16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:47
Fan va taʼlim 👁 154

67-sonli maktabda “Balli qizlar!” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

67-sonli maktabda “Balli qizlar!” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

Qiz bola nafaqat oilaning, balki elning ham koʻrki. Oilada qiz farzand dunyoga kelsa, shu boisdan ham odobli, aqlli, iymonli, tadbirli qilib voyaga yetkazishga harakat qilinadi. Xalqimizda qiz bolani eʼzozlash, uni kelgusi hayotga munosib tayyorlash uchun pazanda, orasta qilib tarbiyalashga alohida eʼtibor beriladi. Zero, qiz bor xonadon fayzi boʻlakcha boʻladi.

Asrlar osha yashab kelayotgan buningdek milliy urf-odatlarimiz, anʼana va qadriyatlarimizni yosh avlod qalbiga singdirishda, ularga hurmat ruhida tarbiyalashda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ham munosib oʻrni bor.

6-mart kuni Amudaryo tumanidagi 67-sonli maktabda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan “Balli, qizlar!” deb nomlangan tanlovda ham yuqori sinflar oʻquvchi-qizlarining bilimdonligi, pazandaligi, chaqqonligi sinovdan oʻtkazildi. Ishtirokchi qizlar bellashuvini maktabning tajribali muallimalari ziyraklik bilan kuzatib, odilona baholab bordilar.

Bellashuvda Nilufar Jumamurodova Marhabo Yoʻldosheva, Maftuna Hayitboyeva, Mashhura Murodboyevalar milliy liboslarda sahnaga chiqib, oʻzlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etdilar. Goh sheʼriy misralar, goh taʼsirli soʻzlar orqali oilasi, oʻzi, qiziqishlari va kelajakdagi orzulari haqidagi maʼlumotlarni qiziqarli va ixcham tarzda bayon etgan qizlar ikkinchi shartda pazandaligi boʻyicha sinovdan oʻtkazildi. Bunda ularga yurtimiz zaminida yetishtirilgan turli sabzavotlar, koʻkatlardan bahoriy salat tayyorlash topshirildi. Qizlar biri-biridan xushtaʼm, mazali salatlar tayyorlashga intildilar. Ular uchinchi shartda bilimdonlik sinovidan oʻtdilar, savollarga tezkor javob berish ham ularga qiyinchilik tugʻdirmadi.

Navbatdagi bosqichda ishtirokchi qizlarning tafakkuri sinaldi, deyish mumkin. Ulardan boshlovchi boshini aytgan maqolning davomini aytishlari soʻraldi. Tomoshabinlar zukko qizlarning xalq ogʻzaki ijodining ajralmas qismi boʻlgan maqollarni aytishlarini qarsaklar bilan olqishlab turdilar. Bahru bayt aytishuvida esa ishtirokchilarning sheʼriyatga qanchalar qiziqishlari ayon boʻldi.

Oʻquvchi-qizlarning qiziqishlari boʻyicha erkin mavzuga navbat berilganda davrada sheʼr, qoʻshiq, raqslar ijro etildi.

Ishtirokchi qizlarning iqtidori 4 ta nominatsiya boʻyicha baholandi va ragʻbatlantirildi.

Oʻquvchi-qizlarni ushbu bellashuvga maktabning tajribali oʻqituvchisi Zulayho Bobojonova tayyorladi.

Shuni eʼtirof etish kerakki, taʼlim muassasalarida bunday bellashuvlarning oʻtkazib turilishi oʻquvchilarni oʻz ustida ishlashiga, izlanishiga ragʻbatlantiradi, dunyoqarashini kengaytiradi. Shu maʼnoda olib qarasak, mazkur tadbir ham juda ahamiyatli boʻldi, deyish mumkin.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019