16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:15
Siyosat 👁 416

AMUDARYoDA YaNGILANAYoTGAN KONSTITUTsIYa TARGʻIBOTIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

AMUDARYoDA YaNGILANAYoTGAN KONSTITUTsIYa TARGʻIBOTIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Amudaryo tumanida Yangi Oʻzbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi targʻibotiga bagʻishlangan katta tadbir boʻlib oʻtdi.

29-mart kuni tuman hokimligi binosi yonida boʻlib oʻtgan tadbirda Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Haitov hamda senator Bahodir Tajiyevlar qatnashdi. Shuningdek, tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga tumandan saylangan deputatlar, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, partiyalar faollari, umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari, fermerlar, yoshlar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Aktam Haitov hamda Bahodir Tajiyevlar Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgartishlarning mazmun-mohiyati xususida tushunchalar berishdi. Yangilanayotgan Konstitutsiya yurtimizda qonun ustuvorligini taʼminlovchi mustahkam xuquqiy poydevor – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligi haqida batafsil soʻzlab, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganini bayon etishdi.

Loyiha umumxalq muhokamalariga qoʻyilganidan soʻng, 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushgani, ushbu takliflar ham eʼtiborga olganini aytib oʻtildi. Shunga koʻra yangilanayotgan Konstitutsiya tom maʼnoda xalq Konstitutsiyasiga aylangani eʼtirof etildi. Shuningdek, Yangilanayotgan Konstitutsiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tegishli qismi oʻzgarishsiz qoldirilgani qayd etib oʻtildi.

Shundan soʻng soʻzga chiqqan faxriy oʻqituvchi Tursunboy Abdullayev, 82-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Mohira Yusupova, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Barno Samandarova va boshqalar “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Qonun umumxalq referendumida ovozga qoʻyilishi va referendum joriy yilning 30-aprel, yakshanba kuniga belgilangani, ushbu tarixiy hodisaga befarq boʻlmaslikni aytib, boshqalarni ham ovoz berishga chaqirdi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasidagi moddalar soni 128 ta boʻlgan boʻlsa, yangi Qomusda ularning soni 155 tani tashkil etadi, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshirilgan. Amaldagi Konstitutsiyamizning 65 foiziga oʻzgartirish kiritilgan. Aytib oʻtilganidek, loyihada davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlashi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantirishi alohida meʼyorlar bilan mustahkamlangan. Unga koʻra, yurtimizda yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olish, sogʻligʻini saqlash, uy-joy, bandlik va dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbir davomida tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari Vatan, tinchlik haqidagi qoʻshiqlarni ijro etib, ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar barchani 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumida kelajagimiz va haq-huquqlarimiz kafolati uchun ovoz berishga chaqirdi.

Shundan soʻng, masʼullar “Amudaryotex” xorijiy korxonasiga qarashli oʻsimlik yogʻ-moy ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurib, ishchi-xodimlar bilan suhbatlashishdi. Suhbat davomida zavod ishchi-xodimlariga Konstitutsiyaviy qonun loyihasida inson huquq va erkinliklari yanada mustahkamlanganini misollar bilan tushuntirishdi. Yangilanayotgan Konstitutsiya jonajon Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz hayoti, huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini taʼminlashda muhim oʻrin tutishini aytib, boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumida faol qatnashishga chaqirishdi.

Masʼullar 40-sonli umumtaʼlim maktabi hududida tashkil etilgan “Fermerlar bogʻi”ga ham tashrif buyurishdi. Bogʻda yangi ekilgan mevali daraxt koʻchatlari yaxshi parvarish qilinayotganini koʻrib, kerakli tavsiya va maslahatlar berishdi. Shuningdek maktab pedagoglar jamoasi bilan ham uchrashib, yangilanayotgan konstitutsiyaviy qonun loyihasining 50- va 52-moddalarida maktab va maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha qator huquqiy asoslar keltirib oʻtilgani, Asosiy qonunga kiritilayotgan oʻzgartirishlar bilan soha xodimlarining konstitutsion huquqlari, manfaatlari, maqomi mustahkamlanishini aytib oʻtishdi. Oʻz navbatida mazkur huquqiy oʻzgartirishlarning soha rivojidagi oʻrni xususida pedagoglarning fikr-mulohazalari tinglandi. Masʼullar oʻqituvchilarni oʻz fuqarolik pozitsiyasini namoyon etgan holda referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi.

Tashrif “Amudaryo tomorqa xizmati” klasterida davom ettirildi. Masʼullar klasterdagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Korxonaga qarashli tsexlarda tayyorlanayotgan pishiriq va nonlar, 750 tonnalik sigʻimga ega muzlatgichda saqlanayotgan sabzavot va meva-cheva zahirasi, 50 sotixlik issiqxonada yetishtirilayotgan sabzavotlarni koʻrib, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha oʻz takliflari va maslahatlarini berishdi hamda tadbirkorlarni ham referendumda faol ishtirok etishga chorlashdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019