16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 14:56
Siyosat 👁 218

Amudaryo tuman hokimi Cultonboy Yoʻldashevning 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan barcha ayol-qizlarga tabrigi

Amudaryo tuman hokimi Cultonboy Yoʻldashevning 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan barcha ayol-qizlarga tabrigi

Aziz ayollar! Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!

Avvalo, Siz azizlarni, sizlar orqali barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni ezgulik va goʻzallik bayrami – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tuman hokimligi nomidan va oʻz nomimdan samimiy tabriklayman!

Insoniyat paydo boʻlganidan beri ayol zotiga oʻzgacha hurmat-ehtirom koʻrsatilib, uning nafosati, sadoqati, aql-zakovati hamda fidoyiligi yuksak qadrlanib keladi. Barcha davrlar va zamonlarda ham jamiki xalqlar va millatlar ayolni ulugʻlab keladi. Oila va jamiyatning ustuni, xonadonimizning fayzi va farishtasi boʻlgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish xalqimizning azaliy qadriyatiga aylangan. Chunki ayol bilan hayot goʻzal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

Shu sababli ham yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalar mustahkamligini taʼminlash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Konstitutsiya va qonunlarimizda ham ayollarning oʻrni va nufuzi alohida mustahkamlab qoʻyilgan. Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan inson qadrini ulugʻlash, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlashdek ezgu ishlardan ham ayol-qizlarimizni hayotdan rozi qilishdek olijanob maqsadlar koʻzlangan.

Ayniqsa, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” kabi ijtimoiy loyihalar doirasida millionlab ayol-qizlarimizning turmush sharoitlarini yaxshilash yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar eʼtirofga munosibdir. Birgina 2022-yilda tumanimizda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 3 803 nafar xotin-qizlarga yordamlar koʻrsatildi. 87 nafar xotin-qizlarning uy-joylari homiylik hisobidan taʼmirlab berildi. Boquvchisini yoʻqotgan, yashash sharoiti ogʻir deb topilgan 56 nafar xotin-qizlarning ijara pullari uchun kompensatsiya ajratildi.

“Ayollar daftari” jamgʻarmasidan yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan 16 nafar, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan oilaviy sharoitlari ogʻir boʻlgan 142 nafar xotin-qizlarning kontrakt pullari toʻlab berildi. Tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi tavsiyasi asosida 11 nafar xotin-qizlar Oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi.

Bilib-bilmay jinoyat yoʻliga kirib qolgan 3 nafar xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar boʻlimining kafilligi asosida qamoq jazosidan saqlab qolindi va sogʻlom turmush tarziga qaytarildi. Bu kabi yuzlab misollar mamlakatimizda ayol-qizlarga berilayotgan eʼtiborning yorqin ifodasidir. Ushbu yoʻnalishdagi ishlar “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deya nomlangan joriy yilda ham uzluksiz davom ettiriladi.

Hurmatli onaxonlar, opa-singillar, munis ayollar!

Bugun barcha sohalarda ilgʻor va jonkuyar ayollarimiz oʻzlarning bor kuch-gʻayrati bilan davlat ravnaqi va xalq farovonligiga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar. Iqtisodiy yoki ijtimoiy yoʻnalishdagi qaysi sohani olib qaramaylik, oʻz kasbining haqiqiy egasi, oʻz ishining bilimdoni boʻlgan faol ayollarni uchratishimiz mumkin.

Nuroniy momolarimizning pand-nasihatlarini, taʼlim-tarbiyasini olgan oqila va intiluvchan qizlarimiz esa ilm-fan choʻqqilarini egallab, sportda, madaniyat va sanʼatda ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritmoqdalar.

Kechagina ana shunday iqtidorli qizlarimizdan biri yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlanib, butun amudaryoliklarning quvonchiga sababchi boʻldi. Prezidentimizning 6-mart kungi qaroriga koʻra tumanimizdagi 35-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Samandarova Barno Tozaboy qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Oʻzining iqtidori, izlanuvchanligi, muhim gʻoya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yurtimiz yoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan Zulfiyaxonim izdoshlari qatoridan Amudaryo tumanining chekka ovulida tugʻilib oʻsgan Barno Samandarovadek hamyurtimizning ham joy olgani barchamizga gʻurur va faxr-iftixor bagʻishlaydi.

Fursatdan foydalanib, Barno Samandarovaning ota-onasi va yaqinlarini, oʻqituvchilari, ustoz va murabbiylarini farzandi va shogirdining ushbu yuksak davlat mukofotiga sazovor boʻlgani bilan chin qalbimdan tabriklayman! Barno kabi iqtidorli va intiluvchan qizlarimiz safi koʻpayaversin!

Muhtarama ayollar, qadrli opa-singillar!

Bugungi qutlugʻ sana – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan yana bir bora barchangizni tabriklab, Siz aziz va muhtarama ayol-qizlarimizga dunyodagi eng ezgu tilaklarni tilayman! Barchangizga oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilayman. Xalqimizning, davlatimizning, yaqinlaringizning gʻamxoʻrligi, mehru-muhabbati va ardogʻida yashash baxti Sizni hech qachon tark etmasin! Bayramingiz muborak boʻlsin, qadrli onaxonlar, aziz opa-singillar va dilbar qizlar!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026