16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:47
Fan va taʼlim 👁 150

36-SONLI MAKTABDA BAHOR BAYRAMLARIGA BAGʻIShLANGAN TADBIRLAR OʻTKAZILDI

36-SONLI MAKTABDA BAHOR BAYRAMLARIGA BAGʻIShLANGAN TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Oʻlkamizga bahor fasli kirib kelishi bilan yurtdoshlarimizda ham bayramona kayfiyat uygʻonib, turli tadbirlarni boshlab yuborishadi. Dastlabki kundan atoqli shoira Zulfiyaxonim tavalludi, shundan soʻng, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni, sumalak sayllari, Navroʻz bayramiga bagʻishlangan kechalar, shodiyonalar oʻtkaziladi.

Bahor bayramlari munosabati bilan 36-sonli maktabda ham katta tadbirlar tashkil etildi. Koʻklamning ilk kunidan shoira Zulfiyaxonim tavalludiga bagʻishlangan adabiy kecha oʻtkazilib, ehtirom koʻrsatildi. Kechada oʻquvchi-qizlar atoqli shoiraning sheʼrlaridan parchalar oʻqishdi, bahru-baytlar, mushoiralarda qatnashishdi va barchaga bahoriy kayfiyat, bayramona ruh bagʻishlashdi. Ayniqsa, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida maktabning boshlangʻich sinflari tomonidan tashkil etilgan musiqiy kechalar, sumalak sayllari yuqori saviyada oʻtkazilib, barchaga birdek shodiyonalar ulashildi.

Maktabning faollar zalida boshlangʻich sinflar oʻquvchilari dastlab “Ona – moʻʼtabar va ulugʻ zot” deb nomlangan katta musiqiy dasturni namoyish etdilar. Tadbirga maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Sarvar Qutlimurodov, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Vahobjon Davletov hamda boshlangʻich taʼlim va boshqa fanlar oʻqituvchilari, oʻquvchilar tashrif buyurishdi.

Soʻzga chiqqanlar maktabda faoliyat koʻrsatayotgan barcha ayollar va oʻquvchi-qizlarga oʻzining samimiy bayram tilaklarini izhor qilib oʻtdilar. Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayot va jamiyatimizni yuksaltiruvchi barcha sohalarda xotin-qizlar faoliyati muhim ahamiyat kasb etayotgani, ayollarimizga taʼlim-tarbiya hamda davlat boshqaruvida ham katta ishonch bildirilayotganini, qizlar orasidan Toʻmaris va Barchinoylar, Zulfiyaxonim izdoshlari yetishib chiqayotganini alohida taʼkidlashdi.

Shundan soʻng, maktabning boshlangʻich sinf oʻquvchilari, “Yosh jurnalistlar” toʻgaragi aʼzolari aʼzolari onani, ayolni, dilbar qizlarimizni ulugʻlovi sheʼr va qoʻshiqlar aytishdi. Milliy va xorazmcha navolarga dilrabo raqslar ijro etib, bayramga yanada fayz kiritishdi.

Bayram tadbirini maktabning boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi Saragul Yusupovaning 1-“A” sinfi oʻquvchilari oʻzlarining bayramona raqslari, onajonlarga bagʻishlangan sheʼrlari bilan davom ettirishdi. Gullar bilan chiroyli bezatilgan sahnada jajji oʻquvchilar ajoyib sheʼrlar aytib, bayramga tashrif buyurgan onalarini tabriklashdi va ularga guldastalar hadya etib, xushnud etishdi. Oʻquvchilar ijrosidagi “Tulpor”, “Onajonimga taʼzim” deb nomlangan qoʻshiq va raqslar, ona haqidagi sheʼrlar juda manzur boʻldi.

Shu kuni maktabning yuqori sinf oʻquvituvchi va oʻquvchilari tomonidan sumalak sayli ham tashkil etildi. Maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Umida Jumaniyozova boshchiligida boʻlib oʻtgan sayilda oʻqituvchilar bilan birga oʻquvchilar ham faol qatnashib, doshqozonlarni keltirish, oʻtin tayyorlash va yoqish, bugʻdoy tuyish, suv tashish kabilarni bajarishda koʻmaklashishdi. Maktab jamoasi navroʻzning shoh taomini ahillikda, hamjihatlikda tayyorlashdi va pishib maromiga yetganidan soʻng, maktab yaqinidagi hovlilarga, yoshi ulugʻlar va bemor yotganlarga ulashishdi.

Koʻklam ana shunday ezguliklar bilan boshlanib, oʻlkamizga oʻzgacha tarovati va nafosati bilan kirib kelmoqda. Bunday xayrli ishlarda 36-sonli maktab jamoasi, oʻquvchilari ham ishtirok etib, barchaga bahoriy kayfiyat baxsh etishmoqda.

Ozoda Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019