16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:58
Siyosat 👁 259

QIPChOQLIK YoShLAR BILAN TUMAN HOKIMINING UChRAShUVI SAMIMIY MULOQOT TARZIDA OʻTDI

QIPChOQLIK YoShLAR BILAN TUMAN HOKIMINING UChRAShUVI SAMIMIY MULOQOT TARZIDA OʻTDI

Mamlakatimizda yil sayin yoshlarga eʼtibor, ularning hayotiga oid muammolarini manzilli ravishda oʻrganish, yoshlar bilan davlat idoralari rahbarlari oʻrtasida mustahkam aloqa rishtalarini oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida davlat idoralari bilan xalq, ayniqsa yoshlar oʻrtasidagi byurokratik toʻsiqlarga barham berilib, oshkora va samimiy munosabat muhiti yaratilmoqda. Bu esa barcha toifadagi rahbarlar uchun xalq hayotiga oid muammolarni joyiga chiqib, batafsil oʻrganish, oʻz vaqtida zarur choralar koʻrish imkonini bermoqda.

Bu borada muhtaram Prezidentimizning har galgi xalq oldida, ayniqsa, yoshlar bilan uchrashuvlarida bugungi yoshlar – mamlakat iqtisodiyoti, siyosiy-maʼnaviy, ijtimoiy va madaniy hayotining ertangi kungi qudratli lokomativlaridir, degan yuksak eʼtirofi yoshlarning orzu-intilishlariga qanot bagʻishlamoqda. Ayniqsa, bilimdon, qobiliyatli, qoʻlida kasb-hunari bor, intiluvchan, lekin ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan boʻlayotgan bu kabi oshkora, samimiy muloqotlar asnosida ularning oʻz iqtidorlarini amalda namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotgani quvonarli.

Amudaryo tumanining Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan 1-sektor rahbari, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashevning uchrashuvi qipchoqlik yoshlarning orzulari ushalishiga zamin yaratdi.

Oshkora va dildan suhbat tarzida boʻlib oʻtgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tadbirida tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, tuman hokimining oʻrinbosari Mahmud Shermetov, Yoshlar agentligi Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilovlar hamda Qipchoq shaharchasida istiqomat qiluvchi 28 nafar faol va muammoli yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev ishtirokchi yoshlar bilan dildan muloqotda boʻlib, ularning oʻqishda, ish faoliyatlari jarayonida erishayotgan yutuqlari, shuningdek, shaharcha yoshlarini qiynab kelayotgan muammolar bilan yaqindan tanishdi. Tanishuv asnosida, kasb-u kori, hunari bor-u oʻz tadbirkorligini yoʻlga qoʻyaolmayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, shuningdek, bilimdon, zamonaviy kompyuter, texnologiyalari sotib olishni, dasturchi boʻlishni orzu qilgan yoshlar bilan suhbatlashdi.

Shu kunning oʻzida ana shunday qobiliyatli yoshlardan Ogʻabek Qurbonboyevga subsidiya asosida zamonaviy kompyuter jamlanmasi, tikuvchilik yoʻnalishida oʻzlarining yakka tadbirkorlik faoliyatlarini boshlash niyatida boʻlgan Sevara Rahimova hamda Inobat Abdikarimovalarga ham subsidiya asosida tikuv mashinasi olishda yordam berish choralari koʻrildi.

“Hokim va yoshlar” uchrashuvi davomida Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov qipchoqlik yoshlarga huquqiy masalalarda oʻzining maslahat va tavsiyalarini berdi.

Yoshlar ham oʻz navbatida tuman hokimiga va boshqa masʼullarga oʻzlarini qiziqtirgan masalalar boʻyicha savollar bilan murojaat qildilar hamda tegishli javoblar oldilar.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019