16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:31
Jamiyat 👁 402

AYoLLIK BAXTIDAN ZIYNATLANGAN UMR

AYoLLIK BAXTIDAN ZIYNATLANGAN UMR

Har galgi dars yakunida oʻquvchilariga ezgu tilaklar bildirishga odatlangan til va adabiyot fani oʻqituvchisi Gulchehra Matmurodovaning maʼruzalari oʻquvchilar koʻz oldida  kelajakning yorqin sahifalarini ochib qoʻygan kabi maroqli kechardi. Oʻqituvchining  inson qadr-qimmati, shaxs sifatidagi shakllanish jarayonlari haqidagi maʼruzasidan soʻng, sinfga bir muddat jimlik choʻkdi. Oʻquvchilar xuddi sehrlangan  kabi ustozining soʻzlariga mahliyo boʻlib oʻtirishardi.

– Qani, mening fikrimni kim davom ettiradi?

Sinf toʻla bolalar orasidagi jimlik uzoqqa choʻzilmadi.

– Men, – koʻzlari tiyrak, yuzida oʻziga nisbatan ishonch aks etib turgan yoqimtoy bolalardan biri qoʻlini koʻtardi.

– Yana Yoʻldashevmi, boshqalarda fikr yoʻqmi? – sinfga koʻz yugurtirdi oʻqituvchi.

Asta-sekin bolalar dadillashib, qoʻllarini  koʻtara boshlashdi.

– Yaxshi, birinchi Yoʻldashevdan eshitamiz, xoʻsh, insonning xulq-atvori oʻziga nima beradi?

Oʻquvchi doska oldiga chiqdi va:

– Alisher Navoiydan bayt keltirsam maylimi? – dedi dadillik bilan.

– Albatta, agar Navoiy  aytmoqchi boʻlgan fikr maʼnosini uqqan boʻlsang, senga hoziroq “5” baho qoʻyaman.

Har kishikim, topsa davron ichra johu eʼtibor,

Kim aning zotida bedodu sitam boʻlgʻay qiligʻ.

Yaxshiligʻ gar qilmasa, bori yomonligʻ qilmasa,

Kim yomonligʻ qilmasa, qilgʻonga bordur yaxshiligʻ.

– Alisher Navoiy bu qitʼasida insonning elda eʼtibor topmogʻi uning xulqidandir, demoqda.Agar yaxshilik qilmasa, oʻz xulqi, qiligʻi oʻziga jabr-sitam keltiradi, yomonlikdan yiroq  boʻlib, yaxshilik  yoʻlini tutsa, insonlarga qilgan yaxshi amallari miqdoricha yaxshilik koʻradi, demoqda.

– Barakalla! – Oʻqituvchi quvonch bilan oʻquvchisini olqishladi. – Olib kel kundaligingni, men senga “5” baho qoʻyaman!

Oʻquvchi kulimsirab, tortinchoqlik bilan oʻqituvchisidan uzr soʻradi.

– Boya darsda baho olgan edim, kundaligimda...

– Baribir, olib kelaver, men oʻz vaʼdamni bajaraman, – dedi  oʻqituvchi mamnun.

U kundalikni ochib, shu kungi darslarning barchasidan oʻquvchisining “aʼlo” baho olganini koʻrdi.

G.Matmurodova oʻquvchisining kundalik reyting daftariga noodatiy tarzda, “5” baho yoniga yana bir “5” raqamini  yozib qoʻydi va oʻquvchining “5”lari 7 ta boʻldi.

Bu oʻquvchi keyinchalik taniqli davlat va jamoat arbobi boʻlib yetishgan Rajapboy Yoʻldashev edi...

Endigina institutni tugatib, soʻlim Doʻrman qishlogʻidagi 20-maktabda ilk pedagogik faoliyatini boshlagan G.Matmurodova salkam 40-yil davomida qilichboylik yoshlarga ona tili va adabiyot fanidan dars berdi, hamkasbi Adilboy Rajabov bilan turmush qurdi. Tarix fani oʻqituvchisi boʻlgan Adilboy Rajabov, garchi boshqa maktabda ishlasa-da, Gulchehraxonning oʻquvchilarini tanir, “Yoʻldosh ogʻaning oʻgʻli Rajapboy – oʻsadigan bola”, deb qoʻyardi baʼzan oilaviy suhbatlarda.

Rajapboy Yoʻldashev haqiqatan ham “oʻsdi”. Oddiy quruvchi-muhandislikdan yirik davlat va jamoat arbobi darajasiga yetdi.

Amudaryo tuman ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimida ishlayotgan kezlari edi. Azim Qilichboyning Yuqori qishloq mavzesiga yoʻli tushdi. Yoʻl boʻylab shoshilib ketib  borayotgan ayol koʻziga tanish koʻrindi.

– Ustoz-ku! Gulchehraxon muallim! – U mashinasini taqqa toʻxtatdi. Qattiq tormoz berilganidan ayol choʻchib, mashina tarafga qaradi. Mashinadan oddiy va sipo kiyingan Rajapboy Yoʻldashev tushib kelardi.

Gulcheraxon ustoz quvonch bilan “oʻquvchi”siga quchogʻini ochdi. Hol-ahvol soʻrashganlaridan soʻng, “oʻquvchi” ustozining ishlari, turmush sharoiti bilan qiziqdi.

Rajapboy Yoʻldashev ustozining 10 nafar farzandi borligini bilardi.

– Oʻnta bolaning onasi boʻldim, – dedi koʻzlari yashnab ustozi, – sizlar ham mening bolalarimsiz. Hayotga oʻzi shunaqa, intilaverasan, izlaganingni topganing sari yanada koʻproq narsaga erishish uchun ortga boqmay ketaverasan.

G.Matmurodova olis yillar qatida qolgan adabiyot darsini esladi:

– “Kim yomonligʻ qilmasa, qilgʻonga bordir yaxshiligʻ”. Esingdami, oʻshanda senga qoʻshaloq “5” baho qoʻygan edim. Ishonchni oqlading, rahmat senga.

Rajapboy Yoʻldashev qarshisida turgan onasiday hokisor, samimiy va mehribon, hech qachon oʻzgarmaydigan, baʼzilarga oʻxshab shamolning esishiga qarab ish tutmaydigan ustozi G.Matmurodovaga mehr bilan boqdi. Oʻn nafar oʻgʻil-qizni tarbiyalayotgan va hamon taʼlim-tarbiya sohasidan koʻnglini, maktabdan oyogʻini uzmagan ustozini shu kuni uyiga eltib qoʻydi. Ustoziga hech narsa demadi-yu, ertasiga ishxonasiga keliboq, xodimasiga ustozining hujjatlarini taxlab berishni buyurdi.

Oʻshanda 1984-yil edi. G.Matmurodovaga sobiq Ittifoq davrida koʻp bolali onalar uchun taʼsis etilgan “Qahramon ona” unvoni va “Moskvich” rusumli avtomobilni mukofotga berishdi...

Gulchehra momo umr yoʻldoshi, Adilboy ogʻa Rajabov bilan 5 oʻgʻil, 5 qizni el-yurtga munosib farzandlar qilib voyaga yetkazishdi, kasb-korli qilishdi. Oʻgʻillarining biri ichki ishlar xodimi sifatida el-yurt osoyishtaligini saqlashga xizmat qilib, nafaqaga chiqqan boʻlsa, boshqalari tadbirkor dehqon, sohibkor bogʻbon, qizlari ham biri-biridan oqila, serfarzand oila bekalari.

Kelinlarini koʻrsangiz, odob-u ikromidan koʻnglingiz yashnaydi. Bugun bu katta xonadondan azim Qilichboyning toʻrt tarafiga ildiz qoʻygan, misli navnihol kabi unib-oʻsayotgan farzandlar, nevara-yu chevaralarning oʻz uy-koʻshklari – obod oila qoʻrgʻonlari fayzga toʻla. 80 yoshni qoralagan Gulchehraxon momoning nevara-yu chevaralari bir yigʻilib kelishsa, Alloh rahmat qilsin, Adilboy ogʻa bilan momomiz bunyod etgan keng va sarishta, farishtali hovliga sigʻmay ketishadi. 10 nafar farzandining oilalari chamanida ungan 30 nevara, 30 chevaraga kuyovlar-u kelinlarni, nevara kelin-u nevara kuyovlarni ham qoʻshib bola-chaqalarim, deb barmoq bukayotgan momo sanoqda adashib ketadi. Yetmish, sakson raqamlaridan soʻng:

– 100 dan oshgan koʻrinadi. Mayli Allohim koʻp koʻrmasin, – deya duo qiladilar.

Faxriy oʻqituvchi, “Qahramon ona” Gulchehra momo Matmurodova hamon tetik, bardam, xotiralari binoyiday. Bugun Faxriddin oʻgʻlinikida boʻlsa, ertasiga Xayriddinnikida, boshqa kuni yo oʻgʻillari Sharofaddin va Shuhratnikiga yoʻl oladi. Mahallaning toʻy-hashamlarida yoshlarga maslahatgoʻy, nafaqat oʻgʻillari, balki besh nafar qizlarining ham oilalari tinchligi, farovonligi uchun jonfido. Shukurki, farzandlarining barchasi mehnatkash, uyim-joyim, degan aqlli-farosatli.

Gulchehra momo. Oddiy qishloq ayoli. Oddiy oʻqituvchi boʻlib, el-yurtga ilm ziyosi – maʼnaviyat va maʼrifat ulashib yashagan ustoz. Ana shu qilgan ezgu amali bugun oʻzi aytmoqchi, eldan, shogirdlaridan, farzandlari va nevara-chevaralaridan yaxshilik boʻlib qaytayotgan, hamon yaxshilik qilib yashashni kundalik shioriga aylantirib, goʻzal fazilatlari bilan xulqini ziynatlagan hokisor ona. Uning bu hayotdan topgani ham shu – mehnat va aql-idrok bilan bunyod etgan oila saltanati va ayollik baxti. Zero, ana shu baxti uning umriga ziynat baxsh etgan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019