16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:44
Fan va taʼlim 👁 345

XORIJIY TILLARNI OʻQITISh BOʻYIChA ENG YaXShI MAKTAB ANIQLANDI

XORIJIY TILLARNI OʻQITISh BOʻYIChA ENG YaXShI MAKTAB ANIQLANDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 19-maydagi Qaroriga asosan 19-aprel kuni Amudaryo tumanidagi 40-sonli maktabda “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi.

Ushbu tanlovni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad – maktablar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, ularda xorijiy tillarni oʻqitishning darajasi va sifatini oshirishni ragʻbatlantirish, oʻqitish sifati boʻyicha xalqaro mezon va standartlarga muvofiq yuqori koʻrsatkichlarga erishishga zamin yaratishdan iborat. Shuningdek, maktablarda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini tahlil qilish, xorijiy tillar boʻyicha oʻquvchilarga sifatli taʼlim berayotgan, samarali faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarni aniqlash va ragʻbatlantirish, tanlovda yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan maktablarni ragʻbatlantirish, ularning tajribasini ommalashtirishga eʼtibor qaratish mazkur tanlov tashkilotchilarining asosiy vazifalariga kiradi.

Tanlov Nizomiga asosan har bir maktabdan bir nafardan ingliz, nemis yoki frantsuz tili boʻyicha 7- 9-sinflarda tahsil oladigan 5 nafar oʻquvchidan tashkil topgan bitta terma jamoa ishtirok etishi belgilangan. Unga koʻra, tanlovda tumanimizning 70 ta umumtaʼlim maktablaridan 343 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan 70 ta maktab 2022-yil sentyabr-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining axborot tizimiga Vazirlik tomonidan belgilangan asosiy koʻrsatkichlarini kiritdi va tizim tomonidan baholandi. Maktab terma jamoasining xorijiy tillarni bilish darajasi test topshiriqlari vositasida sinovdan oʻtkazildi. Test sinovlari barcha tuman va shaharlarda bir vaqtda, 2023-yil 19-aprel kuni soat 11:00 da boshlandi va bir vaqtda, 12:30 da yakunlandi.

Xorijiy til bilish darajasini aniqlashga qaratilgan test topshiriqlari 7-9-sinf oʻquvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, topshiriqlar xalqaro taʼlim standartlari asosida tayyorlangan 30 ta topshiriqdan iborat boʻlib, maktab terma jamoasining bali jamoa aʼzolari toʻplagan jami ballarni 5 ga boʻlgan holda aniqlandi va asosiy koʻrsatkichlarga qoʻyilgan ballar qoʻshilgan holda maktabning umumiy natijasi aniqlandi.

Umumiy natijaga asosan eng yuqori ball toʻplagan maktablar ballar ketma-ketligiga koʻra, 1-oʻrinni tumanimizning 40-sonli maktabi, 2-oʻrinni- 30-sonli maktab, 3-oʻrinni 56-sonli maktablar egalladi. Tuman bosqichida 1-oʻrinni koʻlga kiritgan maktab Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida qatnashish huquqiga ega boʻldi.

Tanlov nizomiga koʻra, gʻoliblar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadi, yaʼni, tuman yoki shahar bosqichida 1-oʻrin uchun — 100 million soʻm, 2-oʻrin uchun — 75 million soʻm, 3-oʻrin uchun — 50 million soʻm. Mukofot pullari tuman yoki shahar mahalliy byudjetlari hisobidan ajratiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida 1-oʻrin uchun — 250 million soʻm, 2-oʻrin uchun — 200 million soʻm, 3-oʻrin uchun — 150 million soʻm mukofot puli ajratilgan boʻlib, ushbu mablagʻ Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari hisobidan ajratilishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida esa 1-oʻrin uchun — 500 million soʻm, 2-oʻrin uchun — 400 million soʻm, 3-oʻrin oʻrin uchun — 300 million soʻm pul mukofotlari beriladi va mablagʻ respublika byudjetidan va Xalq taʼlimi vazirligining markazlashgan xarajatlariga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.

Biz tanlovning tuman bosqichi gʻoliblarini chin dildan tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda omad tilaymiz.

Ravshan BAHROMOV

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019