16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:19
Siyosat 👁 339

“XALQ KONSTITUTsIYaSI BILAN XALQChIL DAVLAT SARI!” ShIORI OSTIDA TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

“XALQ KONSTITUTsIYaSI BILAN XALQChIL DAVLAT SARI!” ShIORI OSTIDA TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

Amudaryo tumanida Respublika targʻibotchilar guruhi ishtirokida referendumda faol boʻlishga chorlovchi “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari tashkil etildi.

18-aprel kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbir dastlab Daryoboʻyi mahallasidagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻtkazildi. “Inson qadri ustuvor boʻlgan yurtda rivojlanish boʻladi” nomli musiqiy-badiiy tadbirda 140 nafardan ziyod amudaryoliklar ishtirok etishdi. Ular Respublikadan tashrif buyurgan sanʼatkorlar ijrosidagi Vatan, tinchlik haqidagi kuy-qoʻshiqlarni tinglab, tomosha qilishdi. Elimiz suygan sanʼatkorlarning chiqishlari tadbir ishtirokchilariga juda katta zavq bagʻishladi.

Tadbir davomida Respublikadan tashrif buyurgan targʻibotchilar guruhi Daryo boʻyi mahallasida yashovchi boquvchisini yoʻqotgan Fazilat Matyoqubova xonadoniga tashrif buyurib, oila holidan xabar olishdi va ularga homiylik yordamlarini koʻrsatishdi.

Kunning ikkinchi yarmida tadbirlar tuman Madaniyat boʻlimining kontsertlar zalida davom ettirildi. Unda Respublika targʻibotchilar guruhi “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” mavzusida yangi qabul qilinishi rejalashtirilgan Konstitutsiya maʼno-mazmuni, xotin qizlar, yoshlar va aholini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kiritilayotgan oʻzgarishlar, yangi normalar bilan tanishtirishdi.

Har bir mamlakat Konstitutsiyasi uning siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanligini aytib, soʻnggi yillarda mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni qurish yoʻlida salmoqli yutuqlarga erishilgani, Konstitutsiyaga oʻzgartishlar kiritish boʻyicha boʻlib oʻtadigan referendum mamlakatimizning zamonaviy tarixida muhim siyosiy voqea ekanini alohida eʼtirof etishdi.

Tadbirda Asosiy qonun loyihasini tayyorlash jarayonida fuqarolarning faol ishtirok etgani va Bosh qonunimiz mamlakat hayotining barcha jabhalarida kechayotgan tub oʻzgarishlarning uzviy qismi ekanligi, ularning mustahkam huquqiy asosini yaratishi hamda jamiyatdagi bugungi real voqelikka va shiddatli islohotlarga moslashtirilgani toʻgʻrisida batafsil tushunchalar, maʼlumotlar berildi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratishi, aholi farovonligini oshirishi, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishi hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida muhim omil boʻlishi, asosiysi Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida yangi davrni boshlab berishi alohida taʼkidlandi.

Zulfiya nomli Davlat mukofoti sovrindori, amudaryolik Barno Samandarova ham Konstitutsiyaviy qonun loyihasida yoshlarga oid yangi normalar belgilanayotganidan yanda ruhlangani haqida soʻzladi. Shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlashi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantirishi haqidagi normalar kiritilganini aytib oʻtdi. Respublikaning eng chekka hududidan boʻlishiga qaramasdan, ushbu mukofotni olishga muvaffaq boʻlgani yoshlarga qaratilgan eʼtiborni yorqin dalili ekanligini faxr bilan eʼtirof etdi.

 Tadbirda Respublikadan tashrif buyurgan taniqli sanʼatkorlar va tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan musiqiy dastur namoyish etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019