16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:35
Jamiyat 👁 349

OTA KASBINI TUTIB, KAMOL TOPGAN “MOʻʼTABAR AYoL”

OTA KASBINI TUTIB, KAMOL TOPGAN “MOʻʼTABAR AYoL”

Oila davrasi. Oʻzaro mehr-oqibat, bir-birovga hurmat, ehtirom tamoyiliga asoslangan mustahkam birlik – moʻʼjizgina jamiyat, oilaning har bir aʼzosi uchun dunyodagi eng obod, eng charogʻon va bagʻri issiq, bagʻri keng goʻsha.

Bosuv mahallalik (Alloh rahmat qilsin) Ismoil ota Xoʻjamurodov ana shu keng goʻshaning kelbatli sohibi edilar. Otaxon butun oila aʼzolari – 10 nafar farzandi, kelinlari, nabiralari jamligida, dasturxon toʻrida umr yoʻldoshi (Alloh rahmat qilsin) Oyman ena bilan birgalikda taomlanishni xush koʻrguvchi inson edilar. Butun umrini el-yurt farzandlarini ilmli-maʼrifatli qilishga bagʻishlangan Ismoil muallim farzandlarini duo qilganlarida albatta: “Mening yoʻlimni bersin!” deya yorugʻ niyatlar bilan oʻgʻil-qizlarini ishga, oʻqishga kuzatib qoʻyardi. Uylarining har bir xonasida javonlar kitoblarga toʻla Ismoil ota bilan Oyman ena tarbiyasini olgan 5 oʻgʻil, 5 qizning barchasiga haqiqatan ham Alloh Ismoil otaning ibratli hayot yoʻlini, Oyman opaning mehr-muhabbatli fazilatlarini berdi. “Xoʻjamurodovlar sulolasi” degan yuksak hurmat va ehtiromga havasga munosib oila saltanati shakllandi.

Shukurjon opa Xoʻjamurodova ana shu goʻzal oila saltanatida voyaga yetib, ota kasbi – oʻqituvchilikni tanladi. Umumtaʼlim maktabini muvaffaqiyatli tugatib, Toshkent Davlat chet tillari pedagogika institutiga oʻqishga kirdi. Oʻz yoʻnalishi ingliz, nemis tillaridan tashqari, rus tilini ham mukammal oʻrgangan tirishqoq qiz 1981-yilda oliygohni tugatib, oʻzi taʼlim olgan jonajon ilm dargohi – 26-sonli maktabda oʻquvchi-yoshlarga nemis tili fanidan dars bera boshladi. Ilk ish boshlagan kuni hamon yodida:

– Endi sen kichkina odam emassan, – dedi ham ustozi, ham rahbari, oʻsha paytdagi maktab direktori boʻlgan otasi Ismoil ota Xoʻjamurodov, - murabbiy-ustozsan, qizim. Faoliyatingga talab ham shunga yarasha boʻladi. Avvalo, 10 yillik maktab taʼlimi, 5 yillik oliygoh taʼlimini, qolaversa, ota-onangning ishonchini oqlash uchun harakat qilishing kerak.

Yosh pedagog uchun otasining bu gaplari butun umriga taʼtigulik oʻgit, bundan ham muhimi, mayoq boʻldi. Otasi aytganiday, oʻzini 15-yil beminnat oʻqitib, ilm-u ziyoli, kasb-korli qilgan ona Vataniga, oilasiga munosib farzand boʻlish uchun intilib yashadi. Oʻz pedagoglik faoliyatini 26-sonli maktabda boshlagan Shukurjon opa Xoʻjamurodova 3-yil davomida Bosuv mahalla yoshlariga nemis tili fanidan dars berdi. Oʻzi tugʻilib-oʻsgan xonadon kabi bagʻri keng, maʼrifatli, ziyoli oilaga suyukli kelin, vafodor umr yoʻldoshi boʻlgan Shukurjon Xoʻjamurodova uchun 1984-yil yanada ezgu, yorugʻ niyatlar bilan yashash baxtini ato etdi. Oʻsha yili Amudaryo tuman Mudofaa ishlari boʻlimi xodimi boʻlgan umr yoʻldoshi Baxtiyor Yoqubov bilan qurgan oila qoʻrgʻonining osoyishta va goʻzal makonga aylanishi uchun mehr-muhabbat tuygʻulariga oshna fidoyilik onlari boshlandi. 1984-yildan 31-sonli umumtaʼlim maktabda ingliz tili fani oʻqituvchisi sifatida pedagogik faoliyatini davom ettirgan Shukurjon Xoʻjamurodova maktabda jonkuyar ustoz, oilada epchil va xushmuomala kelin, yillar oʻtib, biri-biridan shirin farzandlarning mehribon onasi boʻldi. 5 nafar qiz va bir oʻgʻilni el-yurt koriga munosib insonlar qilib tarbiyalash, qaynota-qaynonasi oldidagi kelinlik vazifasini maromiga yetkazib ado etish, rafiqa sifatida umr yoʻldoshiga mehr koʻrsatish, bekalik majburiyatlarining uddasidan chiqish – bularning barchasi Shukurjon Xoʻjamurodovaning shaxs sifatida shakllanishida chinakam fidoyilik yoʻli boʻldi.

U 33 yillik pedagogik faoliyati davomida yuzlab yoshlarga ustozlik qildi. Shogirdlari orasida el-yurt hurmatiga sazovor rahbar xodimlar, oʻqituvchi-murabbiylar, shifokorlar, muhandis va meʼmorlar bor. Ularning kamolini, hayotda erishayotgan muvaffaqiyatlarini koʻrgani sari koʻngli togʻday yuksaladigan Shukurjon Xoʻjamurodova oʻtgan hayot yoʻllariga nazar tashlab, beixtiyor shukronalar keltiradi.

Umr yoʻldoshi Baxtiyor ogʻa Yoqubov bilan shirin orzular ogʻushida 6 nafar farzandi va nevaralari quvonchidan yashnab yurgan kezlarini eslaganida koʻnglida kamlik sezadigan Shukurjon opaning tilidan baribir shukronalar tushmadi.

– Allohning irodasi ekan-da, 2019-yilda Baxtiyor akangizdan ayrilib qoldik, orzu-niyatlarimiz koʻp edi... chehrasi biroz munglanib armon bilan soʻzlayotgan onaxon yana shukrona keltiradi. – Farzandlarimiz omon boʻlishsin!

Ha, azizlar, opaning yuragini toʻldiruvchi ham, hayotini gullatuvchi ham farzandlarning omonligi, baxti-kamoli. Bu jihatdan Shukurjon opa baxtga musharraf onalardan. Qizlarining barchasi oʻqimishli, ona kasbini tanlagan. Katta qizi Shoiraxon 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining dutor sinfi oʻqituvchisi, Mahbubaxon 40-sonli maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Irodaxon ham taʼlim sohasi xodimasi, Maʼmuraxon bilan Mohinur ham oliy maʼlumotli pedagoglar.

Oilaning kenjasi Diyorbek ayni paytda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining 3-bosqich talabasi.

Shukurjon opaning xonadoni nafaqat turli bayram sanalarida, balki deyarli har kuni yaxshilar qadamidan obod va charogʻon. Har biri bir oilaning sevimli bekasi boʻlgan qizlarining birini kuzatib qoʻysa, yana biri “onajon!” deb eshikdan kirib kelishadi. Nevaralari uchun esa Shukurjon momosidan mehribon momo yoʻq dunyoda. Sobiq hamkasb doʻstlari, shogirdlari tashrifidan yashnab-yasharib ketadigan Shukurjon opa xonadoni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida va bayram kunlari yaxshilar qadamidan yanada yashnab ketdi. Uzoq yillar taʼlim-tarbiya sohasida ishlab, koʻplab iqtidorli yoshlarga ustozlik qilgan, biri-biridan aqlli, bilimdon, el-yurtga munosib farzandlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan Shukurjon opa Xoʻjamurodovaning mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib baholanib, “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Bayram arafasidagi bu xushxabar Shukurjon opa va uning yaqinlariga, sobiq hamkasb doʻstlari va shogirdlariga quvonch bagʻishladi. Shu kuni bahor gullari bilan yaxshilar qadamidan bu tabarruk xonadon yanada obod boʻldi. Butun umrini yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga bagʻishlagan ikki muhtaram zot – Ismoil ota Xoʻjamurodov va Sobir ota Yoqubovlarni bilganlar borki, katta ehtirom bilan ona Vatani “Moʻʼtabar ayol” nishonini koʻksiga taqib qoʻygan haqiqatan ham fidoyi va moʻʼtabar onaxonni chin dildan muborakbod etishdi.

Xalqimiz “El yurtga qilgan yaxshiliging – vaqt oʻtib oʻzingga ummon boʻlib qaytadi” degan hikmatni bejiz yaratmagan. Shukurjon opa Xoʻjamurodova yoshlik kuch-gʻayratini, bilimini va mehrini baxsh etgan eli, Vatani uni bugun eʼzozladi, moʻʼtabar va aziz qildi. Bir ayol, ona uchun bundan ulugʻ baxt bormi, azizlar!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019