16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:17
Siyosat 👁 407

QILIChBOYDA TARGʻIBOT TADBIRI BOʻLIB OʻTDI

QILIChBOYDA TARGʻIBOT TADBIRI BOʻLIB OʻTDI

Azal-azaldan bir oila farzandlariday Oʻzbekiston zaminida ahil va hamjihatlikda, qon-qarindoshlik, doʻst-birodarlik rishtalari bilan mustahkam bogʻlanib umrguzaronlik qilib kelayotgan turli millat vakillaridan tashkil topgan xalqimiz uchun gʻoyat masʼuliyatli va sharafli jarayon – Asosiy Qonunimizga kiritilayotgan oʻzgarishlarni maʼqullash uchun oʻtkazilayotgan umumxalq referendumiga sanoqligina kunlar qoldi.

Mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi tumanimizda  ham ushbu muhim siyosiy jarayonga puxta hozirlik koʻrildi. Referendum oʻtkazuvchi uchastkalar zarur jihozlar, axborot texnologiya vositalari bilan jihozlanib, fuqarolarning emin-erkin ovoz berishlari uchun sharoitlar yaratildi. Referendum oldi targʻibot-tashviqot tadbirlarida aholiga Konstitutsiyamizga kiritilayotgan oʻzgarishlar, ularning zarurligi va ahamiyati keng tushuntirildi.

Shunisi eʼtiborliki, Asosiy Qonunimizga kiritilayotgan oʻzgarishlarning barchasida xalqimizning xohish-irodasi oʻz aksini topgan. Yaʼni mamlkatimiz aholisining 220 mingdan  ortiq fikr, takliflari qabul qilingan va tahlil qilinib, kiritilayotgan oʻzgarishlarda oʻz ifodasini topgan.

Shu yilning 27-aprelida tumanimizning Qilichboy ovulida ham Asosiy Qonunimizga kiritilayotgan oʻzgarishlar, umumxalq referendumida faollik  bilan qatnashib, oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlash targʻib etilgan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni ovul fuqarolar yigʻini raisi Bahrom Qodirov ochdi va ishtirokchilarni befarq boʻlmay, 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumida faol qatnashib, kiritilayotgan oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi. Ovuldagi Madaniyat markazi oldiga yigʻilgan turli yoshdagi aholi uning chaqirigʻini qarsaklar bilan olqishladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Qilichboy elining nomdor farzandi, ana shunday masʼuliyatli siyosiy jarayon arafasida ovuldoshlari bilan hamnafas  boʻlib turgan Zumrad Bekatova ham soʻzga chiqib, Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgarishlar xususida batafsil gapirdi va barchani bu oʻzgarishlarga befarq boʻlmaslikka, qoʻllab-quvvatlashga  daʼvat etdi. Taʼkidlanganidek, avvallari fuqaroni  ishga qabul qilishda, tegishli lavozimlarga tayinlashda yaqin qarindoshlarining sudlanganlik holatiga, yoxud ijtiimoiy kelib chiqishiga qaralar edi. Afsuski bunday yondashuvdan aziyat chekkan, mahorati, iqtidori toptalganlar koʻp boʻldi. Ushbu adolatsiz tamoyilga chek qoʻyish maqsadida yangi Konstitutsiyada shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emasligi qonun bilan mustahkamlanmoqda. Shuningdek 53-moddaning birinchi qismida “Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod ekinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi”, deyilgan. Bu norma badiiy ijod erkinligining himoya qilish hamda adiblarni rassomlarni, aktyor va rejissyorlarni, ommaviy axborot vositalari vakillarini, isteʼdodli yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Maʼruzachi soʻzi  oxirida ovuldoshlarini har bir oʻzgarish inson baxt-saodati, yurt tinchligiga xizmat qilishini taʼkidlab, barchani referendumda faol ishtirok etib, oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlashga daʼvat etdi.

Tadbirda 2-sektor rahbari, tuman prokurori Aziz Roʻzmetov ham soʻzga chiqib, aholini referendumda qatnashishga chaqirdi.

Targʻibot tadbiri Qilichboy Madaniyat markazida faoliyat yuritayotgan toʻgaraklar aʼzolari ishtirokida tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019