17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 19:41
Jamiyat 👁 189

YOʻLLARDA QOIDABUZARLIKLARGA QARShI KURAShNING YaNGI TIZIMI JORIY ETILDI

YOʻLLARDA QOIDABUZARLIKLARGA QARShI KURAShNING YaNGI TIZIMI JORIY ETILDI

Mamlakatimizda avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarning yoʻl harakati qoidalariga amal qilmay, tezlikni meʼyordan oshirishi yoki yoʻl belgilariga boʻysunmasligi oqibatida yoʻl-transport hodisalari tobora koʻpaymoqda. Buning oqibatida beayb insonlarning jabr koʻrayotgani esa juda achinarli.

Yurtimiz hududlarida 2022-yilda 2356 nafar fuqarolar yoʻl-transport hodisalari oqibatida vafot etgan. Ularning orasida bolalar, hatto goʻdaklar ham bor. Buningdek holatlarning kamayishiga erishish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining farmoyishiga koʻra yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga sinov tariqasida yangi tizim – “Mahallabay” tizimi joriy etilmoqda. Hududlarda yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va qoidabuzarliklarga qarshi kurash samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilayotgan ushbu yangi tizimda yoʻl patrul xizmati xodimlari hududdagi kriminogen vaziyat, transport vositalari soni, aholi soni, avtomobil yoʻllarining uzunligi, transport vositalarining oqimi, ijtimoiy obʼektlar soniga qarab biriktiriladi va faoliyati doimiy nazorat qilib boriladi.

Amudaryo tumani hokimligi majlislar zalida hududlarda yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va qoidabuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha “Mahallabay” ishlash tizimi joriy etilayotganligi munosabati bilan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev, Qoraqalpogʻiston Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Salauat Kazbekov, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamoladdin Yusupov, boʻlim yoʻl-patrul xizmati xodimlari, profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari qatnashdilar.

Yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev ochdi va kun tartibida koʻrilayotgan masaning muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladi.

Shundan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Salauat Kazbekov soʻzga chiqib, yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va qoidabuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha joriy etilayotgan yangi tizim boʻyicha keng tushuntirish berdi.

Yigʻilishda hududlarga birkitilgan 10 nafar yoʻl-patrul xizmati xodimlarga yuklanadigan vazifalar xususida toʻliq maʼlumotlar berildi. Mahallalardagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, yoʻl infratuzilmasi ahvolini oʻrganish va nazorat qilish, ijtimoiy obʼektlardagi harakat xavfsizligini taʼminlash, hududlar boʻyicha oʻz vaqtida profilaktik tadbirlarni tashkillashtirish, haydovchilarni tayyorlashni nazorat qilishning sinov tariqasida joriy etilayotganligi – yoʻl-transport hodisalari va ular oqibatida insonlarning jabrlanishining oldini olishga qaratilganligi bayon etildi.

Yigʻilishda koʻrilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026