsadida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda Mangʻit shahri va shahar atrofidagi hududlarda joylashgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Tabiat va biz” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovda 42 nafar yosh moʻyqalam tutgan iqtidorli maktab oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Tanlovning ochilish marosimida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasi boshligʻi Bahodir Boltaboyev, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti raisi Oʻrozali Reyimov, “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabova, mazkur tanlov hakamlar jamoasi raisi, 69-sonli maktabning tasviriy sanʼat fani oʻqituvchisi Malohat Boltaboyevalar soʻzga chiqib, tanlovning maqsadi hamda yosh rassomlar oldiga qoʻyiladigan talablar haqida gapirdilar.

Boʻlib oʻtgan mazkur tanlov tumanimizda kelajagi umidli yosh rassomlarning koʻp ekanligini yana bir bor namoyon qildi.

6-fevral kuni Amudaryo tumani Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida mazkur tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Malohat Boltaboyeva, Sarvar Nurullayev, Manzura Ashirboyevalardan iborat hakamlar hayʼati xulosasiga koʻra gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Hakamlar xulosasiga koʻra 40-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Zafarjon Bahromboyev 1-, 1-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Maftuna Nurimbetova 2-, 57-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Otabek Norboyev 3-oʻrinni egallashdi.

56-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Dilshodbek Bozorboyev “Eng yaxshi qishloq tasviri”, 40-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Quvonchbek Toirov “Kompozitsion tasvir uchun”, 31-sonli maktabning 6-sinf oʻquvchisi Charosoy Jumaniyazova “Bunyodkorlik gʻoyasi uchun” 27-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Asaloy Chorshamova “Eng yaxshi tabiatni asrash mavzusi uchun”, 30-sonli maktabning 7-sinf oʻquvchisi Dilrabo Ikramova “Goʻzal tabiat tasviri uchun”, 42-sonli maktabning 6-sinf oʻquvchisi Kumushoy Hayitboyeva “Eng yorqin tabiat tasviri uchun” nominatsiyalarida gʻolib deb topildilar.

Gʻolib va sovrindorlarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovgʻalar va “Faxriy yorliq”lar topshirildi.

Oʻrozali Reimov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026