16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:58
Fan va taʼlim 👁 307

BOShLANGʻICh SINFLAR OʻQUVChILARIGA BERILAYoTGAN YeNGIL NONUShTA TAYYoRLANIShI, TARQATILIShI NAZORAT QILINMOQDA

BOShLANGʻICh SINFLAR OʻQUVChILARIGA BERILAYoTGAN YeNGIL NONUShTA TAYYoRLANIShI, TARQATILIShI NAZORAT QILINMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi 2022-yil 28-yanvardagi Farmoniga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bosqichma-bosqich bepul ovqat bilan taʼminlash tizimini yoʻlga qoʻyish belgilangan edi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 472-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan Amudaryo tumanida ham muayyan ishlar qilinmoqda. Mavjud 85 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 1-4-sinflari oʻquvchilarini bepul ovqatlantirish tashkil etilgan va hozirgi kunga qadar davom ettirilmoqda.

Tumandagi 85 ta maktablarda tahsil olayotgan jami 14 ming 769 nafar boshlangʻich sinf oʻquvchilariga 4 ta tadbirkorlik subʼekti tomonida yengil nonushta yetkazlib berilmoqda. “Shoxnur Azatovich”, “Navroʻz”, “Mangʻit milk”, “Tabassum” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari shular jumlasidandir. 

“Shoxnur Azatovich” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 13 ta,  “Navroʻz” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 29 ta, “Mangʻit milk” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 14 ta hamda “Tabassum” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 29 ta umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻz vaqtida va sifatli yengil nonushta bilan taʼminlanmoqda.

1-4-sinflar oʻquvchilarini keytering usulida sogʻlom ovqatlantirish maqsadida tumandagi 85 ta maktablarning oshxonalarida va sinf xonalarida sanitariya va gigiyena qoidalari, normalari hamda talablariga mos shart-sharoitlar yaratilgan. Bu borada maktablarda maxsus komissiyalar tashkil qilingan boʻlib, maxsus komissiya tarkibiga shu maktabning direktori, hamshirasi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, maktabning amaliyotchi psixologi va sinf rahbarlari hamda ota-onalar vakillari kiritilgan. Ular kunlik hisobotlarini, 1-4-sinf oʻquvchilar davomatini tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga har kuni berib boradi va hisobotlar umumlashtirilib, kundalik.com tizimi bilan solishtirilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga yetkaziladi.

Bundan tashqari, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining boshlangʻich sinf oʻquvchilarini keytering usulida bepul ovqatlantirishning standart talablariga mosligini kundalik koʻrikdan oʻtkazib borish maqsadida tuman hokimligining bayoni asosida ishchi guruh tuzilgan.

Ishchi guruh tarkibiga tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi, tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tuman boʻlimi boshligʻi ham kiritilgan.

Ular muntazam ravishda oʻquvchilarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan talablarga mosligi, oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya-gigiyena talablari hamda taomnomaga mosligini va miqdorlarini koʻrikdan oʻtkazdilar.

Shuni eʼtirof etish kerakki, oʻquvchilarga sifatli yengil nonushta tayyorlash va yetkazib berishda “Navroʻz” masʼuliyati cheklangan jamiyati bazasi Qoraqalpogʻiston Respublikasida eng namunali baza deb topildi. Bu yerda tumanimizdagi 30 ta maktabning 4983 nafar boshlangʻich sinf oʻquvchilariga keytering usulida yengil nonushta tarqatib kelinmoqda. Taomnomadagi oziq-ovqat mahsulotlarining 60 foizi shu yerda ishlab chiqariladi va shu kunning oʻzida qadoqlanib, 30 ta maktabga yetkazib berilmoqda.

Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida ishchi guruh aʼzolari 1-4-sinflar oʻquvchilariga berilayotgan yengil nonushta mahsulotlarining tayyorlanishi va tarqatilishini koʻzdan kechirib, tegishli xulosalar berib bormoqdalar.

Bolalar – kelajagimiz. Ularning jismonan va maʼnan sogʻlom boʻlib ulgʻayishi koʻp jihatdan sogʻlom va sifatli ovqatlanishiga ham bogʻliq. Shunday ekan, bu borada nazorat oʻrnatish nafaqat masʼul idoralarning, balki keng jamoatchilikning ham vazifasi boʻlmogʻi kerak.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019