16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:11
Adabiyot 👁 365

Misralarda ayol madhi

Misralarda ayol madhi

Bayramingiz boʻlsin muborak!

Sizlar bilan munavvar olam,

Sizlar sabab bitdim bu nomam.

Aytilajak dildagi istak –

Tumanimiz ayol-qizlari,

Bayramingiz boʻlsin muborak!

        

Diyorimning oy-yulduzlari,

Sadoqatda yorugʻ yuzlari.

Siz-ku bizning tanlardan boʻlak –Tumanimiz ayol-qizlari,

Bayramingiz boʻlsin muborak!

 

Siz bekasiz, mehribon ona,

Opa-singil, yor-doʻst, qaynona.

Biz ham sizga tirgakmiz, kerak –

Tumanimiz ayol-qizlari,

Bayramingiz boʻlsin muborak!

 

Yuzingizdan yogʻilar nurlar,

Yoʻlingizga poyondoz gullar.

Sizlarni deb talpinar yurak –

Tumanimiz ayol-qizlari,

Bayramingiz boʻlsin muborak!

 

Oʻqish, ishda horib-charchamang,

Biz tomonga jilmayib qarang.

Xonadonda tengi yoʻq malak –

Tumanimiz ayol-qizlari,

Bayramingiz boʻlsin muborak!

 

Eng chiroyli guldasta siz-chun,

Fayzga toʻla dasturxon siz-chun.

Tayyorlanar turfa xil yemak,

Tumanimiz ayol-qizlari,

Bayramingiz boʻlsin muborak!

 

Sizlar borsiz, davomli avlod,

Omon boʻling, doim yuring shod.

Indallosi soʻzimning, demak,

Tumanimiz ayol-qizlari,

Bayramingiz boʻlsin muborak!

 

Doim guldek ochilib yuring,

Bugun bayram, siz oʻynab-kuling.

Chin qalbimdan bildirdim tilak.

Tumanimiz ayol-qizlari,

Bayramingiz boʻlsin muborak!

Bekbergan TLEUMURATOV,

Qipchoq ovuli.

 

Onajon

Turardi yuzing mudom kulimsirab,

Yaxshiliging tugatolmayman sanab.

Aytar eding: "yaxshi yeb-ich va kiygin", deb,

Diydoring sogʻinaman, yoʻling qarab.

 

Mehrli nur sochar edi koʻzlaring,

Yashnab turar edi mudom yuzlaring,

"Haqin yema", deb oʻrgatding oʻzganing,

Yodimda onajon, aytgan soʻzlaring.

 

"Keldingmi chirogʻim, aylanay", degan,

Chiqmaydi yodimdan mehrli soʻzing.

Seni qoʻmsab yoshlar toʻkar koʻzim,

Eng aziz insonim eding-ku, oʻzing.

 

Oq sutingga toʻyib, mehrim qongan,

Bagʻringning tafti quyoshday yongan.

Sensiz uchganimda qanotim tolgan,

Onajon, bu dunyo ekan-ku yolgʻon.

 

Shamollardan asrading polapon kabi,

Meni odam qilgan sen oʻzing asli.

Biroq erta uzildi taqdirning ipi,

Armonlar qaʼrida qoldim, onajon.

 

Seni eslaganda yozaman qoʻshiq,

Baʼzida oʻzimcha ketaman toʻlib.

Sen borda yoʻlimda boʻlmagan toʻsiq,

Gʻamxoʻrim, himoyachim eding onajon.

 

Nurga toʻlgay qabring iloyim,

Magʻfiratin ayamagay Xudoyim.

Duo qilib soʻrayman doim,

Joying boʻlsin jannatlarda onajon.

Angsatbay Qarajanov.

Qoraqalpoq tilidan

Oygul Rajabova tarjimasi.

 

Poyingizga bosh qoʻyay

Onajon, poyingizga boshimni qoʻyay,

Dard cheksangiz malhamlar boʻlay,

Koʻnglingiz ne istar, ayting onajon,

Barchasin shu zahot muhayyo qilay.

 

Kasal boʻlsam, boshimni silab,

Xudodan hamisha umrimni tilab,

Uzun tunlar Allohga iltijo bilan,

Tonglarga yetdingiz shifolar soʻrab.

 

Qaniydi, yaratmoq qoʻlimdan kelsa,

Sizning sabringizga qoʻyardim haykal.

Musavvirlik qilmoq qoʻlimdan kelsa,

Siyratingiz chizardim asl, besayqal.

 

Bundayin zoʻr sanʼat menga xos emas,

Ammo madhingizga sheʼrlar bitaman.

Onajon, Siz bergan oq sutni oqlab,

Siz uchun jonimni fido etaman!

Mansurbek OLLOMBERGANOV,

Islom Karimov nomidagi

TDTU talabasi.

 

Minnatdorman

Minnatdorman men Sizdan,

Bir umrga onajon!

Nur yogʻar chehrangizdan,

Onajonim, onajon!

Deyman, sizni shod koʻrsam,

Boʻyingizdan oʻrgilsam.

Ardoqlab, hurmat qilsam,

Onajonim, onajon!

Sizning yoʻq qiyosingiz,

Doim kengdir koʻksingiz.

Uzoq ketsak qoʻmsaymiz,

Onajonim, onajon!

Sogʻ boʻling, deb ilohim,

Avaylaymiz har doim.

Chehrangizdir muloyim,

Onajonim, onajon!

Xudoybergan Jumamurodov.

 

Ayol – farishta

Shabnam yuvgan goʻyo goʻzal yuzlaring,

Boʻlsam deyman, kipriklari koʻzlaring.

Sen jumboqsan yecholmagan yuragim,

Kelar har kun suratingga qaragim.

 

Qalbimda bahorlar shamoli yelar,

Bilmadim, koʻnglingda borligin nelar?

Sendan izlaganim dunyolar emas,

Bir bora kulib qoʻy, menga yetar, bas.

 

Tonglar otmas, oʻylab visoling shirin,

Bu goʻzal nigohda nelar yashirin?

Oʻylayverib, daydi oʻylarim halak,

Farishta senmisan yoki bir malak?

Rasulbek MATNIYoZOV,

20-maktab oʻqituvchisi.

 

Duogoʻyim

Dunyoga keltirgan, jonday asragan,

Hattoki shamoldan himoya qilib.

Yoz-u qish, yomgʻirda soyabon boʻlgan,

Mening baxtim uchun fidolar boʻlib.

 

Omadim ketganda  hatto qoʻlimdan,

Qiyinchilik chiqsa agar yoʻlimdan.

Onamning duosi saqlaydi meni,

Asraydi doimo makr-u zulmdan.

Dilnura Qurbonboyeva,

34-maktab oʻquvchisi.

 

Onamga

Ona, siz oʻxshaysiz bolaligimga,

Begʻubor yangragan kulgularimga.

Siz bosgan izlarga oʻxshar qadamim,

Men oʻsha farzandman, sizning qizingiz.

 

Vaqt oʻtmoqdadir, daryolardan tez,

Ikki qiz, bir oʻgʻil ulgʻaytirdingiz.

Ona deb, orqangizdan chopgan qizingiz,

Endi bolasiga aytar allangiz.

 

Mehnatdan egilgan qaddingiz biroz,

Yoshlik ham oʻtibdi qilmay eʼtiroz.

Sochlaringizga oq oralabdi,

Men sizni qaritdim, lek yillar emas.

Mohinur Turebayeva,

32-maktab oʻqituvchisi.

 

Ashʼor bitaman

Onamni qanchalar maqtasam-da oz,

Ularni chin dildan qilaman eʼzoz.

Yuragim siz tomon talpingan sari,

Oppoq qogʻoz uzra sheʼr qilar parvoz.

 

Bilaman, sheʼrlarim sizga yoqadi,

Qalbingiz toʻrini oshyon etadi.

Koʻnglingiz toʻlmasa, ayting onajon,

Aziza qizingiz ashʼor bitadi.

 

Tun-u kun Allohdan iltijo qilib,

Sizning sogʻligingiz soʻrayveraman.

Bizlarni mehrdan ayirmagin, deb,

Ulugʻ Allohimdan tilayveraman.

Aziza ORTIQOVA,

 Daryo boʻyi mahallasi.

 

Meni deb yashadingiz

Yashadilar onam doim meni, deb,

Shodon oʻtsin bolamning har kuni, deb.

Ayamadi, mehr sochdi boshimdan,

Goh oʻylayman qandoq oʻtdi tuni deb.

 

Dunyolarga alishmayman onamni,

Suratiga toʻldirayin xonamni.

Oyogʻiga tiz choʻkayin, egib bosh,

Onajonim farishtadir, men bebosh.

 

Bu hayot tashvishlari ogʻir ekan,

Meni deb boshlaringiz ogʻrir ekan.

Koʻrdim, koʻplar nolib yashar hayotdan,

Ammo sizning bilganingiz sabr ekan.

Rayhona TOJIBOYeVA,

50-maktab oʻquvchisi.

 

Yigʻlama ayol

Koʻngillar chashmasin aylagan giryon,

Bu yorugʻ dunyoda yashnagin mudom.

Sensiz bu yuraklar boʻlgaydir sarson,

Koʻzingga yosh olib, yigʻlama ayol!

Sen boʻlsang dunyoda ezgulik boʻlar,

Yoʻllar ham quyoshli, yorishib borar.

Qalbingda ishq degan tuygʻu joʻsh urar,

Koʻzingga yosh olib, yigʻlama ayol!

Oʻzingdir mehrli, goʻzal, ozoda,

Sen bilan bu hayot zavqlarga toʻla.

Farzandlar koʻngli toʻq, onam bor, deya,

Koʻzingga yosh olib, yigʻlama ayol.

Sarvinoz Aydinova,

75-maktab oʻquvchisi.

 

Togʻdek baland sabringiz

Togʻdek baland sabringiz,

Uzoq boʻlsin umringiz.

Baxt-u sogʻlik tilaydi,

Sizga oʻgʻil-qizingiz.

 

Siz borsiz - uy charogʻon,

Hayotimiz farovon.

Sizni yaxshi koʻramiz,

Qadringizga yetamiz.

 

Onajonim, siz bilan,

Bu dunyo boʻlmas bir kam.

Bizlar yuzga kirganda,

Siz ham boʻlgaysiz bardam.

Nigora Bozorboyeva,

45-maktab oʻquvchisi.

 

Farzandin kutar ona...

Ona koʻz tutadi farzandi yoʻliga,

Hatto kechalari uxlamay sira.

Lek, farzand onasin eslamay baʼzan,

Koʻchada yuradi kayf-u safoda.

 

Kayf-u safo uchun borini bergan,

Insonmi u, noqobil farzand.

Onasi holidan xabar olmasdan,

Oʻzi-oʻzi uchun berib yashar pand.

Venera Shomurodova,

34-maktab oʻquvchisi.

 

Yagonam

Bu dunyoda yagona,

Goʻzal, dilbarim onam.

Mehrda ummon, tanho,

Munis, mehribon onam.

 

Koʻzlari kulib boqar,

Shirin soʻzlari yoqar.

Yuzida quyosh balqar,

Tengsiz jahonim onam!

Diyorbek Abdullayev, 61-maktab oʻquvchisi.

Ona ulugʻ

Onam bor, dunyoda hech gʻamim yoʻqdir,

Qudratliman, tanda hech dardim yoʻqdir.

Onajonim bilan hayot boshqacha,

Borligida onaning qadriga yeting!

Onalar ardoqlab oʻstirdi bizni,

Oq yuvib, oq tarab har birimizni.

Quyoshday yoritdi yoʻllarimizni,

Borligida onaning qadriga yeting!

Zulfiya Soliyeva, 71-maktab oʻquvchisi.

Opa-singillar

Bu elda azizsiz sochi sunbullar,

Taʼrifga soʻz topolmay ojiz bu tillar.

Shu soʻzni aytganda titrar bu dillar,

Baxtimizga sogʻ boʻling, opa-singillar.

 

Har bir uyning goʻzal farishtalari,

Har joyning saranjom-sarishtalari.

Yuzingizdan ketmasin hech qachon kulgu,

Sizga yaqin kelmasin gʻam, dard ila qaygʻu.

Maftuna YaXShIMURODOVA.

Ayol

Munis-u moʻʼtabar atalgan doim,

Hamma ardoqlab der, "qadrli ayol".

Baʼzida qiynalib, qilib koʻp mehnat,

Sinovlarga koʻngan, sabrli ayol.

Suyib farzandlarin, erkalab tinmay,

Ularni jonidek koʻruvchi ayol.

Erini qadrlab, ham qilib hurmat,

Boshiga koʻtarib yurguvchi ayol.

Kurashib tinmayin hayot yoʻlida,

Azoblarni yengib oʻtguvchi ayol.

Yaqinlar qalbiga quvonch ulashib,

Quvonib, mehrini tutguvchi ayol.

Oila bekasi, ishda peshqadam,

Soddadil, xushchaqchaq, farishta ayol.

Shoirlar madhida, tillarda doston,

Dunyoda bebaho, sarishta ayol.

Shoira GULMONOVA,

87-maktab oʻquvchisi.

 

Quyoshim

Koʻzlarim nuri onam,

Umrimning maʼnosi ham.

Udir aqlim ziyosi,

Hayotimning fidosi.

 

Onam mehr bulogʻi,

Qonib-qonib ichaman.

Udir qalbim ardogʻi,

Quyoshim, deb quchaman.

Rayhon Safarboyeva, 8-maktab oʻquvchisi.

 

Oydek goʻzal

Oydek goʻzal yuzingiz,

Kulib tursin koʻzingiz,

Shirindir soʻzlaringiz,

Mehribonim onajon.

 

Dunyo turguncha turing,

Baxtimizga sogʻ boʻling.

Taʼriflashga til ojiz,

Jonajonim onajon.

Lobaroy Olimboyeva, 57-maktab oʻquvchisi.

Tilak

Bir umr farzandiga jonini berar,

Dard cheksa, yonida darmoni boʻlar.

Bolam, deb har doim yonida boʻlar,

Onalar, bunchalar mehribonsizlar!

 

Yurtim onalari sogʻ-omon boʻlsin,

Koʻzlarida nur aslo soʻnmasin.

Yuragida mehri toshgan onalar,

Borgan joyi doim nurlarga toʻlsin.

Mahliyo JUMABOYeVA,

82-maktab oʻquvchisi.

Diydor shirin

(Akam Yangiboy Ametovning

70 yilligiga).

Davrada oʻtirib qursangiz suhbat,

Ularning har soʻzi hikmat-u ibrat.

Allohim sizlarga bersin kuch-quvvat,

Baxtimga sogʻ boʻling, akajonlarim.

 

Sizlarga suyandim otamdan keyin,

Suyanchiq boʻlmasa yashash ham qiyin.

Sizlarsiz mol-dunyo - bari bir tiyin,

Baxtimga sogʻ boʻling, akajonlarim.

 

Bizlardan bir koʻylak oldin toʻzdirgan,

Yaxshi-yu yomonning farqin bildirgan.

Adashsam, doimo nasihat qilgan,

Baxtimga sogʻ boʻling, akajonlarim.

 

Sogʻinsam, sizlar bor, onamni eslab,

Duolar qilasiz baxtimni koʻzlab.

Quvonib yurasiz yutugʻim soʻzlab,

Doimo sogʻ boʻling, opajonlarim.

 

Zamona tinch boʻlgay, osmon musaffo,

Doim ibodatda, qilaman duo.

Mehringiz chashmidan qilmang mosuvo,

Diydor shirin, aziz qadrdonlarim!

Adilboy Ametov.

 

Opa-singillar

Bu elda azizsiz sochi sunbullar,

Taʼrifga soʻz topolmay ojiz bu tillar.

Shu soʻzni aytganda titrar bu dillar,

Baxtimizga sogʻ boʻling, opa-singillar.

 

Har bir uyning goʻzal farishtalari,

Har joyning saranjom-sarishtalari.

Yuzingizdan ketmasin hech qachon kulgu,

Sizga yaqin kelmasin gʻam, dard ila qaygʻu.

Maftuna YaXShIMURODOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019