16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:44
Fan va taʼlim 👁 417

83-sonli maktabda “Hayot goʻzal, yashash uchun 1001 sabab!” aktsiyasi doirasida rang-tasvir yoʻnalishi ishqibozlari ishtirokida koʻrik-tanlov oʻtkazildi

83-sonli maktabda “Hayot goʻzal,  yashash uchun 1001 sabab!” aktsiyasi doirasida rang-tasvir yoʻnalishi ishqibozlari ishtirokida koʻrik-tanlov oʻtkazildi

Hayot – chindanam goʻzal. Uning har lahzasidan bahra olib, qadrini bilib yashash esa yanada gashtli. Lekin inson hayotida baʼzan shunday lahzalar boʻladiki, kundalik tashvishlar, oiladagi arzimagan dilxiraliklar tufayli koʻngli choʻkib, tushkun kayfiyatga tushib qoladi va buning oqibatida oʻziga bevaqt kasallik orttirib oladi. Asabiylashib, odamovi, baʼzan jizzaki boʻlib qolganidan qoʻli ishga bormaydi, koʻpchilikka, aralashishdan oʻzini chetga oladigan, qandaydir loqayd kayfiyatda yuradi.

Xoʻsh, insonni bu kabi noxush holatdan olib chiqish, uning ruhiy holatini yaxshilashning imkoni bormi? “Albatta”, deb javob berishadi psixologlar.

Joriy yilning 25-27-aprel sanalarida Amudaryo tumanida “Hayot goʻzal, yashash uchun 1001 sabab” mavzusida aktsiya oʻtkazildi. Aktsiya doirasidagi tadbirlarga taʼlim-tarbiya muassasalari xodimlari, umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilari va ularning ota-onalari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari xodimlari, IIB inspektor-psixologlari hamda tuman hududidagi oilaviy poliklinikalar mutaxassislari qamrab olindi.

Amudaryo tumanidagi 83-sonli umumtaʼlim maktabida Nafisa Aminboyeva rahbarligida boʻlib oʻtgan “Hayot goʼzal!” mavzusidagi rang-tasvir yoʻnalishi ishqibozlari ishtirokidagi koʻrik-tanlov oʻzining qamrovi hamda rassomlik boʻyicha iqtidori bor oʻquvchi-yoshlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlagani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Koʻrik-tanlovda rassomlik yoʻnalishiga qiziquvchi iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishib, oʻz qobiliyatlarini amalda namoyon qilish orqali kelgusi orzulari xususida toʻlqinlanib soʻzladilar, chizgan rasmlari, tabiat manzaralari, natyurmort janridagi ijodiy ishlari bilan oʻz kelajaklariga loqayd emasliklarini, hayot goʻzalliklarini chuqur idrok etishga qodir shaxslar sifatida shakllanayotganlarini rang-tasvir jilolarida gavdalantira oldilar.

Tumandagi maktablarda toʻrtta bosqichda boʻlib oʻtgan mazkur aktsiyadan koʻzlangan maqsad – oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi shaxslararo munosabatlarda ijobiy muloqot tamoyillarini shakllantirish, ota-ona va farzand oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy munosabatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga koʻra, shok holatga tushib qolgan oʻquvchilar bilan jamoaviy ishlash orqali ularning ruhiyatida ijobiy oʻzgarishlarga erishish.

Bundan tashqari, taʼlim muassasasi xodimlari va oʻquvchilarida hayotiy koʻnikmalar va erkin kreativ fikrlashni rivojlantirish, oʻquvchilar orasida zoʻravonlik, autodestruktiv va destruktiv xulq-atvor, jinoyatchilik singari salbiy illatlarga qarshi kuchli immunitetni shakllantirish orqali ularda hayotni sevish, hayotdan zavqlanib, atrofidagilarga ham zavq-shavq ulashib yashash tuygʻusini uygʻotishdan iborat.

Umumtaʼlim muassasalarida uch kun davom etgan “Hayot goʻzal, yashash uchun 1001 sabab!” mavzusidagi 4 bosqichli aktsiya doirasida boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va ota-onalar uchun “Siz farzandingizni bilasizmi?” mavzusida kreativ oʻyinlar, oʻrta sinf oʻquvchilari va ularning ota-onalari uchun “Yashil doira orqali goʻzal hayot sari!” mavzusida breyn-ringlar, yuqori sinf oʻquvchilari va ularning ota-onalariga moʻljallangan “Bizning oilamiz eng goʻzal oila ekanligiga 1001 sabab” mavzusida koʻrik-tanlov, pedagog-xodimlar uchun “Oʻqituvchilik – eng sharafli kasb ekanligiga 1001 sabab” mavzusida koʻrik-tanlov hamda “Hayot goʼzal!” deb nomlangan qiziqarli seminar-trening mashgʻulotlari tashkil etildi.

Shuningdek, xoʻjalik ishlari boʻyicha masʼul xodimlar uchun “Qadriyatlar” va “Hayotiy koʻnikmalar” trening mashgʻulotlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari xodimlari hamda IIB inspektor-psixologlari, oilaviy poliklinikalar shifokorlari ishtirokidagi tadbirlar gʻoyatda mazmunli, qiziqarli taassurotlarga boy tarzda oʻtdi.

“Hayot goʻzal, yashash uchun 1001 sabab!” mavzusidagi aktsiya doirasida oʻtkazilgan barcha tadbirlar ishtirokchilarga olam-olam zavq-shavq bagʻishladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019