16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:29
Fan va taʼlim 👁 341

Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar yaxshi yoʻlga qoʻyilgan ilgʻor maktab

Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar yaxshi yoʻlga qoʻyilgan ilgʻor maktab

Tumanimizda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, isteʼdodini yuzaga chiqarish, hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida koʻplab saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, maktab taʼlim tizimida bu boradagi ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Sababi, ertangi kun egalari boʻlgan yosh avlod maʼnaviyati maktabda rivojlanadi, sayqal topadi.

Tumandagi Tosh yop ovuli hududida joylashgan 5-sonli umumtaʼlim maktabi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yaxshi yoʻlga qoʻyilgan eng ilgʻor maktablardan biri hisoblanadi. Maktabda bir-biridan mahoratli, oʻz kasbining haqiqiy fidoiysi boʻlgan ustozlar oʻquvchilarga oʻzlaridagi bor bilim va tajribani berib kelishmoqda.

Maktabning frantsuz tili fani oʻqituvchisi Gulbahor Saidova oʻz kasbiga mehri, dars oʻtishdagi oʻziga xos mahorati, chuqur bilimi tufayli oliy toifali oʻqituvchi, Qoraqalpogʻiston Xalq taʼlimi aʼlochisi boʻldi. U 2011-yilda mamlakatimizning bir guruh mahoratli va iqtidorli frantsuz tili oʻqituvchilari qatorida Frantsiyaning Ruaya shahrida bir oylik malaka oshirish kursida oʻqib qaytdi. Bu tajribali muallimning oʻqituvchilik faoliyatida oʻziga xos yorqin davr boʻldi. Frantsuz tilida, shu til vatanida shu tilda juda ravon gapirishi, soʻzlarni erkin talaffuz qila olishi u yerdagi oʻqituvchilarni ham befarq qoldirmadi.

Undan tashqari, Gulbahor Saidova 2022-yilning 1-oktyabr kuni “Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan Prezident Farmoniga koʻra II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Joriy 2023-yil ham oʻqituvchi uchun kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlarga toʻla yil boʻldi. U 30-mart kuni “Xalq taʼlimi fidoiysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Koʻplab iqtidorli yoshlar taʼlim olayotgan ushbu maktabda Gulbahor Saidova singari oʻqituvchilar talaygina.

Maktabda oʻquvchi yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini, jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish maqsadida turli sport toʻgaraklari, sport bellashuvlari yoʻlga qoʻyilgan. Quvonarlisi, sportning voleybol, shaxmat-shashka turlari boʻyicha maktabning oʻgʻil va qiz bolalar jamoasi tumanda faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritib kelishmoqda.

Maktabda muntazam ravishda oʻtkazilib kelinadigan “Quvnoq startlar” sport musobaqalari esa oʻquvchilarning sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Taʼlim maskanida oʻquvchilarni kasbga oʻqitish, ayniqsa qiz bolalarni qoʻl mehnatiga oʻrgatish maqsadida toʻgaraklar tashkil etilgan. Oʻquvchi qizlar mehnat fani oʻqituvchilari bilan birgalikda toʻqish, tikish, keraksiz buyumlardan bejirim xona bezaklari, roʻzgʻor buyumlarini yasash, pishiriqlar tayyorlashni oʻrganishayotgan boʻlsalar, oʻgʻil bolalar yogʻoch, fanerlardan duradgorlik buyumlarini yasab oʻrganishmoqda.

Yana shuni alohida taʼkidlash kerakki, maktabda turli yozuvchi va shoirlarning, tarixiy shaxslarning tavallud kunlari, siyosiy, va koʻngilochar tadbirlar muntazam ravishda oʻtkazilib kelinadi.

9-aprel kuni maktabda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi va Amir Temur tavalludining 687 yilligi keng tarzda nishonlandi. Iqtidorli oʻquvchilar buyuk bobokalonimizning ibratli hayot yoʻlini mahorat bilan sahna koʻrinishlari orqali gavdalantirib berishdi.

 Dramatik rollar ijro etishga qiziquvchi, aktyorlik mahorati bor, iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatalash, isteʼdodlarini yuzaga chiqarish maqsadida maktab maʼmuriyati tomonidan oʻquvchilar uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Oʻquvchilar darsadan boʻsh paytlarida oʻzlarining moʻjazgina qoʻgʻirchoq teatrida oʻzbek xalq ertaklaridan parchalar ijro etib, boshlangʻich sinf oʻquvchilari eʼtiboriga havola etishadi. Yuqori sinfda oʻqiydigan aka-opalari tomonidan sahnalashtirilgan tomoshalar ularda katta tassurotlar qoldiradi, albatta.

Tumanimizdagi barcha taʼlim va tarbiya oʻchogʻi hisoblangan maktablarda oʻquvchilarning bilim olishi, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. Oʻquvchilardan esa qunt bilan bilim olishgina talab etiladi xalos.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026