16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 14:57
Siyosat 👁 288

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 60-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 60-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2023-yil 25-aprel kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 60-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyani tuman hokimi – Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 7-Oybek saylov okrugidan deputat Saʼdulla Sodikov saylandi.

Sessiyada dastlab Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan 2023-yilning dastlabki 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sud raisi Qayrulla Atamuratovning axboroti tinglandi. Axborotda keltirib oʻtilganidek, mazkur davr mobaynida sud tomonidan 1393ta ish koʻrib tamomlangan. Shuningdek, buyruq tartibida jami 884 arizalar boʻyicha sud buyrugʻi chiqarilgan.

Shundan keyin Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan 2023-yilning1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sud raisi Asqar Safarov axborot berdi. Axborotda 3 oy mobaynida 29ta ish boʻyicha 39 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha ayblov hukmi chiqarilib, 13 ta ish boʻyicha 13 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi xarakatdan tugatilgani, 3ta ish boʻyicha 4 nafar shaxsga nisbatan oqlov huqmi chiqarilgani qayd etildi.

Sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman hokimi – 1-sektor rahbari Sultonboy Yoʻldashevning hisobotida taʼkidlanganidek, joriy yilning 3 oyi mobaynida sektor hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 30,7 mlrd. soʻmlik 26ta loyihalar ishga tushirilib, 132ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.

3-sektor rahbari – tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamaladdin Yusupov oʻz hisobotida joriy yilning 3 oyi davomida “Bandlik” dasturiga muvofiq Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan 138 nafar fuqarolar ishga joylashtirilganini, ijtimoiy himoyaga muhtoj 25 nafar fuqaro esa reablitatsiya-texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlanganini aytib oʻtdi.

4-sektor rahbari – tuman DSI boshligʻi Aydos Seyitov hisobotida qayd etib oʻtilganidek, sektor hududida yashovchi 40 nafar ishsiz fuqarolar kasbga oʻqitilgan, 112 nafar fuqarolarga oilaviy tadbirkorlikini boshlashlari uchun 1 mlrd 904 mln. soʻmlik kreditlar ajratilgan.

Sessiya ishida tuman Xalq qabulxonasi, sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabovning axboroti tinglandi. Axborotda qayd etilganidek, 2023-yilning 1-choragi davomida tuman aholisi tomonidan yoʻllangan murojaatlarning aksariyati bolalar nafaqasini tayinlash, aliment undirish, ish bilan taʼminlash, moddiy yordam, sogʻliqni saqlash va tabiiy gaz bilan bogʻliq muammolar haqida boʻlgan.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Jamaladdin Yusupovning hisoboti tinglandi. Hisobotda taʼkidlanganidek, tumanda olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida oʻtgan 3 oyda qayd etilgan jami jinoyatlar oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 45 tadan 40 ga yaʼni 5 taga kamayishiga erishilgan.

Sessiya davomida tuman Adliya boʻlimi tomonidan 2023-yilning dastlabki 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Adliya boʻlimi boshligʻi Mansur Sadikovning hisoboti tinglandi. Hisobotda aytib oʻtilganidek, boʻlim tomonidan 3 oy davomida jami 43 ta davlat organlari va tashkilotlariga 179 ta qonun va qonunosti aktlari yetkazilgan.

Sessiya ishida “Tashabbusli byudjet” loyihasining 1-mavsumi doirasida 2 mingdan ortiq ovoz toʻplab, qoʻshimcha tarzda gʻolib boʻlgan 9 ta tashabbuslar loyihasini gʻoliblar qatoriga qoʻshish boʻyicha tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev tomonidan taklif berildi. Taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Sessiya kun tartibida Amudaryo tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish shoʻʼbasining joriy yilning 1-choragi davomidagi faoliyati yuzasidan shoʻʼba mudiri Jahongir Xolmurodovning axboroti tinglandi. Taʼkidlab oʻtilganidek, voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hozirgi kunga qadar 78 ta “Oʻquvchi”, “Tungi reyd”, “Tigʻ” va ”Davomat” tadbirlari oʻtkazilgan.

Sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Palvonov hisobot berdi. Hisobotda dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish, chorvachilik, paxta-gʻallachilikni rivojlantirish maqsadida zahira yer maydonlarini ochiq elektron tanlovga qoʻyish boʻyicha taklif berildi. Taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026