16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:44
Fan va taʼlim 👁 450

Salomatlik va sifatli ovqatlanishni tashkil etish oyligi doirasida seminar-trening oʻtkazildi

Salomatlik va sifatli ovqatlanishni tashkil etish oyligi doirasida seminar-trening oʻtkazildi

Bugungi kunda mamlakatimizda ertamiz egalari boʻlgan yosh avlod tarbiyasi va ularning maktabgacha boʻlgan tayyorgarligiga katta eʼtibor qaratilib, maktabgacha taʼlim tizimida bir qator yangilanishlar hamda oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Chunki, maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning kelgusida qanday inson boʻlishini belgilab beradi. Shu bilan birga, maktabgacha taʼlim uygʻun rivojlangan shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muassasalarda bolalarga berilayotgan taʼlim va tarbiya ularning shaxs sifatida shakillanishida qanchalik muhim ahamiyat kasb etsa, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi, toʻgʻri ovqatlanishi ham bolaning kamolotida shunchalik muhim oʻrin tutadi.

Shu sababli ham maktabgacha taʼlim tizimida aprel oyi “Salomatlik va sifatli ovqatlanishni tashkil etish oyligi” deb eʼlon qilingan. Bundan koʻzlangan maqsad − maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni xavfsiz va sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish, muassasalarning oshxonalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash va epidemiyaga qarshi tadbirlar samaradorligini oshirish, ovqat tayyorlash uchun masʼul xodimlarning bilimlarini mustahkamlashdan iborat.

Shu munosabat bilan 28-aprel kuni Amudaryo tumanidagi 40-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Bolalar salomatligini taʼminlash va sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish – eng muhim vazifamiz!” shiori ostida koʻrgazmali seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Seminar-treningda Qoraqolpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimlari, Qoraqolpogʻiston Respublikasi Oshpazlar uyushmasi aʼzolari, Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi mutaxassislari hamda tumandagi barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari oshpazlari ishtirok etishdi.

Seminar-trening davomida tizim xodimlariga Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, bolalarning sogʻlom va barkamol oʻsishini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga muzlatgichda saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sanitariya-gigiyena qoidalariga toʻgʻri kelishi, taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash, oshxonalarda tayyorlanayotgan taomlarga sifatli masalliqlar ishlatish lozimligi batafsil tushuntirildi.

Seminar-treningda oshxonalarni orasta saqlash lozimligi, bolalar uchun shakllantirilgan kunlik taomnomalarning tarkibida ozuqaviy moddalarning yetarli miqdorda boʻlishi kerakligi aytib oʻtildi.

Seminar yakunida maktabgacha taʼlim tizimida namunali faoliyat yuritayotgan bir guruh oshpazlar tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishda nafaqat muassasa mudiralari, balki oshpaz va hamshiralar, tarbiyachilar ham masʼuldirlar. Sababi, ertangi kun egalari boʻlgan yosh avlodning salomatligini saqlash har kim uchun muhim va dolzarb vazifadir.

Diana Bazarbayeva QDUning jurnalistika fakulʼteti talabasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019