16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:19
Siyosat 👁 205

69-SONLI MAKTABDA “YoSh TABIATShUNOSLAR” TADBIRI OʻTKAZILDI

69-SONLI MAKTABDA “YoSh TABIATShUNOSLAR” TADBIRI OʻTKAZILDI

Ayoqchi mahallasidagi 69-sonli maktabda kimyo va biologiya fanlari toʻgaragi aʼzolari ishtirokida buyuk olim Charlz Darvin tavalludining 214 yilligi va Dmitriy Mendeleyev tavalludining 189 yilligi munosabati bilan “Yosh tabiatshunoslar” bayram tadbiri tashkil etildi.

13 arel kuni boʻlib oʻtgan mazkur tadbirda maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari ishtirok etishdi. Maktabning oliy toifali kimyo va biologiya fani oʻqituvchilari Minavar Matchonova hamda Xosiyat Oʻrozboyevalar tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirni 10-sinf oʻquvchilari Mashhura Jumaniyozova, Oʻgʻiljon Otajonovalar olib borishdi.

Tadbirda maktabning 9-11-sinf oʻquvchilari faol ishtirok etishdi. Dastlab oʻquvchilar kimyoviy elementlarga sheʼriy taʼrif berib, oʻzlarini tanishtirib chiqishdi. Bir guruh oʻquvchilar esa elementlarni raqs tarzida koʻrsatib berishdi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, kimyo va biologiya fanlari farmatsevtika, oziq-ovqat, neft va gazni qayta ishlash, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, togʻ-kon sanoati, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tibbiyotning turli tarmoqlarida oʻta muhim hisoblanadi. Oʻta murakkab boʻlishiga qaramasdan bu fanlar juda qiziqarli boʻlgani sababli maktabda tashkil etilgan toʻgarakda yuqori sinf oʻquvchilari faol ishtirok etishadi.

Maktabda dars va toʻgarak mashgʻulotlari davomida ochiq darslar, seminarlar, laboratoriya darslari tashkil etiladi va oʻquvchilar bilan birgalikda elementlar tanishtirib boriladi. Chunki hozirgi davrda kimyo va oziq-ovqat sanoatlari rivojlanib borgan sari malakali kadrlarga ham ehtiyoj ortayotgani sababli kimyo va biologiya fanlarini chuqur oʻqitilishi oliy taʼlim muassasalarida sanoat korxonalariga malakali kadrlarni yetishtirishda, keyinchalik yetuk ilmiy xodimlar, tibbiyot xodimlarini tayyorlashda tayyorlashda muhim omil sanaladi.

Tadbir davomida oʻquvchilar kimyo fani bilan birga biologiya fanidan ham bilimdonliklarini namoyish etib, yer yuzidagi noyob oʻsimliklarni tanishtirib oʻtishdi. Biologiya fanida hayotdagi tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi, funktsiyasi, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va tirik tabiat bilan oʻzaro bogʻlanishini oʻrganishayotganini aytib, tarixda bobokalonlarimiz fanning rivojiga oʻz hissasini qoʻshgani toʻgʻrisida gapirib oʻtishdi. Shuningdek, Abu Rayhon Beruniyning tabiat 5 elementga, yaʼni boʻshliq, havo, olov, suv va tuproqdan yaratilgan deb eʼtirof etgani,  u oʻzining «Hindiston» asarida tabiatni daraxtdagi eng baquvvat va sogʻlom novdalarining oʻsishiga imkon beradigan bogʻbonga oʻxshatganini, bu bilan u tirik organizmlar oʻrtasida yashash uchun kurash borishi va tabiiy tanlanish sodir boʻlishini bashorat kilganini, zamonaviy fanda bu oʻzining isbotini topgani haqidagi maʼlumotlarni soʻzlab berishdi.

Tadbirda maktabning 10-11-sinf oʻquvchilari ishtirokida tabiatni asrash, unga doʻstona munosabatda boʻlish, ekologik muammolarni bartaraf etishga birgalikda harakat etish kabilarni aks ettirgan chuqur maʼno va mazmunga, tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan sahna koʻrinishlarini taqdim etishdi. Qiziqarli oʻtgan tadbirda oʻquvchilar kimyo va biologiya fanlari hamda uning rivojiga munosib hissa qoʻshgan alloma bobokalonlarimiz, buyuk olimlar Charlz Darvin va Dmitriy Mendeleyevlar haqida keng va batafsil maʼlumotlarga ega boʻldilar. Qiziqarli oʻtgan tadbir barchaga manzur boʻldi.

Xosiyat Oʻrozboyeva, shu maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019