16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:09
Adabiyot 👁 267

AMU ELIDAGI ZULFIYaXONIM IZDOShI

AMU ELIDAGI ZULFIYaXONIM IZDOShI

Prezidentimizning 2023-yil 6-mart kungi qaroriga koʻra tumanimizdagi 35-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Samandarova Barno Tozaboy qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Mashaqqatli ijod maydoniga ilk qadam qoʻyayotgan murgʻak koʻngilli shoir-u shoiralarning koʻngil kechinmalariga oshno inson sifatida mamnuniyat bilan ayta olamanki, Amudaryoday joʻshqin tabiatli aziz xalqim orasida nozik didli, oʻtkir salohiyatli, bilimdon, sheʼriyatga ixlos va hurmati baland yoshlar bisyor. Barnoxon Samandarova ana shunday navnihol, pokiza dil, salohiyatli yoshlardan biri. U ilk sheʼrini tahririyatga olib kelganida 10 yashar qizaloq edi. Shunchaki havaskor boʻlib tuyulgan bu qizaloq oʻqib-oʻrganishdan, izlanishdan aslo charchamaydigan, bilmaganini soʻrashdan aslo toʻxtamaydigan oʻta tirishqoqligi bilan mehrimni qozondi.

U shunchaki qogʻoz qoralamasdi, hayotni, turfa xulq-atvorli odamlarni kuzatish, dunyoqarashini boyitish orqali ijodda oʻz uslubiga ega boʻlish uchun intildi. Ana shu intilishlari Barnoxonga mohiyatan goʻzal tuygʻular ato etdi, fikri teranlashdi, ijod mashaqqatini zimmasiga olib, bu mashaqqatlardan zavqlangan sari yangi-yangi, biri-biridan goʻzal sheʼrlar ijod etdi.

Biz Barnoxon bilan har bitta soʻz, har bir satr sheʼr qadrini oshirish yoʻlida birga izlandik. Har gal sheʼrlar toʻla daftarlarini koʻtarib tahririyatga kelganida sheʼriy talablar, ijodkorlik masʼuliyati, soʻz yukini chin yurakdan his etish borasida jiddiy mashgʻulotlar oʻtkazdik. “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati,  “Jayxun ilhomlari” NNT Barnoxonning haqiqiy ijod uyiga, ijodiy jamoa esa uning fidoyi oʻqituvchilariga aylandi.

U nafaqat Amudaryo tumani, balki Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm  viloyati miqyosida oʻz ijodi, hatto jamoatchilik faoliyati bilan tanildi. U xalqaro bolalar UNICEF tashkilotining U-Report yoʻnalishi boʻyicha reportyori sifatida yoshlarni turli oqimlardan himoya qilishga qaratilgan, ijtimoiy faollikka daʼvat etuvchi maʼruzalar oʻqidi. Oʻzi taʼlim olayotgan 35-sonli maktabda esa tengdoshlariga oʻrnak, namunali lider oʻquvchiga aylandi.

U Vatanga munosib farzand, ijodda Zulfiyaxonimning sodiq izdoshi boʻlishdek ezgu orzu ogʻushida yashadi va maʼnaviyat boʻstoniga bir azim daraxtdek ildiz qoʻyishga intildi. Ana shu  ezgu orzusi yoʻlida jurʼat bilan amudaryolik ijodkor qizlar qatori “Zulfiya qizlari” koʻrik-tanlovining tuman va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Barnoxon Samandarovaning nomzodi Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga loyiq koʻrilgani haqidagi Prezident Farmoni barchaga xushnudlik baxsh etdi.

Barnoxon Samandarova oʻz ijodi bilan  el-yurt, ustozlari ishonchini oqladi va men bundan cheksiz quvonchdaman.

Barnoxon qizimga, Amu elining birinchi Zulfiyaxonim qiziga ijodiy parvozlar tilayman. Mukofot muborak boʻlsin, shoira qizim!

Robiya YOʻLDOShEVA, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019