16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:58
Qishloq xoʻjaligi 👁 314

TOMORQA – XALQIMIZ UChUN HAQIQIY TAʼMINOT MANBAIGA AYLANMOQDA

TOMORQA – XALQIMIZ UChUN HAQIQIY TAʼMINOT  MANBAIGA AYLANMOQDA

Aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishida tomorqa xoʻjaliklarining ahamiyati katta. Shu bois, Amudaryo tumanida tomorqa xoʻjaligi faoliyatini rivojlantirish, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahallalarni ixtisoslashtirishga qaratilayotgan eʼtibor tufayli ovul va mahallalarda “dala doʻkonlari”, oʻrta va kichik  sigʻimli muzlatgichli omborxonalar, poliz va sabzavot ekinlarining koʻchatlarini yetishtiruvchi yengil konstruktsiyali issiqxonalar tashkil etilayotgani oʻzining samarasini bermoqda.

Joriy 2023-yilda Amudaryo tumanidagi 39853 ta tomorqa va  295 ta dehqon xoʻjaliklari ixtiyoridagi 6652,2 gektar ekin maydonlaridan unumli foydalanish maqsadida tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi mutaxassislari tomonidan aniq yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Unga koʻra, 2023-yilda  5807,3 gektar maydonga ertagi ekinlarni, jumladan, 2731,1 gektarga sabzavot, 758,1 gektar yerga poliz, 869,2 gektar kartoshka, 422,1 gektar dukkakli, 160,9 gektar maydonga moyli ekinlarni ekish rejalashtirilgan. 865,2 gektar yerga esa boshqa zarur ekinlarni joylashtirish belgilandi.

Ayni paytda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan 2023-yil hosili uchun 1141,2 gektar maydonga piyoz, sarimsoqpiyoz ekildi. Aholi tomorqalaridagi 1183 ta issiqxonalarda ertagi poliz va sabzavot koʻchatlari yetishtirilib, ichki bozorga toʻliq yoʻnaltirilmoqda. Bundan tashqari, 49 ta ovul va mahallalardagi aholi tomorqalarida jami 10,5 gektar maydonda har biri 1-1,5 sotixli 804 ta issiqxonalar tashkil etish koʻzda tutilgan boʻlib, bugungi kunda 421 ta ana shunday issiqxonalar qurilib, egalariga topshirildi.

“Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida 21 ta mahallani ixtisoslashtirish, har bir sektorda 2 tadan mahalla, 16 ta koʻcha va 521 ta xonadonning tomorqa xoʻjaliklarini namunali talablar darajasiga yetkazish rejalashtirilgan va shu asosda ish olib borilmoqda.

Shuningdek, tuman aholisini sifatli poliz va sabzavot mahsulotlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash maqsadida jami 12 ta mahallada, shundan 8 ta aholi gavjum yashaydigan mahallalarda yengil konstruktsiyali “dala doʻkonlari” va kichik sigʻimli muzlatgich omborxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Xalqimizning uzumga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida joriy yilning oʻzida 6000 ta xonadonning koʻcha va hovli chetlariga uzum koʻchatlarini ekish rejalashtirilgan boʻlib, ayni paytgacha 4900 ta xonadon hovlisi va koʻcha qismiga uzum toklari ekildi.

Aholi tomorqasidan samarali foydalanish maqsadida xonadon chorvasi, xonadon parrandasi, shuningdek, quyonchilik, qoʻy-echki, qoramol boqish va asalarichilikni rivojlantirish borasidagi ishlar ham samarali tashkil etildi. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida, bugungi kunda 513 ta xonadon tomorqasida 51300 bosh parranda parvarishlashni yoʻlga qoʻyish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu rejaga koʻra, aholiga parrandalarni yetkazib berish uchun uchta taʼminotchi korxonalar biriktirildi. Ayni paytda 1223 ta xonadonning har birida kamida 65 bosh parranda boqish yoʻlga qoʻyilib, buning natijasida 1223 ta ish oʻrni yaratildi.

Tomorqa xoʻjaliklariga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida 8 ta “Tomorqa xizmati” MChJ tashkil etildi. “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida “Amudaryo tomorqa xizmat” MChJ klaster korxonasi tomonidan 6340 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari olib kelinib, tomorqa yer egalariga arzon narxlarda yetkazib berildi.

Tomorqa yer egalarining yerdan unumli foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tomorqani xalqimiz uchun haqiqiy taʼminotchi korxonaga aylantirishlariga koʻmaklashish maqsadida Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi huzuridagi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini  qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilayotgani tomorqa yer egalari uchun qulay imkoniyatlar yaratib, ularning moʻl-koʻl daromad olishlarini taʼminlamoqda.

Ilhom POLVONOV,

tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va

tomorqa yer egalari Kengashi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019