16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:53
Salomatlik 👁 408

TIBBIYoT XODIMLARI UChUN YuQUMLI VA PARAZITAR KASALLIKLARNING OLDINI OLIShGA DOIR SEMINAR TAShKIL ETILDI

TIBBIYoT XODIMLARI UChUN YuQUMLI VA PARAZITAR KASALLIKLARNING OLDINI OLIShGA DOIR SEMINAR TAShKIL ETILDI

Shu kunlarda Amudaryo tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasi boʻyicha Tibbiyot birlashmasi hamda ovul va mahallalardagi shifo maskanlari xodimlari oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Shunga koʻra Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi tibbiyot xodimlari oʻrtasida ham seminar tashkil etildi.

Seminarda tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari Toʻliboy Atamuradov, Gulshod Tajiboyeva, Jamol Kamolov va Azamat Allayorovlar ishtirok etishdi. Soha mutaxassislari seminar davomida yuqumli va parazitar kasalliklarning kelib chiqishi, yuqish yoʻllari va undan himoyalanish, profilaktik chora-tadbirlar xususida soʻz yuritdilar. Shuningdek, tibbiyot xodimlariga aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish va kasallik toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berish kerakligini, davolash maskanlarida ham yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini choralari koʻrilishi, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilinishi lozimligi aytib oʻtildi.

Taʼkidlanganidek, parazitar kasalliklar – bu parazit chuvalchanglar tomonidan kelib chiqadigan yuqumli kasalliklar hisoblanadi. Parazitlar juda xavfli va yuqumli boʻlgan bezgak va leyshmanioz kasalliklarini ham keltirib chiqaradi. Ushbu kasalliklar profilaktikasida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Bezgak – vaqti-vaqti bilan tutadigan isitma xurujlari, kamqonlik, jigar va taloq kattalashuvi bilan kechuvchi oʻtkir yuqumli kasallik hisoblanadi. Bezgak kasalligi qoʻzgʻatuvchisi bemor hamda parazit odamga yuqadi.

Seminar davomida bezgak kasalligi tarqalishining oldini olish, kasallik tarqatuvchi chivinlarlarga qarshi kurashish, aholini bezgak kasalligidan jamoaviy va induvidual ximoya qilish hamda kimyoviy profilaktika tadbirlarini olib borish choralari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Bezgak chivinlarilariga qarshi kurashishda barcha hovuzlarning roʻyxati tizimga olinishi kerakligi, xaritaga kiritilishi va ushbu hovuzlarda bezgak chivinlariga dezinsektsiya tadbirlari olib borilishi lozimligi, natijada chivinlarni lichinkalik davridayoq yoʻq qilishga erishilishi, lichinka bilan oziqlanadigan baliqlarni koʻpaytirish ham lichinkalarni yoʻqotish usullaridan biri hisoblanishi aytib oʻtildi.

Mutaxassislar xonadonlarga ham qoldiq taʼsiriga ega insektitsidlar bilan ishlov berilishi lozimligi, ishlov berilgan yuza qismlar bir necha hafta va oylar davomida chivinlarga zaharli taʼsirini saqlab qolishini aytib, aholini bezgak kasalligidan jamoaviy va induvidual himoya qilish bezgak profilaktikasining birinchi usullaridan biri ekanligini, bunda chivinlarning yashash xonalariga uchib kirishining oldi olinishini tushuntirishdi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari aholiga oʻz xonadonlarida deraza oynalariga doka toʻr va setka tutib qoʻyishni, pashshaxonalardan foydalanishni tavsiya qilib, ushbu kasallik boʻyicha bilim saviyasini oshirish maqsadga muvofiq boʻlishni ham aytib oʻtishdi. Shundan soʻng, kimyoviy profilaktika usullari, tibbiyot xodimi va endemik oʻchoqqa ketayotgan Oʻzbekiston fuqarosiga kasallikdan himoyalanish choralari toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berishdi.

Seminarda leyshmanioz kasalligi va uning tarqalish, yuqish yoʻllari, profilaktikasi toʻgʻrisida ham batafsil tushunchalar berildi. Aholi punktlari hamda xonadonlarda obodonlashtirish ishlarini olib borish kerakligini, uylarda devorlarning pastki qismlarini beton qoplamalar bilan qoplash, koʻchalarni asfaltlashtirish, hovlilarni pishiq gʻisht bilan qoplash orqali kasallik tarqatuvchi hasharotlardan biri boʻlgan iskabtoparlar koʻpayishining oldi olinishini aytib oʻtishdi.

Seminar yakunida tibbiyot xodimlari mutaxassislarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kerakli javoblarni olishdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019