16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:12
Salomatlik 👁 471

QUTURISh KASALLIGINING OLDINI OLISh BOʻYIChA MAXSUS OʻQUV-TAKTIK MAShQI OʻTKAZILDI

QUTURISh KASALLIGINING OLDINI OLISh BOʻYIChA MAXSUS OʻQUV-TAKTIK MAShQI OʻTKAZILDI

Amudaryoda “Odamlar va hayvonlar oʻrtasida quturish kasalligi tarqalishining oldini olish tadbirlarida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish davlat quyi tizimi Amudaryo tumani boʻgʻinining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.

15-fevral kuni Kuyuk koʻpir ovuli hududida boʻlib oʻtgan ushbu maxsus-taktik oʻquv mashqiga jami 130 ta shaxsiy tarkib va 6 ta texnika jalb qilindi. Mashgʻulot davomida hududda quturish kasalligiga doir favqulodda vaziyat sodir boʻlganida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish davlat quyi tizimi Amudaryo tumani boʻgʻinining hamkorlikdagi harakatlari amaliy koʻrsatib berildi.

Maxsus-taktik oʻquv mashqi 4 ta bosqichda oʻtkazildi. Birinchi bosqichda ovuldagi 19-sonli maktab binosi oldida tegishli xizmatlarning saf koʻrigi tashkil etildi. Dastlab tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boʻlinma boshligʻi, kapitan Bekzod Tajiboyev tegishli Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish davlat quyi tizimi Amudaryo tumani boʻgʻini tomonidan aholi oʻrtasida quturish kasalligi tarqalishining oldini olish va bartaraf qilish boʻyicha kerakli kuch va vositalarning shayligini koʻrikdan oʻtkazdi. Har bir xizmat tomonidan oʻz funktsional vazifalaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

Ikkinchi bosqichda maktab binosining majlislar zalida koʻrgazmali oʻquv seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Salamat Berdekeyev “Aholi oʻrtasida quturish kasalligi tarqalishi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi, ularning oldini olish va bartaraf etishda Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimining ahamiyati” mavzusida maʼruza qildi.

Tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi shifokori Durbek Bobojonov “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida quturish kasalligining epidemiologiyasi, etiologiyasi hamda bu borada olib borilayotgan profilaktik tadbirlar” mavzusida maʼruza qilib, tushuntirishlar berdi.

Tuman Tibbiyot birlashmasi Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi radiolog shifokori Soliy Xolimbetov “Quturish kasalligi patogenezi, klinikasi, davolash va profilaktika usullari” mavzusida soʻz yuritdi. Tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimining Kuyuk koʻpir ovulidagi boʻlinmasi mudiri Sanjar Rajabov esa “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida quturish kasalligi boʻyicha mavjud epizootik vaziyat hamda uning oldini olish borasida olib borilayotgan epizootiyaga qarshi tadbirlar” mavzularida maʼruzalar qildi.

Mashgʻulotning uchinchi bosqichida quturish kasalligiga gumon qilingan bemor aniqlanganda Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tuzilmasi xizmatlari tomonidan bajariladigan harakatlar amalda koʻrsatib berildi. Tibbiyot birlashmasida yuqumli kasalliklar shifokori kasallikka gumon qilingan fuqaroni qabul qilib, quturish kasalligiga xos belgilarini aniqladi va bemorga tegishli tibbiy muolajalar qildi. Shundan soʻng, xabarlash tizimiga muvofiq ushbu holat yuzasidan axborot berdi.

Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi epidemiolog-shifokori bemor jabrlangan hududda epidemiologik anamnez yigʻdi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari tomonidan bemorga jabr keltirgan hayvon va ushbu hududda saqlanayotgan boshqa uy hayvonlari veterinar tekshiruvidan oʻtkazildi va 10 kunga nazoratga olindi. Shuningdek, bemorga jabr keltirgan hayvonda quturish kasalligi tashxisini qoʻyilganidan soʻng, Obodonlashtirish boshqarmasidan qarovsiz hayvonlarni tutish brigadasi xodimlarining hayvonni ushlashi va nazorat joyiga yetkazishi amalda koʻrsatib berildi.

Soʻnggi bosqichda oʻquv mashgʻulotining yakuni boʻyicha Kuyuk koʻpir ovul fuqarolar yigʻini binosi majlislar zalida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda ishtirokchilarning kamchiliklari koʻrsatilib, kelgusida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik kerakligi tushuntirildi hamda takliflar tinglanib, fikr-mulohaza almashildi.

H.Matyakubov, tuman FVB boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026