16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:15
Siyosat 👁 289

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan tumanimiz ahliga tabrigi

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning  Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan tumanimiz ahliga tabrigi

Aziz vatandoshlar!

Muhtaram otaxon va onaxonlar, qadrli amudaryoliklar!

Bugungi shukuhli kunlarda – Navroʻz ayyomi arafasida Siz azizlarga bayram tabrigini yoʻllash baxtiga musharraf boʻlganimdan benihoya mamnunman! Fursatdan foydalanib, Siz azizlarni, sizlar orqali barcha amudaryoliklarni, yurtdoshlarimizni yasharish va yangilanish ayyomi – Navroʻzi olam bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Azal-azaldan bu qutlugʻ ayyomni Sharq xalqlari kun va tunning tenglashgan pallasi sifatida katta shodiyona bilan nishonlab keladi. Bu yil ham “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!” degan bosh gʻoya asosida ovul va mahallalarimizda umumxalq sayillari oʻtkazilmoqda. Shahar va qishloqlarimizda yurtdoshlarimiz Navroʻz ayyomini koʻtarinki ruh va shod-xurramlik bilan qarshi olmoqdalar.

Tabiat uygʻonib, butun olam yashillikka burkanayotgan ushbu kunlarda dehqonlarimiz ham yaxshi niyatlar bilan yerga urugʻ qadashga tayyorgarlik koʻrmoqdalar. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida davom etayotgan koʻchat ekish tadbirlari bayram kunlarida yanada qizgʻin tus olmoqda. Bugun butun mamlakatimiz boʻylab davom etayotgan umumxalq hasharida esa millionlab yurtdoshlarimiz faol ishtirok etmoqdalar.

Navroʻz – sharqona Yangi yilning boshlanish sanasidir. Ota-bobolarimiz bu qutlugʻ ayyomda ezgu niyatlar bilan yangi rejalar tuzishgan. Tumanimizda ham “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deya nomlangan joriy yilda barcha sohalarda salmoqli ishlarni amalga oshirishni reja qilganmiz.

Jumladan, yangi taʼlim va tibbiyot maskanlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, zamonaviy usulda jihozlash orqali inson qadrini yuksaltirish, farzandlarimiz kelajagiga mustahkam zamin yaratish yoʻlida qator ishlar amalga oshiriladi.

Hududlarni jadal rivojlantirish orqali aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratiladi. Jumladan, infratuzilma obʼektlari yangidan qurilib, qayta rekonstruktsiya qilinadi. Ijtimoiy soha obʼektlarida barcha manbalar hisobidan 65,7 mlrd. soʻmlik 12 ta yirik loyihalar amalga oshiriladi.

Aholining uy-joyga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida 5 ta koʻp qavatli, 150 xonadonli arzonlashtirilgan uy-joylar quriladi.

Bundan tashqari, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratiladi. Joriy yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 62 ta loyihalarga 184,3 mlrd. soʻmlik investitsiyalar jalb qilinadi.

Shuningdek, tadbirkorlikni, qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, aholining muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilish yoʻnalishlarida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirishni rejalashtirganmiz.

Qadrli bayram tadbiri ishtirokchilari!

Bugun shunday qutlugʻ kunda – Sharqona yangi yil arafasida ushbu ezgu rejalarimizni amalga oshirish yoʻlida xizmat qiluvchi oʻqituvchi va shifokorlarga, davlat va jamoat xizmatchilariga, dehqon va fermerlarga, barcha yurtdoshlarimizga kuch-quvvat, mustahkam salomatlik, ishlariga rivoj tilaymiz! Ularning xalqimiz turmush sharoitini yanada yaxshilash, odamlarimizni hayotdan rozi qilishdek ezgu ishlarida omad yor boʻlishiga tilakdoshmiz!

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni yana bir marta eng qadimiy va asl milliy bayramimiz – Navroʻzi olam bilan chin qalbimdan tabriklayman! Navroʻz ayyomi bilan boshlanayotgan Sharqona Yangi yil qutlugʻ va barakali kelsin! Dehqonlarimizning ezgu niyatlar bilan ekayotgan urugʻlari moʻl hosil berib, dasturxonlarimiz toʻkin boʻlsin! Xalqimizning turmushi farovon boʻlib, ozod va obod Vatanimiz hamisha gullab-yashnayversin!

Navroʻz bayramingiz muborak boʻlsin, aziz yurtdoshlar!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019