16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:35
Qishloq xoʻjaligi 👁 495

Intensiv bogʻlarni yanada koʻpaytirish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi

Intensiv bogʻlarni yanada koʻpaytirish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi

Keyingi yillarda mamlakatimizda yangi bogʻlar tashkil etishda intensiv, tez hosilga kiruvchi pakana va yarim pakana payvandtaglarga ulangan mevali daraxt koʻchatlari ekilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Amudaryo tumanida jami 971,7 gektar maydonda mevali bogʻlar mavjud boʻlib, shundan 563,3 gektar maydondagisi oldindan mavjud bogʻlardir. Soʻnggi yillarda fermer xoʻjaliklari va aholi tomonidan bogʻ yaratish ishlari yuqori surʼatda oʻsishi natijasida tumanning 408,4 gektar maydonida yangi bogʻlar tashkil etilishiga erishildi. Galdagi vazifa – mahalliy bogʻlardan intensiv bogʻ yaratishga oʻtishdir.

16-fevral kuni tuman hokimligining majlislar zalida boʻlib oʻtgan seminar ham ayni shu masalaga bagʻishlandi.

Seminarda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman hokimining qishloq va suv hoʻjaligi masalalari boʻyichi oʻrinbosari Murod Yerjanov, “BENE FRUITS” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Aydin Lal, jamiyatning ish boshqaruvchisi Azamat Qurbonov hamda tuman Fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari Kengashi aʼzolari hamda bogʻdorchilik bilan shugʻullanuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Seminarda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev intensiv bogʻlarning sonini koʻpaytirish lozimligini, mazkur turdagi bogʻlarning afzalligini yigʻilganlarga batafsil tushuntirib oʻtdi.

Tuman hokimi oʻrinbosari Murod Yerjanov joriy 2023-yilning bahor-kuz oylarida fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalarida jami 200 gektar maydonlarga mevali bogʻ hamda 20 gektar maydonda yangidan uzumzorlar tashkil etish maqsadida 167 ming dona mevali va 24,5 ming dona uzum koʻchatlarini ekish rejalashtirilganligini aytib oʻtdi.

Shundan soʻng, Xorazm viloyatidagi “BENE FRUITS” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Aydin Lal invintro laboratoriyalarida yetishtirilayotgan intensiv koʻchatlarni tanlash va ekish boʻyicha bogʻbonlar hamda fermerlarga tafsiyalar berib oʻtdi.

Qayd etib oʻtilganidek, intensiv bogʻlarda daraxtlarning tanasi kichik boʻlganligi uchun ular bilan ishlash juda qulay. Yaʼni, ularni sugʻorish, kesish, shakl berish, mevalarini terish bogʻbonga aslo qiyinchilik tugʻdirmaydi. Yana bunday bogʻlarda daraxt tanasiga yorugʻlik tushishi, havo aylanishi yaxshi boʻlganligi uchun mevasining sifati yuqori boʻladi.

Taʼkidlanganidek, oddiy olmali bogʻning bir gektaridan 10-20 tonnagacha hosil yetishtirish mumkin. Pakana va yarim pakana daraxtlardan esa 50-80 tonnagacha hosil olsa boʻladi. Intensiv bogʻlarda asosan olma koʻchatlari ekilishining boisi olma daraxtining koʻchatlari tez hosilga kiradi, gektariga koʻchat soni qalin ekilishi sababli hosildorlik yuqori boʻladi. Bunda ekilayotgan olma navlari payvandtagga payvand qilinib, koʻchatzorlarda koʻpaytirilib, ekiladi.

Intensiv mevali bogʻlarda ekilayotgan olma koʻchatlarining asosiy navlari Davlat reyestriga kiritilgan “Golden”, “Delishes”, “Starkrimson”, “Renet”, Simirenko” va boshqalardir.

Shu oʻrinda aytish lozimki, intensiv bogʻlar koʻpayib, hosildorligi yildan-yilga ortib borayotgani aholini yil davomida sarxil mevalar bilan taʼminlash imkonini beradi. Qolaversa, tadbirkorlar va fermerlar mevani qayta ishlab, ulardan sharbatlar, murabbolar tayyorlab, xalqimiz dasturxoniga yetkazib bermoqda.

Yunusbek Otajonov, tuman bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi rahbari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019