16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:41
Siyosat 👁 406

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning barcha amudaryoliklarga bayram tabrigi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning barcha amudaryoliklarga bayram tabrigi

Hurmatli vatandoshlar!

Qadrli mehnat faxriylari, aziz yurtdoshlar!

Avvalo, Siz azizlarni, sizning timsolingizda koʻpmillatli xalqimizni Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida erishilgan Gʻalabaning 78 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman! Barchangizga oʻzimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Muhtaram faxriylar!

Bugungi shonli sanani biz doimo cheksiz quvonch va iztirob bilan nishonlaymiz. Vatan ozodligi uchun, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok boʻlgan ota-bobolarimizning, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, oramizda yashayotgan qahramonlarimizga hurmat bajo keltiramiz.

Mashʼum Ikkinchi jahon urushi millionlab insonlar qatori kimningdir bobosi yoki buvisi, yana kimningdir ota-onasi yoki yaqinlarining bevaqt oʻlimiga sabab boʻldi. Olovli janglarda halok boʻlgan ajdodlarimizning tabarruk qoni, oʻz jonini xatarga qoʻyib yurtini asragan ota-bobolarimizning matonati, tunu-kun oromidan kechib, front ortida zahmat chekkan yurtdoshlarimizning peshona teri evaziga qoʻlga kiritilgan Gʻalaba barchamiz uchun qadrlidir. Bu yoʻlda halok boʻlganlarning xotirasi qalbimizda abadiy, shu kunlarga yetgan tabarruk bobo va momolarimizning qadri esa hamma narsadan ulugʻdir!

Hech shubhasiz, oradan qancha yillar, zamonlar oʻtmasin, fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning qadr-qimmati va ahamiyati tobora ortib boraveradi.

Insoniyat tarixidagi eng dahshatli bu urushda oʻsha paytdagi jami 6 million Oʻzbekiston aholisining 1 yarim milliondan ortigʻi qatnashgan. Ularning yarim milliondan ziyodi jang maydonlarida halok boʻlishgan. 133 ming nafarga yaqini bedarak yoʻqolgan. 60 mingdan ortiq vatandoshimiz esa urushdan nogiron boʻlib qaytgan.

Tumanimizdan esa 4 ming 344 nafar yurtdoshimiz urushga qatnashib, ularning 897 nafari jang maydonlarida halok boʻlgan boʻlsa, 1 ming 927 nafari bedarak yoʻqolgan hamda 1 ming 500 nafarga yaqini oʻz uylariga nogiron boʻlib qaytganlar.

Oʻzbekiston ahli urush hududlaridan koʻchirib keltirilgan 1 millionga yaqin insonga boshpana berib, oʻz nonini ular bilan baham koʻrishdi. Ota-onasi, oilasidan judo boʻlgan 200 ming nafar begunoh bolalarni “Sen yetim emassan!” deb bagʻriga bosib, mehr-muruvvat koʻrsatdilar.

Biz bu raqamlarni har yili 9-may sanasida qayta-qayta esga olamiz. Bular shunchaki oddiy raqamlar emas. Ularning zamirida mushtipar onalarimiz, motamsaro momolarimiz, mard va jasur otalarimiz, butun xalqimizning qalbidagi cheksiz qaygʻu va hasrat mujassam.

Qadrli yurtdoshlar!

Urush xalqimizning irodasini sinovdan oʻtkazdi. Ajdodlarimiz sinovli yillarda ham sharoit ogʻir boʻlishiga qaramay, asrlar osha meros boʻlib kelayotgan Vatanga muhabbat, sadoqat tuygʻularini yoʻqotmay, odamiylik namunasini koʻrsatdi. Uyda qolgan xotin-qizlar, keksalar va bolalar qishloq xoʻjaligida, zavod va fabrikalarda kechayu kunduz mehnat qilib, oʻzlari yemay, kiymay frontga joʻnatgan. Bu ham qahramonlik va jasorat namunasidir.

Bugungi tahlikali dunyoda yuz berayotgan voqealar barchamizni tinchlikning qadriga yetishga undaydi. Yaqin qoʻshnilarimiz boʻlgan davlatlarda sodir boʻlgan va davom etayotgan notinchliklar, dunyoning turli nuqtalarida boʻlayotgan urushlar millionlab tinch aholini oʻz domiga tortib, shahar va qishloqlarning vayron boʻlishiga, yuz minglab aholi, ayniqsa begunoh goʻdaklarning hayotdan bevaqt koʻz yumishiga sabab boʻlmoqda. Bu urushlar tinch aholi boshiga qanday ogʻir azob-uqubat va talofatlar, behisob qurbonlar olib kelganiga barchamiz guvoh boʻlmoqdamiz.

Albatta, ushbu mudhish urushlar oqibatlari bebaho neʼmat − tinchlikning qadriga yetishga, doimo hushyor va ogoh boʻlib yashashga, yoshlarimiz ongini buzgʻunchi gʻoyalardan himoya qilib Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga chorlab turadi.

Aziz doʻstlar!

Mamlakatimizda keyingi yillarda barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Inson qadri va manfaati yoʻlida amalga oshirilayotgan bu ulkan oʻzgarishlar, boshqalarning havasini tortadigan yutuq hamda marralarga erishganimizning ortida ulugʻ neʼmat − tinchlik va osoyishtalik turibdi.

Tumanimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari ham shular jumlasidandir. Keyingi yillarda birgina Amudaryo tumanida yuzlab oilalar uchun moʻljallangan namunaviy loyihalar asosidagi arzonlashtirilgan uy-joylar, taʼlim va tibbiyot muassasalari, mahalla fuqarolar yigʻinlarining, yuzlab yangi tadbirkorlik subʼektlarining binolari qoʻrilib, foydalanishga topshirildi.

Aziz yurtdoshlar, muhtaram faxriylar!

Bugungi qutlugʻ ayyom − Xotira va qadrlash kunida ota-bobolarimizning shonli anʼanalarini munosib davom ettirib, Vatan himoyasi yoʻlida oʻzini ayamasdan, fidokorona xizmat qilayotgan mard va jasur askarlarimizga, ofitser va posbonlarimizga tumanimiz ahli nomidan samimiy minnatdorchilik izhor etamiz. 

Fursatdan foydalanib, muhtaram faxriylarimizni, hamyurtlarimizni ushbu qutlugʻ bayram bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Barchangizga tinchlik-omonlik, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026