16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:59
Siyosat 👁 265

“KONSTITUTsIYa VA YoShLAR” MAVZUSIDA SEMINAR TAShKIL ETILDI

“KONSTITUTsIYa VA YoShLAR” MAVZUSIDA SEMINAR TAShKIL ETILDI

Konstitutsiyamiz mustaqil, suveren demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va uning himoyasini kafolatlash, shuningdek, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy poydevoridir.

Shaxs, jamiyat va davlat uchun eng muhim boʻlgan qoidani oʻzida ifoda etib, mamlakatimizda barkamol avlod tarbiyasini tashkil etishni huquqiy mustahkamlashga xizmat qiluvchi Bosh Qomusimizning har bir boʻlim, bob va moddasining hayotimizdagi ahamiyati va oʻrnini yosh avlodga chuqur yetkazish maqsadida Qoraqalpoq Davlat Universitetining dotsenti, yuridika fanlar nomzodi Qurbonboy Saidnazarov ishtirokida “Konstitutsiya va yoshlar” mavzusida seminar tashkil etildi.

Shu yil 5-may kuni 35-sonli maktabda boʻlib oʻtgan ushbu seminarda 35-, 17-, 73-, 83-sonli maktablarning tarix va davlat huquq asoslari fani oʻqituvchilar hamda maktabning 11-sinf oʻquvchilar qatnashishdi.

Seminarda yuridika fanlar nomzodi Qurbonboy Saidnazarov soʻzga chiqib, yaqinda boʻlib oʻtgan referendum va shu yil 1-maydan kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi xususida gapirdi.

Taʼkidlanganidek, insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, farovon jamiyat barpo etishni orzu qilgan, inson qadri aziz boʻlgan adolatli davlat qurishni oʻz oldiga maqsad qilgan har qanday xalq davlat va huquq taraqqiyotining mashaqqatli va sharafli yoʻlini bosib oʻtganiga guvoh boʻlamiz. Soʻnggi yillarda xalqimiz yangi ulugʻvor marralar sari sobit qadamlar tashlagancha barcha toʻsiq va qiyinchiliklarni yengib oʻtib, mohiyatan bir-birini taqozo etuvchi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy sohalardagi izchil islohotlarni amalga oshirmoqda.

Seminar davomida Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 30-aprel kuni oʻtkazilgan referendum yakunlari toʻgʻrisida qaror qabul qilingani, Qarorga asosan, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni referendumda umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan deb tan olingani, Qonun mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kun – 1-maydan eʼtiboran kuchga kirgani toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Shuningdek, yangi Konstitutsiya 6 boʻlim, 155 moddadan iboratligi, endilikda Konstitutsiya normalariga tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qatʼiy nazar, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilinishi taʼkidlab oʻtildi.

Undan tashqari, bunga qadar 1992-yildan buyon Konstititutsiyaga jami 15-marta oʻzgartish kiritilgani, bu safar esa oʻzgarishlar koʻlami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilingani, yangilanish natijasida, bosh Qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshgani toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berildi. Ushbu Konstitutsiyada oʻqituvchilar alohida eʼtirof etilgani, oʻqituvchilar haqida 2 banddan iborat yangi modda qoʻshilgani haqida ham aytib oʻtildi.

Shundan soʻng, oʻqituvchi va oʻquvchilar yangi Konstitutsiya boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, toʻliq javoblar oldilar.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019