16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:00
Siyosat 👁 11,708

Amudaryo tumanida 9-may − Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi

Amudaryo tumanida 9-may − Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi

Mavzuga oid fotogalereya

8-may kuni Mangʻit shahridagi Xotira maydonida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari, front orti mehnat faxriylari, deputatlar, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.

Shundan soʻng tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻzga chiqib, mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirish, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik koʻrsatgan faxriylarimizga eʼtibor va ehtirom koʻrsatish, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan faxriylarni eʼzozlash borasida qilinayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Taʼkidlanganidek, oramizda boʻlgan urush va mehnat fronti faxriylari davlatimiz va jamiyatimizning doimo eʼzozida boʻlib, ularning insoniyatni fashizm balosidan qutqarish yoʻlida qilgan fidoiyliklari kelgusi avlodlarimiz uchun ibrat maktabidir.

Tadbirda “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi oʻrinbosari Bekmon ota Allaberganov fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan har bir yurtdoshimizning xotirasi kelgusi avlodlarimiz qalbida mangu yashashini, urush yillarida front ortida mardonavor mehnat qilib, xalq xoʻjaligining tiklanishiga munosib hissa qoʻshgan mehnat faxriylari avlodlar uchun matonat va fidoylik timsoli ekanligini taʼkidladi.

Shundan soʻng, marhumlar ruhiga Qurʼon tilovat qilinib, harbiy orkestr musiqasi ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi.

Soʻngra tadbirning Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan badiiy-musiqiy qismi boshlandi. Isteʼdodli yoshlar Ikkinchi jahon urushi yillarida yurtdoshlarimiz chekkan azob-uqubatlarni mohirlik bilan sahna koʻrinishlari orqali gavdalantirib berdilar.

Tadbirda tumanimizning taniqli xonandalari Vatan, tinchlik va osudalik, bugungi farovon va goʻzal hayotni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etishdi.

Tadbir tugagach, mehmonlar Xotira maydoni yonida qad rostlagan tuman tarixi muzeyida boʻlib, tarix sahifalarini oʻzida aks ettiruvchi eksonatlar bilan tanishdilar. Soʻngra tadbir ishtirokchilari Xotira maydonidagi ramziy kitob sahifalarini varaqlab, urushda shahid ketgan ajdodlarimiz nomlarini, ularning jasoratlarini yodga olishdi. Qonli janggohlardan omon qaytgan, mehnat frontida fidoyilik namunalarini koʻrsatib, xalq xoʻjaligining qayta tiklanishiga hissa qoʻshgan yurtdoshlarimiz nomlarini iftihor bilan tilga olishdi.

Soʻngra tuman hokimi, sektorlar rahbarlari va boshqa masʼullar Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi tiklanish yillarida xalq xoʻjaligining turli jabhalarida mehnat qilib, fidoyilik namunalari koʻrsatgan fron orti mehnat faxriylari xonadonida boʻlishdi. Mehnat faxriylariga sovgʻalar topshirilib, ularning yashash sharoitlari, oilaviy ahvolidan xabar olindi.

Xotir va qadrlash kuni shu yurtda yashayotgan har qaysi oila, har qaysi xonadon uchun bevosita daxldor, har bir yurtdoshimiz hayotida oʻziga yarasha iz qoldirgan tarixiy sanadir. Sababi, Ikkinchi jahon urushi millionlab insonlar qatori kimningdir bobosi yoki buvisi, yana kimningdir ota-onasi yoki yaqinlarining bevaqt oʻlimiga sabab boʻldi. Olovli janglarda halok boʻlgan ajdodlarimizning tabarruk qoni, oʻz jonini xatarga qoʻyib yurtini asragan ota-bobolarimizning matonati, tunu-kun ormidan kechib, front ortida zahmat chekkan yurtdoshlarimizning peshona teri evaziga qoʻlga kiritilgan Gʻalaba barchamiz uchun qadrlidir. Bu yoʻlda halok boʻlganlarning xotirasi qalbimizda abadiy, shu kunlarga yetgan tabarruk bobo va momolarimizning qadri esa hamma narsadan ulugʻdir!

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019