16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:48
Jamiyat 👁 124

Imkoniyati cheklangan, ammo intilishi cheksiz…

Imkoniyati cheklangan, ammo intilishi cheksiz…

Atrofimizda shunday insonlar borki, ularning harakatlari, intilishlari, nogironligi bor boʻlsalar-da, amalga oshirayotgan ezgu ishlari va hayotda erishayotgan yutuqlarini koʻrib, beixtiyor ularni toʻrt muchasi sogʻ insonlar bilan solishtiramiz. Axir oʻzlari sogʻlom, bardam-baquvvat boʻlaturib, qaysidir moddiy ehtiyojini qondirish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari idoralariga ijtimoiy yordam soʻrab, tinimsiz murojaat qiluvchilar kammi? Afsuski, shundaylarning koʻpchiligi ayrim imkoniyati cheklangan insonlarning qalblarida kechadigan hayotga nisbatan joʻshqin tuygʻularni idrok eta olmaydilar.

Taqdirini oʻz qoʻllari, sabr-matonati bilan yaratayotgan, ezgu intilishlari bilan jamiyatda oʻz oʻrnini topayotgan bunday insonlar koʻp.

Amudaryo tumanining Chordara mahallasida istiqomat qiluvchi Nilufar Xoʻjaniyozova ham mana shunday insonlardan biri. Beshovul mahallasidan Mangʻit shahriga kelin boʻlib tushgan Nilufar qaynonasining betobligi sabab onasini koʻrishga 3-4 oylab borolmaydi. Kunlarning birida unga onasining olamdan oʻtgani haqida xabar beradilar. Bunday ogʻir judolikni koʻtarolmagan Nilufar bir kechada insult boʻlib qoladi. Ertalab uyqudan uygʻonganida uning bir qoʻli va bir oyogʻi ishlamayotgandi...

U 2-yil davomida toʻshakka mixlanib qoldi. Bu orada farzandlar ham ancha ulgʻayib qolishdi. Nilufarning turmush oʻrtogʻi va farzandlari uning tezroq oyoqqa turib ketishini tilashar, onasi uchun barcha zaruriy muolajalarni vaqtida qilib borishardi. Kunlarning birida Nilufar nihoyat oyoqqa turdi. U endi farzandlari, turmush oʻrtogʻi uchun oʻzini qoʻlga olishi kerakligini, sinovlarni yengib olgʻa intilish zarurligini tushunib yetdi.

3-sinflik paytidan toʻqish sirlarini oʻrgangani yillar oʻtib unga najot boʻlishini hayoliga ham keltirmagandi. Kun davomida turmush oʻrtogʻi ishda, farzandlari maktabda boʻlgani uchun u ip-kalavalardan turli buyumlar, nimcha va poyabzallar toʻqish bilan ovundi.

Kunlar oʻtgani sayin uning mijozlari koʻpayib, toʻqilgan poyabzallar uchun buyurtmalar kela boshladi. Nilufar bir kunda kamida 3 ta poyabzal tayyorladi. Ularning har birini oʻlchamlariga qarab 120-180 ming soʻmdan sota boshladi. Tayyorlangan poyabzallar bozornikidan aslo qolishmasdi.

Nilufar hozir II guruh nogironi. Ammo, u shu kunga qadar biron marta davlat idoralariga moddiy yordam, yoki dori-darmon soʻrab murojaat qilgani yoʻq. Uning yagona istagi – farzandlarining, turmush oʻrtogʻining sogʻ-salomat yurishi hamda mana shunday kichik biznesini kelajakda yanada kengaytirib shogirdlar yetishtirishdir. U bu niyatiga yerishishi uchun mehnatdan aslo qochmaydi. Hassatayoqda yurib boʻlsa ham, aslo tinib-tinchimaydi.

Shu oʻrinda savol tugʻiladi: oramizda oʻttiz ikki muchasi sogʻ boʻla turib, biron bir tayinli kasb-hunarning etagini ushlamagan, vaqt deb atalmish bebaho neʼmatni foydasiz ishlarga sarflab yuruvchilar baxt tushunchasini qanday tasavvur qilar ekan?

Nilufar uchun haqiqiy baxt bu − farzandlarining, turmush oʻrtogʻining sogʻ-salomatligi, oilasining tinchligidir.

Atrofimizga nazar tashlasak, kimdir uyning tomi past ekanligidan, kimdir mashinasi eskiligidan, yana kimdir kechki bazmlarga kiyishga yangi kiyim sotib ololmaganidan noliydi. Bu bilan inson boriga koʻnib, kunim oʻtsa boʻldi deb yashashi lozim demoqchimasmiz, albatta. Dono xalqimiz: “Harakatda barakat” deb bekorga aytishmagan.

Eng muhimi, olamda barcha mavjudodlarning toji boʻlmish insonga iymon, aql-zako, qobiliyat kabi neʼmatlar berilgan ekan, ulardan toʻgʻri foydalanmogʻimiz lozimdir.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019