16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:43
Qishloq xoʻjaligi 👁 330

FERMER XOʻJALIKLARINING 1500 GEKTAR MAYDONIGA KARTOShKA EKILADI

FERMER XOʻJALIKLARINING 1500 GEKTAR MAYDONIGA KARTOShKA EKILADI

Kartoshkani xalqimiz bejizga ikkinchi non, deb atamaydi. Chunki kartoshka ham asosiy oziq-ovqat mahsulotimizdan biri, toʻyimli, shifobaxsh boʻlganligi uchun ham muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Bozorlarda kartoshkaning arzon, toʻkin va sifatli boʻlishini taʼminlash – xalqimizning rizq-nasibasi moʻl boʻlishini taʼminlash demakdir.

2020-yil 6-mayda qabul qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish, isteʼmol va urugʻlik kartoshkaga boʻlgan ichki bozor talabini qondirish, zamonaviy kartoshka plantatsiyalarini barpo etish, isteʼmol va urugʻlik kartoshkani saqlash, saralash, yetkazib berish va qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish, sohaga ilgʻor innovatsion texnologiyalarni joriy etish belgilangan edi.

Qarorda shuningdek, kartoshka yetishtirishda klasterlar, kooperativlar tashkil etish, ekinni yirik-yirik kartalarga yaxlit ekish boʻycha topshiriqlar berilgan edi.

Amudaryo tumanida ham kartoshka yetishtirishga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Xalqimizning asosiy oziq-ovqat mahsuloti – kartoshkachilik borasida tumanimiz dehqonlarining ham oʻziga xos tajriba va mahorati shakllanganki, shu tufayli bozorlarimiz toʻkin, narxi hamyonbop.

Quvonarlisi, endilikda isteʼmol uchun ham, urugʻlik uchun ham kartoshka yetishtirish hajmi ortadi. Endilikda bu boradagi ishlar klaster usulida tashkil etiladi.

Xolimbeg ovulidagi “Zafarbek Shermetov” fermer xoʻjaligida urugʻlik kartoshkani sifatli ekishga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

Koʻrgazmali seminarda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari Daryabay Qaypov, sektorlar rahbarlari, qishloq xoʻjaligi masʼullari, fermerlar, tomorqa yer egalari ishtirok etdilar.

Tadbirda isteʼmol va urugʻlik kartoshka navlarini sifatli ekish va moʻl hosil yetishtirish borasida fikr almashildi hamda bu boradagi kelgusi rejalar belgilab olindi.

Seminarda joriy yilda tuman boʻyicha qishloq xoʻjaligi korxonalarining 236 gektar, aholi tomorqalarining 1200 gektar yer maydonlariga ertagi kartoshka ekilib, parvarish qilinayotganligi taʼkidlandi. Endilikda kartoshkachilik klasteri tashkil etilishi munosabati bilan yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtirish uchun hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan, suv bilan taʼminlangan 1500 gektar maydonlari tanlab olindi. Jumladan, Toʻlqin ovuli hududidan 700 gektar, Xolimbeg ovuli hududidan 800 gektar paxta maydonlarini qisqartirish hisobiga mazkur dalalarga kartoshka ekiladi. Bunda hudud aholisining kartoshka yetishtirishga boʻlgan qiziqishi, bu boradagi tajribasi ham inobatga olinganligi tushuntirib oʻtildi.

Shu kungacha Rossiyadan “Gala” navli R1 avlodga mansub kartoshka urugʻi olib kelinib, Xolimbeg ovulidagi 20 gektar maydonga, Toʻlqin ovuli hududidagi 20 gektar maydonga ekildi va moʻl hosil yetishtirish choralari koʻrilmoqda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026