16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:04
Fan va taʼlim 👁 330

36-SONLI MAKTABDA “KITOBIM QOʻLIMDA” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

36-SONLI MAKTABDA “KITOBIM QOʻLIMDA” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Bahor oyining ikkinchi oyida Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan dunyo miqyosida turli tadbirlar, yirik kitob yarmarkalarining oʻtkazilishi anʼana tusiga kirgan.  Yurtimizda ham bu kun keng nishonlanadi va turli tadbirlar oʻtkaziladi.

Shu munosabat bilan 36-sonli maktabning boshlangʻich sinflari ishtirokida “Kitobim qoʻlimda” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Zulxumor Jamolova hamda 3-“V” sinf oʻquvchilari tomonidan oʻtkazilgan ushbu tadbirda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Vahobjon Davletov, boshlangʻich sinflar uslubbirlashmasi rahbari Nasiba Bobojonova hamda boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va oʻquvchilari qatnashishdi.

Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Vahobjon Davletov ochib berdi va xalqimiz, millatimiz ilm-fanni, kitobni, kitobxonlikni azal-azaldan qadrlab kelganini, ajdodlarimizning qadim davrlarda ham kitobxonlik davralari, mushoiralar, olimu fuzalolar ishtirokidagi kechalar tashkil etganlari, dostonlar asosida baxshilar, oqinlarning aytishuvlarini uyushtirganlari haqida soʻzladi. Bularning hammasi xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga xizmat qilganini aytib, oʻquvchilarni kitobxonlikka daʼvat etdi.

Tadbirda ishtirok etgan maktab kutubxonachisi Nazokat Saʼdullayeva ham soʻzga chiqib, bolalarga sifatli kitoblar yetkazib berish uchun ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar amalga oshirilayotganini, natijada bolalar koʻngliga tez va oson kirib boradigan kitoblar dunyo yuzini koʻrayotganini taʼkidladi. Shuningdek, kitob oʻqigan bola aqlli va bilimli boʻlishini, hamisha toʻgʻri yoʻlni topa olishini, dunyo ilmlarini toʻliq egallasa fozil insonlar boʻlishini aytib oʻtdi.

Oʻquvchilar kitoblar haqida maqollar, tez aytishlar va qiziqarli maʼlumotlar aytib, tadbirni davom ettirishdi. Berilgan maʼlumotlar orqali oʻquvchilar kitoblarning koʻp yillar ilgari paydo boʻlgani, dastlab loydan, keyinchalik hayvon terilaridan, mum surtilgan taxtachalar tayyorlangani, yillar oʻtishi bilan kitob bosib chiqarish takomillashib borganini bilib olishdi. Kitoblarning bebaho boylik, bilim manbai ekanligi, tafakkurni yuksaliturvchi, baxt keltiruvchi ushbu boylikni qadrlash lozimligini yanada chuqurroq anglashdi.

Shundan soʻng, ikki oʻquvchi tengdoshlariga turli topishmoqlar berib, javobini toʻgʻri topgan oʻquvchilarni shirinlik bilan siylashdi. Oʻyin tarzida quvnoqlik bilan oʻtkazilgan ushbu qismda oʻquvchilar topishmoqlarni toʻgʻri topishga harakat qildilar.

Tadbir davomida oʻquvchilar faol ishtirok etib, kitob va bilim haqida sheʼrlar aytishdi. Qoʻshiqlar kuylab, ajoyib raqslarga tushib, tadbirga xushnudlik baxsh etishdi. Ayniqsa, oʻquvchilarga Temurbek Baxtiyorov hamda Niyatulla Yangiboyev ifodali aytib bergan sheʼrlar, qiziqarli maʼlumotlar juda manzur boʻldi. Oʻquvchilarni kitobxonlikka daʼvat etish, kitoblarning qadrini, oʻrnini anglatish maqsadida oʻtkazilgan ushbu tadbir juda qiziqarli oʻtdi.

Bugun yurtimizda kitob nashr qilish va kitobxonlik davlat siyosati darajasida eʼtirof etilmoqda. Oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida kitoblarga va kitobxonlikka mehr uygʻotish, qiziqishlarini oshirishda bu kabi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Ozoda Xudoyberganova, 36-sonli maktabning maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026