16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:25
Sport 👁 303

“Besh tashabbus paralimpiadasi”ning mamlakat bosqichi gʻolibi – amudaryolik Nursulton Sariboyev navbatdagi musobaqalarga qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda

“Besh tashabbus paralimpiadasi”ning mamlakat bosqichi gʻolibi – amudaryolik Nursulton Sariboyev navbatdagi musobaqalarga qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda

Oilada dunyoga kelgan farzandning kelajakda qanday inson boʻlib voyaga yetishi ota-ona, maktab taʼlim-tarbiyasiga  bogʻliq. Ularning uygʻun tarbiyasi orqali yosh norasidada shakllangan xarakter kelgusida uning jamiyatdagi oʻrnini belgilab beradi. Ha, shunday. Illo hech kimning husni-jamoli, boʻy-basti yo qimmatbaho kiyimlari, shohona qasrlari emas.

Boyovul mahallasida yashovchi mavsumiy ishchi Nurlan Umrzoqov va ayoli Shahnoza Berdiyevalar oilasida dunyoga kelgan ilk farzandning jismida nuqsoni boʻlsa-da, taqdirlaridan nolimadilar, nega bunday boʻldi, deb noshukurlik qilmadilar. Aksincha koʻnglini oʻksitmay, aqlli, intiluvchan, sabr-bardoshli qilib voyaga yetkazishga intildilar.

2022-yilning oxiri kunlaridan birida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining final bellashuvlari 16-sonli maktab sobiq oʻquvchisi, Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali kompyuter injiniring fakulteti dasturiy injiniring yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Nursulton Sariboyev hayotida oʻchmas iz qoldirdi. U ushbu musobaqada stol tennisi boʻyicha parasportchilar orasida quyi bosqichlarda gʻolib chiqib, final bosqichida kuch sinashdi va gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Bu bilan u hech kimdan kam emasligini, tinimsiz mashqlar davomida qanchalik mahoratga ega boʻlganini, oʻz oldiga qoʻygan maqsadi chempion boʻlish uchun nechogʻlik sabot-matonat bilan intilganini amalda ifoda etdi.

Stol tennisi. Bir qarashda osondek tuyuladigan kichik koptok va raketkalar bilan stolda oʻynaladigan bu sport turi aslida sportchidan oʻta chaqqonlikni, ziyraklikni va butun fikrini-zikrini oʻyinga qaratishini talab etadi. 1988-yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgani ushbu sportning nufuzi va ommaviyligidan darak beradi. Demoqchimanki, Nursulton Sariboyev “Besh tashabbus olimpiadasi” sport oʻyinlaridagi gʻalabasini osonlikcha qoʻlga kiritgani yoʻq.

U 16-sonli maktabning 5-sinfida oʻqib yurgan vaqtlarida uylariga yaqin joylashgan tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining Chordara mahallasida joylashgan bazasidagi stol tennisi guruhiga qatnay boshladi. Bu yerda unga yosh murabbiy qiz Hamida Rajabova ushbu sport turi sir-asrorlarini qunt bilan oʻrgatdi, tinimsiz mashgʻulotlar davomida mahorat, oʻzini qoʻlga olib, butun eʼtiborini oʻyinga qaratish koʻnikmasini oʻrgatdi. U murgʻak qalbida shakllangan sogʻlom tengdoshlariday natijalarga erishish orzusi tufayli mashgʻulotlardan bezmadi, intilishdan toʻxtamadi. Natijada sport maktab, respublika sport maktablariaro oʻtkazilgan ochiq birinchiliklarda mahoratini namoyish etib, faxrli oʻrinlarni egallay boshladi. 15 yoshga yetganida Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosidagi musobaqalarda qatnashib, stol tennisi umidli sportchisi ekanligini koʻrsata oldi.

Baʼzan odamlar, yoshlar orqasida qolgan yillariga nazar tashlaganida shu vaqtlar bir zumda oʻtib ketgandek his  etadi oʻzini. Biroq Nursulton maktab oʻquvchisi, Amudaryo kasb-hunar kolleji oʻquvchisi davrlarida hayotida oʻchmas qoldirgan, faxr-iftixor bilan eslaydigan nurli kunlari koʻp boʻldi. Uning turli yillarda, turli musobaqalarda olgan medallari, diplom, Faxriy yorliqlari buni yaqqol koʻrsatib turibdi. Hamida Rajabova bilan oʻtkazgan mashgʻulotlari barcha yutuqlariga debocha boʻldi, desak adashmaymiz. Uning yutuqlari faqat stol tennisida emas, shu kungacha futbol, voleybol, taekvando, yugurish kabi sport turlari  boʻyicha ham koʻpgina musobaqalarda gʻoliblikka  erishgan. 2022-yil sentyabrida parataekvando boʻyicha oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston chempionatida 2-oʻrin, shu sport turi boʻyicha 2023-yil fevralida oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston chempionatida yana 2-oʻrin, shu yil 12-martda  Nukus shahrida yugurish boʻyicha “Yangi nafas” nomi bilan oʻtkazilgan  marafonda parasportchilar orasida  2-oʻrin... Bunday qaydlarni yana ancha davom ettirishimiz mumkin.

– Keyingi vaqtlarda koʻproq vaqtimni oʻqishga, mutaxassisligimni puxta egallashga  qaratganimga sportdagi natijalarim biroz pasaygandi. “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalaridagi natijamdan juda quvondim. Final oʻyini tugashi bilan ota-onamga, ustozim Hamida opaga, oliygohdagi ustozlarimga qoʻngʻiroq qildim. Taqdirlash marosimida shohsupaning eng yuqorisida turganim, gʻolib ekanligimni eʼlon qilganlari juda sururli edi. Bilasizmi, shohsupada turibman–u, shu kungacha stol tennisi boʻyicha charchoqni pisand qilmay, issiq-sovuqlarda mashq qilganlarim, baʼzan yutqazganlarim koʻz oldimdan bir-bir oʻtdi, – koʻzlari yonib soʻzlaydi Nursulton.

Ha, hayot doim bir maromda davom etmaydi. Baʼzida uchraydigan muvaffaqiyatsizliklar tufayli odam ruhini sindirmasligi, umidini soʻndirmasligi lozim. Doim oʻziga ishongan, olgʻa intilganlar nurli manzillarga yetadi.

Buni Nursulton Sariboyevning hayoti misolida ham koʻrishimiz mumkin. Unda bunday iroda, kuchni tarbiyalagan ota-onasi, ustozlari. Shu boisdan Nursultonning hayotda, sportda erishgan har bir gʻalabasi ularni quvonchga belaydi.

– Hayotda odam intilishlari, mehnatlari orqali oʻz oʻrnini topadi. Nursultonning mavqeiga, erishgan yutuqlariga oʻttiz ikki muchasi sogʻ tengdoshlari ham havas qilishayapti. U bunga arziydi ham. Qoʻsha-qoʻsha medallar, diplomlar sovgʻalar unga bejiz berilmagan, – deydi tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Chorsham Tajimurodov.

– Shogirdlarimning musobaqalardagi ishtirokini yurak hovuchlab oʻtirib kuzataman. Nursultonning “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalaridagi paratennis turida erishgan gʻalabasidan boshim osmonga yetdi, – deydi uning murabbiyi Hamida Rajabova. Uni shunday yetuk  qilib voyaga yetkazgan ota-onasi Nurlan Umrzoqov, Shahnoza Berdiyevalarga havasini yashirmaydi. Bu bejiz emas. Chunki murabbiy Nursultonni ota-onasi doim qoʻllab, qiziqishlarini hurmat qilishini, farzandlari kamoli uchun hamma narsaga tayyor ekanligini biladi.

Ha, oila ham tarbiya maskani. Nurlan Umrzoqov va Shahnoza Berdiyevalar oila qoʻrgʻonida voyaga yetayotgan boshqa farzandlari ham intiluvchan, dadil. Nursultondan kichigi Madina Nukus davlat pedagogika instituti, Nurjamol Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari. Mavsumiy ishda ishlasa-da uch nafar farzandini birdaniga oliygohlarda oʻqitayotgan ota 16-sonli maktab 10-sinf oʻquvchisi, kenjatoy farzandi Quvonchning oliygohga kirishi uchun qoʻshimcha darslar olishini ham taʼminlayapti. Koʻpqavatli uyning torgina kvartirasida ham toʻrt nafar farzandni ilm-maʼrifatli, koʻngli toza, odobli qilib voyaga yetkazayapti.

– Oʻzimiz oʻqiy olmagan edik. Bolalarimizni oʻqitib, orzularimizga erishganday boʻlayapmiz, – deydi oila bekasi kulib.

Ha, ota-ona uchun farzand kamolidan ortiq baxt yoʻq dunyoda. Biz ana shunday orzular umidida farzandlarini nurli yoʻllarga yetaklayotgan ota-onaga hali barcha yaxshi kunlar oldingizda, mehnatlaringizning mevasi totli boʻladi, degimiz keladi. Joriy yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining parataekvando turi boʻyicha ilk musobaqalarga qizgʻin tayyorgarlik koʻrayotgan Nursultondan esa yangi gʻalabalar kutib qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019